Iste’molchilarning xatti-harakati nazariyasi


Iste’molchilik xatti-harakati



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə2/6
tarix08.04.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#104655
1   2   3   4   5   6
Iste’molchilarning xatti-harakati nazariyasi.

Iste’molchilik xatti-harakati – bu iste’molchilarning turli tovar va xizmatlarga talabini shakllantirish jarayoni.
2. Naflilik funksiyasi. Yalpi va chekli naflilik.
Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilishini ta’minlash, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo‘lish xususiyati hisoblanadi.
Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog‘­liq. Sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog‘liqqa foydali­ligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq mud­datliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b.
Bozordagi iste’molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o‘z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo‘lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o‘l­chab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab emas, bal­ki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.
Ma’lumki, iste’molchi bozorga chiqar ekan, u bir qancha turdagi tovar va xizmatlarga duch keladi.
Yalpi naflilik (Total utility) – ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir to­var yoki xizmatni iste’mol qilish natijasida olinadigan yalpi qondirish.
Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umu­miy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shim­cha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin.

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə