o’tishning revolyutsion yo’lini tanlab, birdaniga katta o’zgarishlar qilishni ma‘qul
topdilar.
O’zbekiston esa o’ziga
xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy
xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda
revolyutsion to’ntarishlarsiz, itimoiy to’qnashuvlarsiz,
ijtimoiy himoyani
ko’chaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qay‘iyatlilik bilan bosqichma-bosqich
rivojlangan va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi.
Mamlakatimiz
Prezidenti
ko’rsatib
o’tdiki,
“Bizning
bozor
munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va
xususiyatlarini, ananalar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama
hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besunaqay
rivojlantirishning mudhush merosiga barham berishga asoslanadi
”.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni
amalga oshirishga,
iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab
chiqilgan
5 ta tamoyil
asos qilib olingan:
1. Iqtisodiyotni
mafkuradan xoli qilish, uning ustunligining ta‘minlash;
2. O’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
3. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar
ustuvorligini ta‘minlanishi;
4. Bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash
sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich
qaror toptirish
.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun tegishli huquqiy negizni, bozor
infratuzilmalarini
yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi
sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi. Shu
sababli bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi
deb ko’rsatib berilgandir.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’zgartirish
bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy sohalarni, shu jumladan siyosiy, ma‘naviy-axloqiy,
maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni ham taqozo qiladi.
Bularning hammasi bozor iqtisodiyotinig boschiqma-bosqich, evolyutsion yo’li
bilan o’tish haqidagi goya juda muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi. Bozor
iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich bo’lishi Prezident I.Karimov
asarlarida belgilab berilgandir.
Dostları ilə paylaş: