I bob Yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyani qo’llash jarayonining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 41,21 Kb.
səhifə2/7
tarix11.05.2023
ölçüsü41,21 Kb.
#109534
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi.loyiha3

Kurs ishi maqsadi: mavzuni ilmiy- nazariy jihatdan asoslash va zamonaviy sharoitda yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyadan foydalanishning mavjud imkoniyatlari hamda pedagogik shart- sharoitlarini aniqlash.
Kurs ishi ob'ekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya berishni takomillashtirishda pedagogik texnologiya metodi imkoniyatlaridan foydalanish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim ba tarbiya berishni takomillashtirishda pedagogik texnologiya metodidan foydalanishning mazmuni, omillari va pedagogik shart- sharoitlari.
Kurs ishi vazifalari: mavzuga oid pedagogik, psixologik, falsafiy yo`nalishidagi manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish; ta’lim va tarbiya berishni tashkillashtirishda pedagogik texnologiyaning dolzarbligini asoslash;
ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyadan loyihalash foydalanishning mavjud shart-sharoitlari va zamonaviy imkoniyatlarini tahlil qilish hamda pedagogik jihatdan tasniflash.

I bob Yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyani
qo’llash jarayonining o’ziga xos xususiyatlari
1.1 Pedagogik texnologiyaning mazmun va mohiyati.
Ta‘lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo‘lganligi uchun ta‘lim samaradorligi pedagog va bola faolliligiga, ta‘lim vositalarining mavjudligiga, ta‘lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog’liq.
XXI asr axborot texnologiyalar davrida keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qollay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda ozining o’rnini topadi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g’oyasiga sodiq bolgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo, har tomonlama rivojlangan, sog‘lom fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada raqobatbardosh, ma‘naviy barkamol yoshlarni tarbiyalamoq zarur. Intellektual salohiyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda esa yurtimiz har bir pedagogning o‘z kasbiga bo‘lgan ma‘suliyati va bilimlari zarur bo‘ladi. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek ma‘suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma‘naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizda yaxshi tasavvur qilamiz.
Bugun ta‘lim-tarbiya jarayoniga alohida maqsad qo‘yilgan. Bu bolalarga ijodiy jihatdan o‘z-o‘zlarini namayon qilishlari uchun imkoniyat yaratish va ularda ijobiy- shaxsiy sifatlarning shakllanishiga ko‘maklashishdan iborat. Shu boisdan ham, bugungi kunda bolalarning faolligini oshirish, bilimlarini yaxshilash maqsadida ta‘lim samaradorligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy ta‘lim ravnaqini ta‘lim tarbiya amaliyotida samarali va tejamli, yangi shakl, vositalarni qo‘llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko‘zlovchi pedagogik texnologiyalar ta‘minlaydi.
Nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug‘ildi? «Pedagogik texnologiya» nimani anglatadi?
Pedagogik texnologiyalar ta‘lim-tarbiya jarayonini ilg‘or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim pedagog tomonidan yaratiladi, ta‘lim- tarbiya bosqichlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta‘lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, bolada shakllantirish ko‘zda tutilgan ma‘naviy sifatlarni o‘zlshtirishga yo‘naltirilgan ta’limiy faoliyatlarni rejalashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ta‘limning barcha bo’g’inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o’rgatsin. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati bolalarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishishdir. Ta‘limda berilayotgan bilimlarni bolalarning ko’pchilik qismi puxta o’zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya ta‘lim- tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va umuminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi .
Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o’zgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta‘lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o’zining ma‘lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo’lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi.
Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-е‘tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o’z xususiy sohasiga, mеtodlari va vositalariga egadir. Biroq pеdagogik tеxnologiya inson ongi bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo’lmagan pеdagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli tеxnologiyalardan ajralib turadi. Uning o’ziga xos xususiyati – tarbiya komponеntlarini mujassamlashtirganidir.
Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an‘anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta‘sir ko’rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi.
Ta‘lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash avvalo, pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi, chunki ularni amalga oshirmay turib qo’llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo’lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g’amxo’rlik, ta‘lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e‘zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug’ullanishi va o’zini o’zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o’z o’quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta‘lim jarayonining subyekti - ta‘lim-tarbiya vazifalarini hal etadi.
Pedagogik texnologiyalar ta‘lim jarayonining unumdorligini oshiradi, bolalarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, bolalarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
An‘anaviy o‘qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o‘g‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli axborotli o‘qitish sifatida tafsiflanadi, chunki pedagog faoliyati birgina ta’limiy faoliyat jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta‘kidlagan holda baxolanmoqda.
Birinchidan, pedagogik texnologiya talim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda malum pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z tasirini o‘tkazadi va ta’lim- tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, ilmiy texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayotganligi va o‘qitish imkoniyatlari katta bo‘lgan yangi texnologiyalarning ta‘lim sohasiga kirib kelayotganligi, o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta‘lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va talim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vositalar mavjudki ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Uchinchidan, sa’noat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o‘quv ob‘ektlariga aylanishi pedagogning an‘anaviy metodika Doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo‘llashga ehtiyojni tug‘dirmoqda.
Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o‘z oldiga asosiymaqsad qilib qo‘yadi. Shunday ekan, u pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etish va ta‘lim sifati, samaradorligini oshirishda o‘z hissasini qo‘shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini unutmasligi lozim.
"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan texnos- sanat, hunar va l ogos-fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topib, "hunar fani " manosini anglatadi. Biroq bu ifoda texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon, bu – mehnat qurollari bilan mehnat obektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina) ning faoliyatidir.
«Pedagogik texnologiya» so’z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta‘limda esa fan bo’yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo’li aniq belgilangan maqsadlarga qaratish, ta‘lim oluvchi bilan muntazam o’zaro aloqani o’rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta‘lim oluvchining xatti-harakati orqali o’qitishdir. O’ zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, ta’limiy faoliyat jarayonini to’liq qamrab olishi kerak.
Tеxnologiya dеganda sub'еkt tomonidan kiritilgan ta'sir natijasida sub'еktda sifat o‘zgarishiga olib kеluvchi jarayon tushuniladi. Tеxnologiya g‘ar doim zaruriyat vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob'еktga yo‘naltirilgan maqsadni amallarni muayyan kеtma-kеtlikda bajarishni ko‘zda tutadi.
Texnologiya – zamonaviy ilmiy-amaliy tafakkur mahsuli degan xulosaga kelish mumkin. U faoliyatni tubdan takomillashtirishga, uning natijaviyligini, tezkorligini, texnikaviy qurollanganligini oshirishga oid amaliy tadqiqotlar yo‘nalishini aks ettiradi. Hozirgi kunda jahon miqiyosida ishlab chiqarilgan va foydalanilgan texnologiyalarni ikki turga bo‘lish mumkin: sanoat va ijtimoiy texnologiyalardir. Pedagogik texnologiya - bu pedagogning bolalarga o‘qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda tasir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o‘qitish texnologiyasi», «talim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi
Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi. Uning o’ziga xos jihati – tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya samaradorligi inson o’zining ko’p qirrali tomonlari bilan unda qanchalik to’liq namoyon bo’lyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti, degan savollarning yechimiga bog’liq ekan. Shu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo’ladi. Bu esa pedagogning texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog’liq.
Ta‘lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta‘limi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalaridir. Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta‘lim jarayonining unumdorligini oshirdi, bolalarning mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, bolalarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
Pedagogik texnologiya mohiyat jihatdan boshqa texnologiyalar bir safda turadi, chunki ular kabi boshqalari ham o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma‘lum material bilan ish ko‘radi.Biroq pedagogik texnologiyalar inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik xatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos tomonlari –tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganliklaridir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz va an‘anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini, oshirishga ta‘sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi.
Pedagogik texnologiya asosida bolalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u pedagogning yaqin ko‘makdoshiga aylanadi yoki uning funksiyalarini to‘liq bajarishi mumkin. Natijada, mantiqiy bog‘langan qisqa yo‘llardan shunday olib boriladiki, oqibatda bolalar deyarli xato qilmaydilar va bola ularning natijasini ma‘lum qilish bilan mustahkamlash imkoniyatini yaratadi hamda ta‘lim maqsadini to‘la amalga oshirish sari yana yangi qadamlar qo‘yiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat-e’tibori jihatida boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog'liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo'lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o'ziga xos xususiyati — tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o'quv jarayoniga,uning samarasini oshirishga ta’sir ko'rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O'quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtiiish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’Iim lizimida axborot texnologiyasi — bu «o'quvchi yoki talaba kompyuter» o'rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo'lib, ta'lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan qo'llanadan boshlandi.
Pedagogik texnologiyaning umumiy muammolari ko'p va rangbarangdir. Bular orasida an’anaviy ta ’limga yangicha yondashuvlari tatbiq qilish, pedagogik jarayonni takomillashtirish, demokratik pedagogika elementlarini shakllantirish va ulardan amalda foydalanish, hamkorlik va insonparvarlik pedagogikasini kuchaytirish, bilim oluvchi va tarbiy alanuvchi shaxsini faollashtirish, ta ’lim mazmunini didaktik tamoyillar asosida boyitish, o'quv jarayonini yuksak darajada tashkil etish va uni boshqarish, ta ’lim-tarbiya jarayonlarining uzluksiz monitoringi va nazorati hamda sarhisobini amalga oshirish, rivojlantiruvchi va alternativ (muqobil) texnologiyalami samarali tarzda qo'llash kabilar alohida o'rin tutadi.
Pedagogik texnologiyaning umumpedagogik, xususiy va kichik darajalari farq qilinadi. Bundan tashqari, sezgi a’zolari orqali bilim olishni ifodalaydigan empirik, moddiy va ma’naviy olam haqidagi bilimlarni kengaytiruvchi kognitiv, ijodiy faollik va o'quv-izlanish mehnatiga asoslangan evristik, tadqiqot va yangilik yaratish faoliyati bilan bog'liq kreativ, axborot va ma’lumotlarni qayta ishlash va o'zgartirish evaziga ta ’lim-tarbiya beruvchi inversion, o'zlashtirilgan bilimlarni omixtalab tugal tafakkurga olib keluvchi integrativ, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olib o'qitishga tayanuvchi adaptiv, ta ’lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsi bilan o'qituvchi (tarbiyachi) munosabatidagi tenglik va adolatlilikka bo'ysunuvchi inklyuziv kabi pedagogik texnologiyalaming yo'nalishlari shakllangan.
Pedagogik texnologiyaning asoslari. Pedagogik texnologiya eng murakkab jarayon-insonning ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishda asosiy vosita bo'lganligi tufayli ham uning asoslari ham shaxs murakkabligi kabi xilma-xildir. Ular orasida tarixiy, nazariy, ijtimoiy, falsafiy, metodologik, pedagogik, didaktik, fiziologik, gigiyenik, iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy-me’yoriy, amaliy va boshqalar farq qilinadi. Umuman, pedagogik texnologiyaning vujudga kelishi ilmiy jarayon sifatida qaraladi. Pedagogik texnologiya o'quv predmeti va fan sifatida o'zining hayotdagi munosib o'rnini egallab bormoqda. «Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiyalar», «Zamonaviy pedagogik va interfaol texnologiya», «Axborot va innovatsion texnologiyalar», «Ta’lim texnologiyasi», «Texnika», «Mahorat», «Axborot texnologiyasi», «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari», «Ta’lim metodlari», «Tarbiya metodlari», «Pedagogik mahorat» kabi atamalar, tushunchalar, maxsus va tanlov kurslari,o'quv predmetlari shakllanib va ularning mazniun-mohiyati o'zgarib turmush va amaliy faoliyatga shiddat bilan kirib kelmoqda. Umumpedagogik tushunchalar tizimida texnologiya muammosiga ilmiy yondashish kuchaymoqda. Pedagogik texnologiya va pedagogik faoliyat hamda o'qituvchi professiogrammasi bir butun jarayon yoki hodisa tarzida tasawur qilinadi. Shu nuqtai nazardan, pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat o'zaro qondosh-egizakdir. Pedagogik texnologiyani o'qitish jarayonida qo'llash-sifat va samaradorlikning yetakchi omillaridan biridir.
Pedagogik texnologiyaning o'z tarkibi va mazmuni bo'yicha takomillashuvi, uning kasbiy faoliyat sifatida samaradorligining ortishi uzluksiz davom etadi. Bunday dinamik jarayon ta’lim tizimida sodir bo'ladigan o'zgarishlar bilan garmonik tarzda kechadi.
Pedagogik texnologiyaning umumiy tavsifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy hodisa ekanligida namoyon bo‘ladi va ta'lim-tarbiya masalalari bilan bog‘liq maqsad va vazifalar, motiv va ehtiyojlar, talab va manfaatlar, qiziqish va xohishlarni amalga oshirishda ro‘y-rost ko‘rinadi.


.



Yüklə 41,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə