Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Ma’ruza rejasi


Ot: 1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi.  Sifat



Yüklə 396,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix18.09.2023
ölçüsü396,51 Kb.
#122295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning

Ot:
1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi. 
Sifat:
1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. 
Fe’l.
1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi. 
Og‘zaki tahlil namunasi:
Mevali daraxtlar gulladi. Mevali – s
ifat, qanday – 
mevali; daraxtlar 
oti bilan bog‘langan: 
mevali daraxtlar; daraxtlar – 
ot, nimalar? – 
daraxtlar, 
ko‘plikda; 
gulladi 
– fe’l, 
nima qildi? – gulladi, bo‘lishli.
 
IV
 s
infda o‘rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz to‘ldiriladi va quyidagi 
tartibda o‘tkaziladi:
Ot:
1. So‘z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko‘plikda ekanligi. 4. Egalik 
qo‘shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi. 
Sifat: 
1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilanbog‘langanligi.
Son:
1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi.
 
Olmosh:
Kishilik olmoshi: 1. So‘z turkumi.2. So‘rog‘i. 3. Shaxs-soni. 
4. Kelishigi. 
Fe’l:
1. So‘z turkumi. 2. So‘rog‘i. 3. Bo‘lishliyokibo‘lishsiz ekanligi. 
4. Shaxs-soni. 5. Zamoni. 
O‘quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o‘qituvchi bu tartibga rioya qilib so‘zga 
xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi.
So‘z turkumiga ko‘ra tahlil og‘zaki va yozma tarzda o‘tkaziladi: uni mustaqil mashq sifatida 
topshirish ham mumkin. To‘liq bo‘lmagan morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni 
bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham 
foydalaniladi. 
Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o‘zbek tilida so‘z qanday ma’noli qismlardan tuzilganini 
aniqlashdir. Morfologik tahlil III sinfdan boshlanadi. Bu sinfda o‘quvchilarga asosdosh so‘zlar, 
asosasosdosh so‘zlarning umumiy qismi ekani, so‘z yasovchi qo‘shimchalar va so‘z o‘zgartuvchi 
(shakl yasovchi) qo‘shimchalar haqida elementar ma’lumot beriladi. 
So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil quyidagicha o‘tkazilishi mumkin: 
1.So‘zga so‘roq berish va u nimani anglatishini bilish. 
2. Asosni aniqlash. Buning uchun so‘zga asosdosh so‘zlartanlash.Asosdosh so‘zlarni taqqoslash 
va umumiy qismi (asos)ni aniqlash. 
3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlash. Bu yangi so‘z yasash uchun xizmat qilishini aytish. 
4. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchani aniqlash. Bu so‘zni boshqa so‘z bilan 
bog‘lash uchun xizmat qilishini aytish. 
III sinfda “So‘zning tarkibi” mavzusi to‘liq o‘rganilgach, 
gulzor s
o‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra 
og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1.Qaysi so‘z turkumi ekanini bilaman.
Gulzor s
o‘zi
nima?
so‘rog‘iga javob bo‘ladi, narsani 
bildiradi, bu – ot. 


2. Asosnianiqlayman. Buning uchun asosdosh so‘zlar tanlayman: 
gulzor, gulli, gulsiz, gulla. 
Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman – 
gul. 
Bu – asos. 
3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman, 
gulzor s
o‘zi 
gul s
o‘ziga 
–zor s
o‘z yasovchi 
qo‘shimchasini qo‘shishbilan yasalgan. 
4.Bu so‘zda so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha yo‘q.
So‘z tarkibiga ko‘ra tahlildan so‘ng shunday ko‘rinish hosil bo‘ladi: 
gulzor. 
IV sinfda 
paxtakorga s
o‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: 
1. 
Paxtakorga
– ot. 
2. Asosni aniqlayman. Buning uchun asosdosh so‘zlar tanlayman: 
paxtakor, paxtazor. 
Solishtiraman. Umumiy qism – 
paxta. 
Bu – asos. 
3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman: 
paxtakor s
o‘zi 
paxta s
o‘ziga 
-kor 
so‘z yasovchi 
qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan.
4. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchalarni aniqlayman:
-ga
– so‘z o‘zgartuvchi 
qo‘shimcha, kelishik qo‘shimchasi. 
IV sinfda 
ishladim s
o‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra og‘zaki tahlil tartibi: 
1. 
Ishladim 
– fe’l. 
2. Asosni aniqlayman. Asosdosh so‘zlar tanlayman:
ishla, ishli, ishsiz, ishchan. 
Solishtiraman. 
Umumiy qism – 
ish.Ish 
– asos. 
3. So‘z yasovchi qo‘shimchani aniqlayman: 
ishla 
fe’li 
ish s
o‘ziga 
-la 
qo‘shimchasini qo‘shish 
bilan yasalgan. 
-la – 
fe’l yasovchi qo‘shimcha. 
4. So‘z o‘zgartuvchi (shakl yasovchi) qo‘shimchani aniqlayman: 
-di 
– o‘tgan zamon 
qo‘shimchasi,
-m – 
shaxs-son qo‘shimchasi, I axs, irlik: 
ishladim.
So‘z tarkibiga ko‘ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. So‘zni 
morfologik tahlil qilish uning lug‘aviy ma’nosini tushunishda, morfemalarni to‘g‘ri yozishda 
o‘quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir. 
Boshlang‘ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so‘zni tovush-harf tomonidan 
tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so‘zda tovushlarning tartibini, ularning 
xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha: 
1. So‘zda nechtabo‘g‘in bor, nechanchi bo‘g‘in urg‘uli? 
2.So‘zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko‘p 
bo‘lsa, sababini aytish) 
3. Unli tovush nechta?Undosh tovush-chi? 
4.Harbir tovushni xarakterlash. Tovush so‘zda qaysi harf bilan ifodalangan? 
Masalan,
 kitob s
o‘zi quyidagicha tahlil qilinadi: 
1.So‘zda ikki bo‘g‘in bor. Ikkinchi bo‘g‘in – urg‘uli: 
ki-tób. 
2.So‘zda beshta tovush, beshta harf bor.
3.So‘zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor. 
4. k
– 
undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan 
i

unli tovush, i harfi bilan ifodalangan 
t– undosh tovush, jarangsiz, yozuvda tharfi bilan ifodalangan 
o

unli tovush, oharfi bilan ifodalangan.

– 
undosh tovush, jarangli, b harfi bilan ifodalangan 
Tovush-harf tomonidan to‘liq bo‘lmagan tahlildan so‘zning yozilishini tushuntirishda ham, 
orfoepik to‘g‘ri talaffuzni o‘rgatish maqsadida ham foydalaniladi. Masalan, 
maktab s
o‘zi oxirida 

undoshi 

tarzida talaffuz qilinadi, jufti bor undosh, tekshiramiz: 
maktabim – maktab, b 
harfi yoziladi. 
 
Savol va topshiriqlar:
1. Kichik yoshdagi o‘quvchilar lingvistik tushunchalarni o‘rganishda qanday qiyinchiliklarga 
duch keladilar? Buning sababi nimada? 


2. Grammatik materialni o‘rganishning har xil bosqichida darslik bilan qanday ishlanadi? Aniq 
misollar keltiring. 
3. Grammatik, leksik va so‘z yasalishiga oid mashqlarni ta’riflang. 
4. 1-2-sinflarda ”Tovushlar va harflar” bo‘limidagi mavzularni o‘rganish darslari rejasini va 
ishlanmasini tuzish.

Yüklə 396,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə