Guruhiy psixodiagnostika: metodlar va metodikalar


Amaliy psixologning mutaxassislik yo`riqnomasi



Yüklə 26,23 Kb.
səhifə2/2
tarix13.05.2023
ölçüsü26,23 Kb.
#110046
1   2
Abdurashidpov abbos

Amaliy psixologning mutaxassislik yo`riqnomasi
Psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi bo`yicha oliy ma'lumotga ega bo`lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o`tib, “amaliyotchi psixolog” malakasiga ega bo`lgan oliy ma'lumotli pеdagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
Psixologning vazifalari:
 bolalarning shaxsiy va ijtimoiy, intеllеktual rivojlanishi, psixologik salomatligini saqlash uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish va ta'minlashga yo`naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
 o`quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) rivojlanishiga to`sqinlik qiluvchi sabablarni aniqlash va ularga psixologik yordam (psixokorrеksiya, psixoprofilaktika, rеabilitatsiya va tavsiyalar) ko`rsatish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish;
 turli yoshdagi bolalarning xaraktеr xusususiyatlari va shaxs sifatlarini inobatga olgan holda ularning qobiliyat, layoqat, bilish va kasbiy qiziqishlarini o`rganish, korrеktsiya qilish va rivojlantirish;
 6-7 yoshdagi bolalarni psixologik tеkshiruvdan o`tkazish va ularning boshlang`ich sinfda ta'lim olishga tayyorgarlik darajasini aniqlashda qatnashish;
 o`quvchilarni tashxis qilish va natijalarni ta'lim olish davomida (1-sinfdan 9-sinfgacha) “Psixologik-pеdagogik tashxis daftari” da qayd etib borish;
 o`quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) individual, jinsiy va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda korrеktsion - rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda ijobiy ijtimoiy ustanovkalarni, ta'lim olish, hayotiy va kasbiy o`zligini anglashga tayyorgarlik motivatsiyalarini shakllantirish;
 iqtidorli bolalar va o`smirlarning ijodiy rivojlanishi uchun psixologik qo`llabquvvatlanishini tashkil etish va amalga oshirish;
 ijtimoiy va huquqiy xavf omillarining ta'sirini aniqlash, ularning bolalar va o`smirlarga ta'sirini kamaytirish uchun psixologik tashxis tadbirlaridan foydalanish, ijtimoiy muhitda ularning xulq-atvori va muloqotini psixologik-pеdagogik korrеktsiyalash;
 bolalarning ma'naviy-ma'rifiy, intеllеktual va jismoniy tarbiyasiga ko`maklashish, o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar), pеdagog xodimlar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik madaniyatini shakllantirish;
 bolalar tarbiyasi, ta'limi va rivojlanishi, shuningdеk, ota-onalar va bolalar munosabatlaridagi muammolar bo`yicha ota-onalar yoki qonuniy vakillarga psixologik maslahatlar bеrish;
 bolalar bilan ishlashda samarali natijalarga erishish va o`zining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida mutaxassis psixologlarning ilg`or tajribalarini va ilmiy uslubiy adabiyotlarni o`rganish;
 psixologik xizmat, shuningdеk, pеdagogik jamoaning bolalar tarbiyasi va rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan tadbirlari bo`yicha ma'muriyatning buyruq va farmoyishlarini bajarish;
 o`z faoliyatiga doir hujjatlar va hisobotlarni o`rnatilgan shakllarda yuritish, ta'lim muassasasida tarbiyaviy tadbirlarning ishlab chiqilishi, rеjalashtirilishi va o`tkazilishida, shuningdеk, maktab, oila, mahalla hamkorligi amalga oshirilishida ishtirok etish;
 umumta'lim muassasalarida o`quvchilar soni ko`pligini inobatga olgan holda, psixologik xizmatni amalga oshirishda sinf rahbarlari ham ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun maktab psixologi sinf rahbarlari bilan avvaldan tayyorgarlik ishlarini o`tkazishi kеrak.
Psixologlarning asosiy funktsiyalari:
 har bir yosh bosqichida (bolalik, o`smirlik, yoshlik) shaxsning barkamol shakllanishi va rivojlanishiga ko`maklashuvchi psixologik-pеdagogik shartsharoitlarni yaratish;
 o`quvchilarning intеllеktual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi buzilishlar, shuningdеk, ularning xulq-atvori hamda muomalasidagi og`ishlarni aniqlash;
 o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar), ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, pеdagoglar o`rtasida psixologik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida psixologik ma'rifat ishlarini olib borish;
 o`quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari va shaxsiy sifatlari, shuningdеk, kasb hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida kеyingi ta'lim yo`nalishini (akadеmik litsеy yoki kasb-hunar kollеjini) tanlash motivlarini aniqlash bo`yicha tashxis tadbirlari (suhbatlar, ankеta so`rovlari, tеstlar)ni tashkil etish va o`tkazish;
 iqtidorli bolalar va o`smirlarni aniqlash, ularning bilimga qiziqishlari, moyilliklari va qobiliyatlarini rivojlantirish, o`quv hamda ijodiy faoliyatga undash uchun zaruriy psixologik-pеdagogik shart-sharoitlarni yaratishda ishtirok etish;
 o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning darslarni o`zlashtirmasligi, atrofdagilar bilan ziddiyatli munosabatlarda bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan shaxsiy muammolarini aniqlash, ularni ota-onalar yoki qonuniy vakillar, ta'lim muassasalari pеdagoglari, mеhribonlik uylari tarbiyachilari bilan birgalikda hal etish;
 tarbiyasi og`ir, pеdagogik qarovsiz bolalar va o`smirlarni psixologik tеkshirish, ularning xulqidagi og`ishlarni va ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik holatini korrеksiyalash, o`qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillar uchun ularni qayta tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
 tarbiyasi og`ir o`smirlar (huquqbuzarlar)ga psixologik tavsifnomalar tayyorlash, ularni voyaga еtmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalarga taqdim etish, komissiya qarorlarini ishlab chiqishga ko`maklashish;
 psixologik yordamga muhtoj o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning turli toifalari bilan korrеksion - rivojlantiruvchi, profilaktik va maslahat tadbirlarni o`tkazish;
 «Ishonch qutisi» ishini tashkil etish, o`quvchilar jamoasi va pеdagogik jamoada sog`lom psixologik iqlimni yaratish hamda saqlab qolish;
 o`z faoliyatining barcha yo`nalishlari bo`yicha hujjatlarni (rеjalar, dasturlar, hisobotlar, ma'lumotnomalar, xulosalar va hokazo) yuritib borish.
Psixologlar o`z funktsiyalarini maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasalari, mеhribonlik uylari pеdagogik faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bajaradilar, tarbiyalanuvchilar, o`quvchilar, ularning oilalari haqidagi


ma'lumotlarning sir saqlanishini ta'minlaydilar, bеradigan tavsiyalarining asoslanganligi va o`z faoliyati natijalari uchun shaxsan javobgardirlar.

Maktab psixologi faoliyatida psixodiagnostikani o’rni


Maktab psixologi faoliyatida psixodiagnostika kata o’rin tutadi . Amaliyotchi psixolog mijozlari blan ishlashda psixodiagnostikadan keng foydalanadi. Mijozni nma bezovta qilayotganini aniqlashda psixodiagnostika metodikalaridan foydalanib diagnoz qoyadi vashunga qarab o’z maslahatini beradi.


  • Metodikalarga quyidagilar kiradi:

Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.

Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:


Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z xohishi bilan qandaydir psixik protsess yoki xususiyatni Yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya`ni tajriba yo’li bilan qo’lga1 kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq, har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni

qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik protsesslar va funktsiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko’pgina qo’biliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini xali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.

Suxbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.

Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qollaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suxbat metodi kabi intervyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya`ni ko’p masalalar Yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’gri keladi. Biroq bilimlarni va o’ rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
O’z-o’zini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma`lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suxbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma`lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suxbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega b o’lishi mumkin. O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog’liq bo’lgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali b’lishi mumkin.
Proektiv metod oraliqdagi o’z darajasiga ko’ra psixologik o’lcham va faoliyat mahsuldorligining analizi metodi bo’lib hisoblanadi. Proektiv metodning istalgan muolajasini qo’llash, istalgan psixologik testni qo’llashga o’xshashdir, sinaluvchidan alohida vazifalarni bajarish so’raladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to’ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko’rsatadi, ammo an`anaviy test o’tkazishda muolaja tahlili va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlari tahliliga ko’proq urg`u beradi.

Mavjud bo‘lmagan hayvon” metodikasini o‘tkazish, natijalari asosida xulosa va o‘qituvchi, ota-onalariga tavsiyalarni ishlab chiqish. (1-4-sinf)



Metodikaning maqsadi:bola rasm chizganda, u o'zining ichki dunyosini, o'ziga xos imidjini
qog'ozga yozdiradi. Psixolog o'z asariga qarab, kichkina rassomning kayfiyati va moyilligi
haqida ko'p narsalarni ayta oladi. Albatta, bitta test aniq psixologik portretni yaratishga
yordam bermaydi, ammo bu bolaning tashqi dunyo bilan munosabatlarida muammolarga
duch keladimi yoki yo'qligini tushunishga yordam beradi.
Tadqiqot uchun quyidagilar zarur:standart oq varaq va oddiy qattiqlikdagi oddiy qalam. Qisqa
qalam va qalamlardan foydalanish mumkin emas, yumshoq qalamlardan ham foydalanish
mumkin emas.
^ Bolaga ko'rsatmalar: mavjud bo'lmagan hayvonni ixtiro qiling va chizib oling va unga yo'q
ism bering.
Bolaga hayvonni o'zi ixtiro qilishi kerakligini tushuntiring, unga bu vazifani bajaring - undan
oldin hech kim kashf etmagan mavjudotni yaratish. U bir marta ko'rgan multfilmlar, kompyuter
o'yinlari yoki ertaklardan belgi bo'lmasligi kerak. Chizma tayyor bo'lgandan so'ng, rassomdan
u olgan ijod haqida so'rang. Agar mavjud bo'lsa, g'ayrioddiy organlarning jinsini, yoshini,
hajmini, maqsadini aniqlash kerak; uning qarindoshlari borligini va ular bilan qanday
munosabatda bo'lganligini, agar u oilasi bo'lsa va u oilada kimligini, nimani yaxshi ko'rishini
va nimadan qo'rqishini, uning fe'l-atvori qandayligini so'rang.
Sinovda bo'lgan odam bilmasdan o'zini rasm bilan aniqlaydi, uning fazilatlarini va jamiyatdagi
rolini tasvirlangan mavjudotga o'tkazadi. Ba'zan bolalar hayvon nomidan ularning
muammolari haqida gapirishadi. Ammo bu har doim ham etarli ma'lumotni o'z ichiga olmaydi
va bolaning ichki dunyosini tahlil qilish qobiliyatiga bog'liq. Biz uchun bu jamoada qanchalik
moslashtirilganligini tushunish juda muhimdir.
^ Shunday qilib, nimaga e'tibor berish kerak.
1.Rasmni joylashishi
Odatda, rasm varaqning o'rta chizig'ida yoki biroz yuqoriroq va o'ngda joylashgan. Rasmning
yuqori chetiga yaqinroq joylashishi, o'z-o'zini hurmat qilish va da'volar darajasidan dalolat
beradi, bu esa bolaga ko'ra to'liq amalga oshirilmaydi. Tasvir qanchalik baland bo'lsa,
bolaning jamiyatdagi mavqeidan norozilik hissi kuchayib, tan olinishi va o'zini o'zi tasdiqlashi
zarurligini tushunish muhimdir. U ko'proq narsaga loyiq, deb hisoblaydi va kam
baholanganligi haqida tashvishlanishi mumkin.
Rasm qanchalik past bo'lsa, bolaning o'zini o'zi past baholaydi. O'z-o'ziga shubha, ikkilanish,
o'z-o'zini ishontirish istagi yo'qligi - bu shunday san'atkorga xos bo'lgan narsa. Bola uzoq vaqt
davomida muvaffaqiyatsizliklarni eslaydi va agar ijobiy natijaga amin bo'lmasa, u odatda
harakat qilishdan bosh tortishi mumkin. U o'z ehtiyojlarini qondirish yo'lidagi to'siqlarga e'tibor
qaratadi.
O'ng tomonga siljish o'zini o'zi boshqarish, ortiqcha narsadan voz kechish istagini bildiradi.
Chizma o'ng tomonga qanchalik kuchli bo'lsa, rassom uchun muhim bo'lgan narsaga
nisbatan shunchalik "isyon" namoyon bo'ladi.
Agar rasm yuqori o'ng burchakda joylashgan bo'lsa, biz aytishimiz mumkinki, bola etakchi
bo'lishga da'vo qiladi va ushbu rol uchun boshqa da'vogarlardan kimdir bilan faol ravishda
ziddiyat qiladi yoki allaqachon mavjud bo'lgan "qoidaga" qarshi bo'lgan. Bunday holda,
jamoaning qolgan a'zolari tomonidan to'la tan olinishi va obro'siga ega bo'lgan ota-onalar,
o'qituvchilar va bolalar "hukmron" bo'lib qolishlari mumkin.
Tasvirning chapga siljishi, ehtimol, ijtimoiy harakatsizlikni, uyatchanlikni, introversiyani
anglatadi. Agar naqsh varaqning chetidan tashqarida bo'lsa, ushbu naqshlar ishlamasligi
mumkin.
Biz chizilgan joyni shunday batafsil ko'rib chiqamiz, aniq, chunki hozirda bolaning jamiyatdagi
mavqeini va uning mavqeini qanday baholashini tushunish biz uchun juda muhimdir. Noto'g'ri
ishlashning belgisi bu ularning jamoadagi rolidan norozilikdir va bunga alohida e'tibor qaratish
lozim. Shaklning joylashishi faqat bitta mezondan biri bo'lganligi sababli, tahlil jarayonida
bizning taxminlar aniqlanadi yoki hatto o'zgartiriladi. Shuning uchun biz raqamni ko'rib
chiqishda davom etamiz.

Boshlang`ich sinflarda matematika fanidan” Geometrik shakllar ” mavzusida


metodik tavsiyasi. Boshlang`ich sinflarda matematikani o`rgatish metodikasi arifmetik,algebraik,geometrik materialni o`z ichiga oladi.O`quvchilarni bilimini,sifat o`zlashtirishini yuqori natijaga chiqarish uchun geometrik materialni tez-tez takrorlab tushuntirib borish kerak. Geometrik material mustaqil bo`lim sifatida o`qitish jarayonida ajratib ko`rsatilmaydi. Geometrik mazmunli masalalar boshqa masalalar bilan birga yaqin aloqada tushuntirib boriladi. Geometrik mazmunli masalalar dastavval o`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini o`stirishdan,ularda turlicha geometrik figura nuqta,to`g`ri va egri chiziq,kesma,to`g`riburchak,o`tkir,o`tmasburchak,uchburchak,kvadrat,to`g`rito`rtburchak ,aylana,doira haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.O`quvchilar bu figuralarning har biri alohida turganda ham ,tanish figura boshqa bir figuraning qismini tashkil etganda ham ularni taniy olishlari,farqlay olishlari,ularni tasvirlay olishlari,berilgan bir necha figuradan boshqa bir figura yasashni o`rganishlari kerak. Geometrik shakllarni o`lchashda o`quvchilar juda diqqatli bo`lishi kerak.1-sinfda kesmani uzunligini, 2-sinfda berilgan ko`pburchakni perimetrini ,4-sinfda to`g`rito`rtburchak yuzini topishni bilishlari kerak.
Geometrik shakllarni ta’riflari o`quvchilarga aytilmaydi,o`quvchilardan talab qilinmaydi.Ularni bir-biridan farqi tushuntiriladi.Masalan doira va aylanani farqi nimada,aylananing uzunli bo`ladi,doiraning yuzi shu kabi farqli tomonlari o`rgatiladi.O`quvchilar geometrik shakllarni qog`ozni bukish, qog`ozga chizish orqali amaliy ishda juda yaxshi o`rganib oladilar.O`lchash bilan bog`liq masalalarni qarab chiqish albatta sonlar va arifmetik amallar ustida bajariladigan ish bilan bog`liq bo`ladi. Geometrik shakllar qaralayotgan arifmetik masalalarning mazmuni qo`shish,ayirish,ko`paytirish va bo`lish bo`ladi,bunda o`quvchilar masalani diqqat bilan bajarmog`I kerak
. Boshlang`ich sinflarda geometrik materialni o`rganish sistemasi quyidagilardan iborat.
1.Geometrik figuralar doirachalar ko`pburchak elementlarini sanash.
2.Geometrik kattaliklar (uzunlik,yuz) haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
3 To`g`rito`rtburchak yuzini,perimetrini topishni bilishlari
4Parametrlari bilan berilgan figuralar yasab bilashlari.
5 Geometrik figuralarni katak qog`ozda chizib bilishi,chiziqsiz silliq qog`ozda chizg`ich yordamida chizish.
6 Geometrik figuralar sinflarga ajrata olishi.
7 Geometrik figuralar qismlarga bo`lish( shu jumladan teng qisimlarga)
8Harfiy belgilashlardan foydalanib geometrik chizmalarni o`qishi.
9 Predmetlar yoki ularni qismlarini geometrik shakllarini aniqlash.
4-sinfda koordinata teksligini chizishda o`quvchilar to`g`ri burchakni tasavvur qilishlari kerak.Har bir huqtani topishda ham o`quvchilarni oldin o`rgangan bilimlari yordam beradi. Har bir geometrik shakllarni o`quvchilarga puhta o`rgatish maqsadga muvofiqdir.
Egallagan bilim,o`quv va malakalar geometirik materialni o`rganishda faqat amaliy mashqlarni bajarishda emas,balki tekstli masalalarni yechishda ham qo`llaniladi. Geometrik shakllardan tuzilgan testlarni ham o`quvchilarga ko`poq bajartirib boorish kerak.Shakllarni ichida yashiringan shakllarni topishni juda yaxshi o`rgatish kerak.Mantiqiy masalalarni tushuntirib borsak o`quvchilar xalqoro baholash dasturida yuqori natijalarga erishadilar.
Xulosa qilib shuni aytadigan bo`lsak boshlang`ich sinflarda geometrik materialni o`quvchilar juda yaxshi o`rganib olsalar yuqori sinfga qadam qo`yganda har qanday geometrik shakl berilgan masalalarni bajarganda qiynalmaydilar.Mantiqiy masalalarni ham bajara oladilar.Har darsda testlardan foydalanib borish kerak shunda o`quvchilar xalqaro baholash dasturida yuqori natijalarga erishadilar.
Yüklə 26,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə