Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə15/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Nazorat savollari:

  1. Xom-ashyo turlari.

  2. CHqyandan olinadigan xom-ashyo mausulotlari.

  3. Standart profili prokatlar ishlab chiqarishning qaysi ko’rinishlarida ishlatiladi.

  4. Ishlov beriladigan quyum qanday hisoblanadi.

  5. Quyum qiymatini anqlovchi faktorlar.



Adabiyotlar:

  1. Kartavov S.A. Texnologiya mashinostroeniya (spetsialьnaya chastь). Kiev: Vqsshaya shkola, 1984.- 272s.

  2. Balakshin B.S. Teoriya i praktika texnologii mashinostroeniya. Kn.1. Texnologiya stankostroeniya. M.: Mashinostroenie, 1982.-239s.

3. Karataev S.A. Texnologiya mashinostroeniya (spetsialьnaya chastь). Kiev: Vqsshaya shkola, 1984-272s.


Ma’ruza № 7


ISHLOV BERILADIGAN DETALLARNING SIRTLARI VA BAZALARI.


Reja:

  1. Ishlov berilayotgan detallarning yuzalari va bazalari.

  2. Bazalarning doimiylik va qo’shilish tamoyillari.

  3. Detallarni dastgohlarda o’rnatish usullari.

  4. Olti nuqta qoidasi.



Mavzuning maqsadi:

  1. Operatsiyalar tuzilishi, ishchi chizmalar va ularning o’qilishi bilan tinishish.

  2. Kon mashinalarini ta’mirlash va qayta tiklash usullarini o’rganish.

Mavzuda ishlatiladigan tayanch iboralar: Detal yuzalari va bazalari, o’rnatish bazasi, o’lchov bazasi, yig’ish bazasi, konstruktiv bazasi, bazalarni doimiyligi, bazalarning qo’shilishi, dastgoh stoliga o’rnatish, avvaldan belgilab olish, maxsus moslamalarga o’rnatish, o’rnatish yuzasi, yo’naltiruvchi yuza, tayanch yuza.


Ishlov beriladigan detallarning yuzalari va asoslari.
Dastgohlarda ishlov berish uchun detallarni o’rnatishda quyidagi yuzalar farqlanadi:

  1. Uirquvchi asboblar bilan metall qatlami ko’chirib tashlanadigan (qo’porib olinadigan) ishlov beriladigan yuzalar;

  2. Ishlov berishda detal holatini aniqlaydigan asosning yuzalari, siquvchi yuzalarni qabul qiluvchi yuzalar;

  3. ushlanadigan o’lchamlar o’lchanadigan yuzalar;

  4. ishlov berilmaydigan yuzalar.

Asoslar bo’lib sirtlar, chiziqlar, nuqtalar va ularning jamlanmasi xizmat qiladi.
Mashinasozlik texnalogiyasida texnologik, yig’ma va konstruktiv asoslar farqlanadi.
Texnologik asoslar o’rnatiluvchi va o’lchanuvchi asoslarga bo’linadi.
O’rnatiluvchi asoslar deb detalning shunday sirtlariga aytiladiki, ular bilan detala ma’lum holatda dastgohga (yoki moslamaga) va kesuvchi yoki boshqa ishchi asbobga nisbatan o’rnatiladi.
O’rnatiluvchi asoslar bo’lib tekis sirtlar, tashqi va ichki tsilindrik sirtlar, teshikli yon yuzalar, teshiklarning sirtlari, markaziy uyalarning sirtlari, konussimon, egri chiziqli sirtlar (masalan, tishli g’ildiraklar tishlarining sirtlari, rezьbalarning sirtlari) va boshqalar xizmat qiladi.
O’rnatiluvchi asoslar sifatida ishlov berilgan va berilmagan sirtlar xizmat qilishi mumkin. Ishlov berilmagan sirtlarni asoslar sifatida ishlov berishning boshlanђich operatsiyalarida qabul qilish mumkin. Ular dag’al asoslar deb ataladi. Keyingi operatsiyalar uchun asoslar bo’lib xizmat qiladigan ishlov berilgan sirtlar toza asoslar deyiladi. Dag’al asoslar imkoni boricha tekis va silliq, sirtiy no’qsonlarsiz bo’lishi lozim. O’rnatiluvchi asos asosiy yoki yordamchi bo’lishi mumkin.
Asosiy o’rnatiluvchi baza deb ishlov berishda detalni o’rnatishda xizmat qiladigan va yig’ilgan mashinada birgalikda ishlaydigan boshqa detal bilan tutashadigan yoki ushbu detalning mashinadagi ishiga ta’sir qiluvchi detall sirtiga aytiladi. Misol tariqasida tishli g’ildirakni keltirish mumkin, unda teshik asosiy baza bo’lib hisoblanadi, chunki teshik sirtli val bilan tutashadi va bundan tashqari ishlov berishda g’ildirak teshigi bilan opravkaga asoslanadi, u tufayli teshik o’qi tashqi tsilindrik sirt o’qi va g’ildirak tishlarining boshlang’ich aylanasi bilan ustma-ust tushishiga erishiladi, bu uning yig’ilgan uzelda to’g’ri ishlashini ta’minlaydi.
Yordamchi o’rnatiluvchi asos deb, faqat ishlov berishda uni o’rnatish uchun xizmat qiladigan, boshqa detal bilan tutashmaydigan, yig’ilgan mashinada birgalikda ishlaydigan va mashinadagi ushbu detalning ishiga ta’sir qilmaydigan detal sirtiga aytiladi.
Yordamchi asoslarga misol bo’lib faqat ishlov berishda foydalaniladigan vallarning markazlovchi teshiklari xizmat qiladi, negaki konstruktsiya bo’yicha ular talab qilinmaydi.
O’lchanuvchi asos deb shunday sirtga aytiladiki, undan o’lchovda o’lchamlarni bevosita hisoblash amalga oshiriladi.
Yig’uvchi asos deb, yig’ilgan uzel yoki mashinada berilgan detalning boshqa detala nisbatan vaziyatini belgilaydigan sirta aytiladi.
Konstruktiv asos deb, konstruktsiyani ishlab chiqarishda o’lchamlar va boshqa detallarning vaziyati berilgan sirtlar, chiziqlar, nuqtalarning jamlanmasiga aytiladi. Konstruktiv asos agar u moddiy sirtdan iborat bo’lsa, real yoki o’qiy geometrik chiziq hisoblansa, geometrik bo’lishi mumkin.



Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə