«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

 
 
Umumiy  xirurgiya  fani
  shikast  va  shikastlanishlarning  barcha  turlarini  va 
sabablarini;  hayvon  reaktivligini;  klinik  immunologiya  aspektlarini;  etiologik  va 
patogenetik  davolash tamoyillarini o’rganadi.  
Umumiy  xirurgiya quyidagilarni aniqlaydi va tavsiya qiladi: 
1.
 
Xirurgik  kasallikni  keltirib  chiqaruvchi  tashqi  va  ichki  sabablarini 
(etiologiya). 
2.
 
Obyektiv  qonuniyatlarga  asoslangan  holda  kasallikning  rivojlanish 
mexanizmini (patogenez). 
3.
 
Xirurgik 
kasalliklarning 
umumiy 
klinik 
belgilarini, 
kechish             
qonuniyatlarini va kasallikning o’ziga xos xususiyatlarini (semiotika). 
4.
 
Kasallikni  aniqlash  usullarini  va  ularning  umumiy  tamoyillarini 
(diagnostika). 
5.
 
Bitish va tuzalish jarayonlar (regeneratsiya) qonuniyatini. 
6.
 
Tuzalishga to’sqinlik qiluvchi ichki va tashqi sharoit jarayonlarni. 
7.
 
Kasallik oqibatini. 
8.
 
Shikastlanish,  infeksiya  va  modda  almashinuvining  buzilishidan  kelib 
chiqadigan kasalliklarni davolash tamoyillarini. 
9.
 
Hayvonning  umumiy  holatini,  patologik  jarayonning  kechishini  hisobga 
olgan holda uni diyetik (parҳez) oziqlantirish va saqlashni. 
10.
 
 Xirurgik kasalliklarning umumiy profilaktika usullarini. 
Profilaktika  va  davolash  ishlari  samarali  bo’lishi  uchun  zamonaviy 
veterinariya vrachi birgina klinik omillarni to’plash bilan chegaralanib qolmasdan 
–  organizmda  kechayotgan  murakkab  biologik  va  fiziologik  jarayonlarni 
tushunadigan  holda,  kasal  hayvon  holatini  to’g’ri  analiz  qilib  ularni  bir  –  biriga 
solishtirib  va  umumiy  belgilarni  hisobga  olib,  to’g’ri  vrachlik  xulosasini 
chiqarishni  bilishi  shart.  Veterinariya  vrachi  kasal  hayvonni  davolaganda 
organizmning himoya – moslashuv reaksiyasini boshqara bilishi kerak. Xirurgiyani 
o’rganuvchi  talabalar  esa  xirurgik  operatsiyani  o’tkazish  tamoyillarini  o’rganishi 
zarur,  bu  esa  doimiy  mashq  qilishni  talab  qiladi.  Xirurgik  usul  bilan  davolashda 
kimyoviy terapiya va biologik preparatlarning qo’llanilishi hayvon fiziologiyasiga 
uzviy bog’lanishi lozim. 
 Umumiy  veterinariya  xirurgiyasi  fani  quyidagi  fanlar  bilan  chambarchas 
bog’langan:  hayvonlar  anatomiyasi,  gistologiya,  operativ  xirurgiya,  fiziologiya, 
patologik 
fiziologiya, 
biokimyo, 
biofizika, 
zoogigiyena, 
oziqlantirish, 
farmakologiya,  mikrobiologiya,  parazitologiya,  ichki  yuqumsiz  kasalliklar, 
akusherlik, epizootologiya va boshqalar. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə