|
Yoshdagi bolalarning geometrik shakl haqidagi
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences
Hosted online from Toronto, Canada.
Date:
5
th
November, 2022
ISSN: XXXX-XXXX
Website:
econferenceseries.com
103 |
P a g e
Kichkintoylar tarbiyachining qo‘l harakatini kuzatib, xuddi shunday harakatni ha-
voda bajarishga «yordam» berishadi. Buyum konturi ustidan qo‘l yoki ko‘rsatkich
barmoq aylantirib chiqiladi. Har galgi harakat buyum ustidan qo‘lni tekkizib chiqish
bilan tugaydi, shunday qilinmasa, shakl haqidagi tasavvur kontur chizig‘i bilan
bog‘lanib qolishi mumkin.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirish
metodikasida buyumlarni payqash - harakat yo`li bilan tekshirish usullariga
o‘rgatish muhim ahamiyatgs ega bo’adi. Buni qanday bajarishni tarbiyachi
ko‘rsatadi: u bolalarni birga ishlashga jalb qilgan holda, buyum konturi ustidan bir
necha marta ko‘rsatkich barmog‘ini yuritib chiqadi. Bunda u figura nomini aytadi.
Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar tarbiyachining har bir geometrik figura konturini
hosil qilayotgan qo‘l harakatini kuzatishlari mumkin bo’ladi. Shundan keyin o‘zlari
figura «konturi bo‘yicha barmoqlarini yuritib chiqib, uning nomini aytishadi.
Bolalarni kontur ustidan barmoq yuritib chiqish bo‘yicha mashq qildirish uchun 2—
3 ta doira, kvadrat tasvirlangan kartochkalardan ham foydalanish mumkin.
Tarbiyachi to‘plamlarning tengligi bilan tanishtirishda tarqatma va demonstratsion
material sifatida doiralar va kvadratlardan foydalanadi, bolalarni figuralarning aniq
nomlarini ishlatishga o‘rgatadi.
Matematika mashg’ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning
ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash
asosida ularning shaklini tahlil qilish va baholashni o’rganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur
maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o’zlashtirish uchun asos bo’ladi.
Bolalarning
Dostları ilə paylaş: |
|
|