Iqtisodiyot va menejment


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISODIYOT VA MENEJMENT”
KAFEDRASI

JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR”


fanidan
MA’RUZALAR MATNI


Tuzuvchilar: i.f.n. SH.Otamurodov
o’q. Toshaliyeva S.T.


Termiz – 2019


Kirish

«Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» o’quv kursi bo’yicha ta’lim texnologiyasi ma’ruza va seminar mashg’ulotlarni o’qitishning xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan ilg’or pedogogik texnologiya qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Ushbu o’quv kursi tuzilishi jihatdan kirish, «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fanini o’qitish texnologiyasining kontseptual asoslari hamda ma’ruza va seminar mashg’ulotlarni o’qitish texnologiyalaridan tashkil topgan.


Ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari bo’limida o’quv kursining davlat va xalqaro bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning sub’ektlari o’rtasidagi uyg’unlikni ta’minlashdagi ahamiyati va ushbu kursni o’qitishning dolzarbligiga asoslangan, o’quv soatlarining mavzular bo’yicha taqsimlanishi hamda kursning asosiy mazmuni ochib berilgan. SHuningdek, ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda qo’llanilgan asosiy qoidalari: ta’lim usuli va texnikasi; tashkil qilish shakli, vositasi; kommunikatsiya usullari; berilgan ma’lumotlarni nazorat qilish usullari va vositalari; baholash va nazorat qilish tartiblari yoritilgan. O’quv kursini o’qitish texnologiyasi quyidagi tartibda ishlab chiqilgan;

- ma’ruza mashg’ulotlarini olib borishda ko’proq ko’rgazmali, muammoli, informatsion va tematik shakllariga e’tibor qaratilgan;


- seminar mashg’ulotlarini olib borishda muammoli savollarni guruhlarga bo’lingan holda muhokama qilish, individual tarzda ishlash, muammoli vaziyatni keys-stadi usulidan foydalanib nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llash bo’yicha bilimlar va ko’nikmalarni chuqurlashtirishga qaratilgan. Ushbu ta’lim texnologiyasi barcha oliy o’quv muassasalarida, malaka oshirish kurslarida ««Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar»» o’quv kursini tegishli texnik vositalari bilan jihozlangan auditoriyalarda o’qitishga mo’ljallangan bo’lib, ushbu kursni o’qitadigan o’qituvchilar uchun mo’ljallab tuzilgan.





Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə