I bob. Amaliy masalalar Tarvuz masalasi



Yüklə 420,78 Kb.
səhifə3/27
tarix30.12.2023
ölçüsü420,78 Kb.
#165581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Kitob

1 2. O`rgimchaklar poygasi.
Poyga uchun maxsus o`rgimchaklar tayyorlanadi va o`rgatiladi. Alohida 5 m li chopish yo`lakchasi bo`lib, unga o`rgimchak solingan idish qo`yiladi va idish olinadi Shu paytdan boshlab o`rgimchaklar yugura boshlaydi. Ikkita o`rgimchak poygaga tayyor turibdi, biri qora, ikkinchsi qizil rangda. Yugurish uchun start berildi, ya’ni idishlar olindi. O`rgimchaklar 5 m ga yugurib borib, oxiriga devorga tegib birdaniga orqasiga qaytadi. Birinchi bo`lib joyiga qaytib kelgani g`olib hisoblanadi. “Qora beva” nomli o`rgamchak borishda ham, qaytishda ham 20 metr/min tezlik bilan yuguradi. Ikkinchi “Qizil iblis’ nomli o`rgimchak esa borishda 10 metr/min, qaytishda 30 metr/min tezlik bilan harakat qiladi. Qaysi biri oldin keladi?



13. Hovli vasiyati haqida qadimiy masala.
U ch aka-uka bir hovlida turishar ekan. Hovli ancha keng bo`lib, har qaysi o`g`il uchun ota alohida darvozalar qurib bergan ekan. Vaqti kelib ota vafot etibdi va bolalariga vasiyatnoma qoldiribdi. Unda aytilishicha, hovli bo`linmasligi, har kim o`zining darvozasidan o`zining oilasi bilan kirib-chiqishi yozilgan edi. To`ng`ich o`g`il 1- darvozadan, o`rtancha o`g`il 2- darvozadan va kenjasi 3- darvozadan kirib- chiqib yurishibdi. Vaqti kelib oilalar orasida kelishilmovchiliklar paydo bo`libdi. Bizning yuradigan yo`limizdan akang-ukang , xotinlari yurmasin, o`ziga boshqa yo`l qursin deb janjallar bo`la boshlabdi. Hovlini bo`lib olaylik desa vasivatnomada hovli bo`linmasligi ko`rsatilgan edi. Aksiga olib ularning darvozaga olib boradigan yo`llari kesishar edi. Har qaysi o`g`il ozining darvozasidan chiqishi uchun boshqalar bilan yo`li kesishmasligi uchun qanday yo`l tutish kerak?

14. Kubni qog`oz bilan o`rash.
O`lchami 3 *3 dm bo`lgan qog`oz bilan 1 li kubni o`rab qo`yish mumkinmi?






Yüklə 420,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə