Ilmiy tadqiqot ishini yozish va ilmiy maqola tayorlash. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini rasmiylashtirish va hayotga tatbiq etish


Tezis o‘zi nima? Tezis – bu ilmiy matn bo‘lib, u o‘zida ilmiy



Yüklə 344,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.02.2023
ölçüsü344,72 Kb.
#100336
1   2   3   4   5
6-мавзу

Tezis o‘zi nima? Tezis – bu ilmiy matn bo‘lib, u o‘zida ilmiy
tadqiqotning asosiy natijalarini va ularni olish usullarini aks
ettiradi. Tezislar ilmiy ma’ruzaning qisqarttirilgan shakli deb 
hisoblaganlar adashadi. 
Tezislarning
maqsadi
– konferensiyaning boshqa qatnashchilariga
tadqiqotingiz
mazmunini
yanada
yaxshiroq
tushuntirishdan
iborat. Sarlavha…..Tezis ustida ish boshlashdan avval uning sarlavhasini
o‘ylab ko‘ring. Sarlavha o‘z navbatida sizning tadqiqotingiz mazmunini
o‘zida aks etishi lozim, ammo u bitiruv malakaviy ish, magistrlik yoki
doktorlik dissertatsiya mavzusi bilan aynan bo‘lishi shart emas.
Sizning ma’ruzangiz uzog‘i bilan 10 daqiqa davom etishini inobatga
oladigan bo‘lsak, ana shu qisqa vaqt ichida to‘liq o‘z tadqiqotingiz haqida
qatnashchilarga so‘zlab berishga ulgurishingiz lozim.
Shuning uchun
tezis sarlavhasi lo‘nda bo‘lgani ma’qul, shu bilan birgalikda u sodda va
umumiy bo‘lmasligi kerak.


Tarkibi: Har qanday matn, bu puxta o‘ylangan tarkibdir. Albatta tezislar ham
bundan istisno emas. Birinchidan, ilmiy tezislar uchta asosiy
va muhim
jihat: dolzarblik, muammo va maqsaddan iborat bo‘ladi.
Dolzarblik – bu sizning tadqiqotingiz bugungi kunda naqadar muhim va zarur
ekanligini ko‘rsatuvchi holat. Albatta tadqiq etilayotgan
masalaning dolzarbligi
xususida yozar ekansiz, bu borada dalillarni keltirishni unutmang. Dolzarblik “Nega
aynan mazkur mavzuni
tadqiq
etish kerak?”
degan savolga
javob
beradi.
Dolzarblikdan kelib chiqqan holda tezislarning muammosi shakllantiriladi.
Muammo – bu bugungi kunda jarayon yoki holat to‘g‘risidagi va real faktlar
o‘rtasidagi mavjud qarama- qarshilikdir. Ya’ni bunda nazariya amaliyotga teskari
yoki aksincha. Muammo “Masalaning ilgari o‘rganilmagan qaysi jihatlarini
tadqiq etish mumkin?” degan savolga javob beradi.



Yüklə 344,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə