32
Fаlоn
so‘zi
–chi
аffiksini оlib,
shахsni аniq аtаmаsidаn, uning ismi o‘rnidа
ishlаtilаdi. Маsаlаn:
Fаlоnchi, оtа-оnаsi bo‘lmаsа hаm, o‘ksimаy o‘sdi, dеyishаdi.
(O‘.Hоshimоv). Yozgаndа hаm, fаlоnchini mаqtаymаn, dеgаn o‘yim bo‘lgаn
emаs. (М.М.Do‘st)
23
.
Eski o‘zbek tilida gumon olmoshlarining quyidagi shakllari istemolda bo‘lgan:
kimsa, kimarsa, neersa, biragu, birav, falan.
Gumon olmoshlarining bir guruhi shaxsga nisbatan, boshqa guruhi narsa, jonivor,
voqea-hodisalarga nisbatan qo‘llanadi, ba’zilari har ikkala ma’noda ham
qo‘llanadi.
Gumon olmoshlarining ko‘pchiligi kelishik qo‘shimchalari
bilan ham ishlatiladi,
ayrimlariga ko‘plik va egalik affikslari ham qo‘shilishi mumkin.
Olmoshdan leksik ma'no emas, balki mavhum grammatik ma'no anglashiladi.
Har bir lug‘aviy leksemalar turkumining o‘z so‘roq olmoshlari bo‘ladi:
1) ot so‘roq olmoshlari:
kim-, nima;
2) sifat so‘roq olmoshlari:
qanday, qanaqa, qaysi;
3) sonso‘roq
olmoshlari:
necha, qancha, nechtadan, nechanchi;
4) ravish so‘roq olmoshlari:
qachon, nega, nimaga, nechuk, qanday qilib, qay
tarzda;
5) fe‘l so‘roq olmoshlari:
nima qildi, nima qiladi, nima qilayotir.
Olmoshlarning quyidagi ma’no turlari so‘roq olmoshlari asosida hosil
qilingan:
1. Gumon olmoshlari:
1) so‘roq
olmoshi oldiga
alla-
affiksoidini qo‘shib: a) ot so‘roq olmoshiga:
allakim-, allanima-,
b) sifat so‘roq olmoshiga:
allaqanday, allaqaysi,
d) son so‘roq
olmoshiga:
allaqancha, allanechanchi,
e) ravish so‘roq olmoshiga:
allaqachon
kabi;
23
Qalandar Sapayev “Hozirgi o’zbek tili” 122-130-betlar
33
2) so‘roq olmoshi oxiriga
-dir
gumon yuklama-affiksini qo‘shib: a) ot so‘roq
olmoshiga:
kimdir, nimadir,
b) sifat so‘roq olmoshiga:
qandaydir, qaysidir,
d) son
so‘roq olmoshiga:
qanchadir, nechanchidir;
e) ravish so‘roq olmoshiga:
qachondir, negadir, nimagadir
kabi.
-dir
asli gumon yuklamasi bo‘lgani sababli ot so‘roq olmoshiga sonlovchi va
turlovchi affiksdan keyin qo‘shiladi:
kimlargadir
kabi.
2. Belgilash olmoshlari so‘roq olmoshlaridan oldin
Dostları ilə paylaş: