Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya yo’nalishi 2 kurs talabasi Rahimov Muhammadjonning “ Ijtimoiy psixologiya “ fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/4
tarix08.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#89123
1   2   3   4
kurs ishi PPT

Bo’sh vaqtni tashkil etishdan oldin , vaqtning qadrini nechog’lik ulug’ ekanligini anglamoq kerak . Uni anglash uchun esa tarixga nazar solishdan boshlash maqsadga muvofiq . Chunki , bizdan oldin yashab hayotini ilm fan bilan o’tkazgan allomayu mutafakkirlar va hozirda yashab kelayotgan o’z ishining daholari vaqtdan qanday unumli foydalanish kerak ekanligini o’z dunyoqarashi va teran fikrlari bilan bayon qilganliklarini ko’rib chiqsak .

  • Vaqt eng qimmatli narsa bo'lsa, vaqtni behuda sarflash eng katta isrofdir.- B.Franklin
  • Nafratga bag'ishlangan har bir soat sevgidan olingan abadiylikdir.
  • - L. Bern
  • Go'yo endi hayot bilan xayrlashish kerakdek yashang, go'yo vaqt siz uchun kutilmagan sovg'a qoldi.
  • - Avreliy Mark Antoninus

Dam olishga vaqt topa olmagan odamlar ertami-kechmi kasal bo'lishga vaqt topadilar.
- Jon Vanamaker
Inson topadi vaqt u haqiqatan ham xohlagan narsasi uchun.
- F.M. Dostoevskiy
Sizning vaqt cheklangan, shuning uchun uni boshqa odamlarning ishlariga va boshqa odamlarning fikrlariga sarflamang. O'zingizga sarflang.
- Stiv Jobs
Bo‘sh vaqt jamiyatning ijtimoiy boyligidir. Chinakam boylik shunday vaqtdirki, u bevosita sarflanib ketmay, balki ishdan holi kezlarda huzur-halovat uchun ajratiladigan o‘ziga xos vaqtdir. Buning natijasida erkin faoliyat yurgizish va rivojlanish uchun keng imkoniyat tug‘iladi. Qachonki, bo‘sh vaqt bilim olish, o‘z idrokini rivojlantirish, ijtimoiy vazifalarni bajarish, jismoniy va aqliy kuchlardan erkin suratda foydalanish uchun sarflansagina u haqiqiy ijtimoiy boylikka aylanadi.
Inson uchun eng katta, eng asosiy boylik ish vaqti emas, balki bo‘sh vaqtdir. Bo‘sh vaqt har bir kishiga dam olish, bilim olish, o‘zini kamol toptirish, oila a’zosi va fuqaro sifatida o‘z huquqlaridan foydalanish uchun zarur. Bo‘sh vaqt har qanday jamiyatda xalqning bilim va dam olishiga, umumiy madaniyatini oshirishga, jismoniy kamol topishiga xizmat qiladi.
Ilmiy tadqiqotlarda bo‘sh vaqt uch turga ajratilib o‘rganilmoqda:
Ijtimoiy- foydali faoliyatga sarflanadigan bo‘sh vaqt – rasionalizatorlik va ixtirochilik, havaskorlik ijodiyoti turlari, o‘qish va malakani oshirish bilan shug‘ullanish;
Ma’naviy – madaniy boyliklardan foydalanishga sarflanadigan bo‘sh vaqt – kitob, gazeta o‘qish, radio va televidenie ko‘rsatuvlarini ko‘rish, muzey, teatr, kino, konsertlarga borish.
Jismoniy – sport va sog‘lomlashtirish, sayohat- ekskursiya, sanatoriya va kurort sharoitidagi bo‘sh vaqt.
Bo‘sh vaqtni yakka, guruh va jamoa bo‘lib, faol va nofaol holatda o‘tkazish mumkin. Umumiy holatlarda bo‘sh vaqtning asosiy qismi sayr qilishga, sportga va mehmonga borishga, kitob o‘qishga, kino, teatr ko‘rishga, radio eshitish, televidenie ko‘rish, badiiy havaskorlik bilan shug‘ullanishga sarflanadi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə