Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki yo‘li mavjud: avtomobilni garajda yoping va piyoda yurish yoki avtomobilga avtogaz uskunalari o‘rnatish


Datchikning o’zgartirish funksiyasi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə6/26
tarix29.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#140421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki

Datchikning o’zgartirish funksiyasi – bu kirish parametrlari qiymatini chiqish signallari qiymatiga mutanosibligidir.
Kirish parametrlari qiymati va chiqish signallari qiymatlari mutanosibligi jadval ko’rinishida yoki grafik ko’rinishda yoki analitik usulda (formulalar ko’rinishida) beriladi.
Datchikning sezgirligi - bu kirish parametrining qiymati bir birlikka o’zgarganda chiqish signali qanchaga o’zgarishini ko’rsatuvchi qiymat. Masalan termopara uchun sezgirlik birligi mV/K. YA’ni harorat bir gradus Kel’vinga o’zgarganda chiqish signali bir milliVol’tga o’zgaradi. Rostlanuvchi electromotor uchun sezgirlik birligi c-1/V.YA’ni bir vol’t kuchlanish berilganda electromotor sekundiga nechchi marta aylanadi.
Datchikning o’lchash imkoniyati – bu datchikning o’lchash chegarasidir (diapazon). O’lchashning quyi va yuqori chegaralari mavjud. Masalan DT9205A mul’timetri o’zgaruvchan tokni 20 mA – 20A (mA – milliamper, A - amper) chegaralarda aniq o’lchaydi. Agar tok chegaradan chiqib kesa mul’timetr noto’g’ri chiqish signali berishi mumkin. YUqori chegaradan o’sa u ishdan chiqishi ham mumkin.
Datchikning aniqliligi – bu datchik necha foiz aniqlikda ishlay olishini ko’rsatuvchi kattalik.
Datchiklarning o’lchov parametrlari bo’yicha klassifikasiyasi

Ushbu datchiklar quyidagi 7 prinsipni biri assosida ishlaydi.

  • optika prinsipida ishlaydigan datchiklar;

  • magnitoelektrik prinsipida ishlaydigan datchiklar (Xoll datchiklari);

  • p’ezoelektrik prinsipida ishlaydigan datchiklar;

  • tenzo o’zgartirgichlar prinsipida ishlaydigan datchiklar;

  • sig’imni aniqlash prinsipida ishlaydigan datchiklar;

  • potensiometrik prinsipda ishlaydigan datchiklar;

  • induktivlik prinsipida ishlaydigan datchiklar.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə