3.
Abonent qurilmasini taqdim etish tartibi
3.1.
Mazkur Aksiya shartlarining 1.3, 2.1 va 2.3 bandlari bajarilganda, Abonentga
telekommunikatsiya xizmatlari davrida foydalanish uchun abonent qurilmasi taqdim etiladi. 2.2-
bandda nazarda tutilgan shartlar bajarilganda, ko‘rsatilgan qurilmaga egalik qilish huquqi
Abonentga o‘tadi.
3.2.
Abonent qurilmasi Abonentga Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi davrida
abonent qurilmasi berilishi to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma) asosida
bepul taqdim etiladi. Abonent ushbu shartnomani imzolab, Aksiya shartlari bilan roziligini
bildiradi.
3.3.
Ushbu Aksiya doirasida abonent qurilmalari telekommunikatsiya xizmatlariga yangi
ulanganda yoki ulanish texnologiyasi o‘zgartirilganda (texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda)
taqdim etiladi.
3.4.
Ushbu shartlarning 2.2-bandi talablari bajarilgandan so‘ng, abonent qurilmasi
Abonentning mulkiga aylanadi. Kompaniyaning billing tizimi tomonidan Aksiya shartlariga
ko‘ra abonent to‘lovining 12 ta to‘liq sikli hisobdan chiqarilgan vaqtdan boshlab, Abonentga
qurilmaga egalik qilish huquqi o‘tkazilganligi fakti tasdiqlangan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |