Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


-bob. Talabgorlarni aniqlash va ro‘yxatini shakllantirish



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə3/5
tarix01.04.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#103952
1   2   3   4   5
447 15.08.2022 farmon

2-bob. Talabgorlarni aniqlash va ro‘yxatini shakllantirish
5. Talabgorlar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish yuzasidan o‘zlari ta’lim oladigan oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga o‘quv yilining 15-sentabriga qadar ariza bilan murojaat etadilar. Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
6. Taqdim etilgan arizalar oliy ta’lim muassasasi tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtiriladi.
7. 2022-yilda umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati besh ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboriladi.
2023-yildan boshlab talabgorlar ro‘yxati besh ish kunida oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
3-bob. Talabgorlarga to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplab berish
8. Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
9. Taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatiga asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uch ish kuni ichida tegishli mablag‘larni oliy ta’lim muassasalarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish yuzasidan Moliya vazirligiga so‘rovnoma taqdim etadi hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda mablag‘lar har yili 20-mayga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalarining budjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
2023-yildan boshlab tegishli oliy ta’lim muassasalarining budjet mablag‘lari ularning xarajatlar smetasida rejalashtirilgan holda aks ettiriladi.
10. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i qabul qilinadi.
11. Talabgorlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmi budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha 48 21 190 “Boshqa xarajatlar” xarajatlar moddasida bir satrda, yilning choraklari va oylari bo‘yicha rejalashtirilgan holda aks ettiriladi.
12. Talabgorlar uchun ajratilgan mablag‘lar oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt) mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va belgilangan tartibda sarflanadi.
13. Talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplash uchun oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda, ular belgilangan tartibda idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratilishi yuzasidan murojaat qiladilar.
14. Talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) qiymatiga ekvivalent hisobida qoplanadi.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə