24
4. Spetsifik jarrohlik infeksiya.
Aktinomikoz
– zamburug’lar chaqiradigan surunkali yallig’lanish jarayon
bo’lib, chegaralangan yiringxonalar atrofida biriktiruvchi to’qimaning
proliferatsiyasi bilan harakterlanadi. Yiring tarkibida zamburug’ druzalari topiladi.
Chaqiruvchisi
Actinomyces
zamburug’lari. Ular ko’pincha og’iz
bo’shlig’ining shillik pardasi orqali yumshoq to’qimalarga o’tib o’rnashadi.
Kasallik avvalida to’qimalarda mayda tugunchalar hosil bo’lib, ular
keyinchalik birlashadi va katta, zich yaralar yoki yiringxonalarga aylanadi. Yara
yuzasi fungozli granulyatsiya bilan qoplanadi. Ikkilamchi jarayon sifatida jag’osti
va xalqumorti limfatik tugunlar zararlanadi (34 %). Aktinomikozda odatda jag’
suyaklarining osteomiyeliti rivojlanadi.
Qoramol va cho’chkalarda o’pka aktinomikozi ham kuzatiladi.
Davolash:
chegaralangan aktinomikomalar operativ yo’l bilan olib
tashlanadi.
Kichik
jarayonlarda
gemo–novokain
qamallari,
mahalliy–
antibiotikoterapiya va yodoterapiya usullari qo’llanadi. Ikkinchi usulda
qoramollarga 6,0 dan yodli kaliy og’iz orqali 10–14 kun beriladi. Immunoterapiya
vositasi sifatida peptinolizatlar qo’llanadi.
Kasallikning oldini olish uchun oxur chetlari tozalanadi. Dag’al xashaklarga
issiq bug’ bilan ishlov beriladi.
Nekrobakterioz
kasalligi hayvon barmoqlari nekrobakterioz tayoqchalari
bilan zararlanganda hosil bo’ladi. Barmoqlar xajmi kattalashadi, yuzasida ko’p
sonli nekroz o’choqlari paydo bo’ladi. To’qimalar zichlashadi. Nekrozli
o’choqlardagi oqmalardan suyuq va sassiq yiring oqib chiqadi. Davolamaganda
hayvon o’pkasida va boshka joylarda metastazlar rivojlanadi. Jarayon chuqurroq
o’tib pay, suyak, tuyoqlarga ko’chadi va keyinchalik sepsisga aylanadi.
Qoqshol
spetsifik o’tkir yuqumlik kasallik bo’lib, uni sporali anaerob
tayoqcha B. tetani qo’zg’atadi. Bu tayoqcha ikkita toqsin – tetanospazmin va
tetanogemolizinlarni ishlab chiqaradi. Tetanospazmin asab tizimiga ta’sir qilib,
targ’il mushaklarda tonik va klonik tirishishlarni chaqirsa, tetanogemolizin esa
eritrotsitlarni eritadi. B. tetani saprofit sifatida uy hayvonlari, shuningdek odam
ichagida yashaydi va fekaliylar orqali tuproqqa tushadi. Shuning uchun har qanday
jarohat qoqshol uchun yaxshi sharoitdir.
Davolash
maqsadida kompleks davolash uslubi qo’llanadi:
1. Toksinlar miqdorini kamaytirish va neytrallash.
2. Tonik va klonik tirishishlarni kamaytirish va yo’qotish.
3. Hayvonning umumiy ahvolini, yurak, o’pka faoliyatini yaxshilash.
4. Ikkilamchi asoratlarning (sepsis va boshq.) oldini olish.
Dostları ilə paylaş: