24
Bolalar bir qatorda qo„llana bo„lib yuradilar. O„qituvchi oldidan shartlashib
olgan signallar: - bayroqchalar siltishish yoki xushtak, chapak chalish orqali ishora
qiladi. Masalan, agar o„qituvchi yashil bayroqchani ko„tarsa, o„kuvchilar yuradi,
ko„k bayroqchani ko„tarsa – yuguradi, agarda qizil bayroqcha ko„tarsa to„xtaydi.
Xato qilgan o„kuvchi kolona oxiriga borib turadi.
Agar o„yinda ko„rsatish signallaridan foydalanilsa uning «signalga qara» deb
atash lozim. Bunday xolda o„qituvchi maydoncha
yoki zalning shunday joyni
tanlash kerakki, u barcha o„kuvchilarga ko„rinib tursin.
Oldindan shartlashib olingan eshitish va ko„rish signallari yurishdan
yugurishga va yugurishdan yurishga o„tish uchungina emas balki o„kuvchilar
tomonidan boshqa turli harakatlar – qo„llar, oyoqlar,
gavda Bilan qilinadigan
harakatlar, ikki, bir oyoqda tepsinish, cho„qqayishlar, tayanib cho„qayish va
boshqalarni bajrishda ham beriladi.
17. «Figuralar» o„yini
O„yinchilardan bir ona boshi bo„ladi. U o„qituvchi ko„rsatgan
erda turadi
o„qituvchining signali bo„yicha barcha bolalar zal bo„ylab har tomonga chopib
ketadilar va o„ynaydilar. Ikkinchi signal bo„yicha barcha o„yinchilar to„xtaydilar u
yoki bu xolatga kiradilar vash u xolatlarda qotib turadilar ichinchi signal bo„yicha
ona boshi figuralar orasida yuradi va qimirlagan o„quvchiga qo„l tekkazadi.
SHundan so„ng o„yin qaytadan boshlanadi, ona boshi qo„l tekkazgan o„quvchi ona
boshi bo„ladi. Sobiq ona boshi o„yinchilarga qo„shiladi. O„yin oxiriga o„qituvchi
qiyin xolatda turgan va biror marta ham qimir etmagan bolaning harakatining qayt
etadi.
18. «Muzika - ilonlar» o„yini
O„yinchilar uch komandaga bo„lini bir qatordan kolonna bo„lib saflanadilar.
Har bir kolonnaning o„z kuyi (marsh, vlьs, polьasi) bo„ladi kuy o„yin oldidan 1-2
marta takrorlanadi. So„ngra o„qituvchining signaliga
binoan kuylaridan biri ijro
etiladi. Tegishli kuyga ega bugan «ilon» (komanda) muzika ostidan turli
yo„nalishlarda turli xil xatti harakatlar qilib yuradi. So„ngra muzika sadosi qayrda
uzilsa, «ilon»shu joyda qimir etmay turadi.
Ikkinchi va uchinchi «ilonlar» ham shunday qiladilar o„yinni
takrorlash
mumkin. O„qituvchining signali bo„yicha «ilonlar» tezda o„zlarining oldingi
joylariga borib saflanadilar birinchi bo„lib saflangan komanda g„olib chiqadi.