“Do‘stimga qo‘ng‘iroq” mashqi.
Trener “telefon orqali muloqot qilishni bilish qanchalik muhim?”, deya
ishtirokchilarga murojaat qiladi. Barcha javoblarni tinglagach, trener kichik bir
tajriba o‘tkazishni taklif etadi hamda ishtirokchilardan birini yordamga chaqiradi.
Ko‘ngilliga shunday topshiriq beriladi: u o‘zini telefon qo‘ng‘irog‘iga javob
berayotgandek tasavvur qilishi lozim. Bu vaqtda trener qo‘ng‘iroq qilayotgan
odam rolini ijro etadi va suhbatdoshiga murojaat qilishning ikki xil variantini
ko‘rsatadi. Birinchi variant bo‘yicha ko‘ngilli telefon go‘shagini ko‘targanida
trener unga ancha keskin ohangda va xiyla qo‘pol ravishda murojaat qiladi.
Masalan, “Kimsiz? Menga Niginani chaqir”. Ikkinchi variantda trener o‘z
suhbatdoshiga izzat-hurmat asosida, xayrixohlik ohangida murojaaat qiladi.
Masalan, “Assalomu alaykum, bezovta qilganim uchun uzr, iltimos, Niginani
telefonga chaqirib yuborasizmi?”. Javob reaksiyasi o‘zgaradi va bu reaksiya
muloqot davomida suhbatdoshga qanday murojaat qilinishiga bog‘liq bo‘ladi.
Qolganlarning vazifasi shu jarayonni kuzatib borishdangina iborat. Shundan so‘ng
trener ularga savol bilan murojaat qiladi: ular qanday dialogni tingladilar, birinchi
va ikkinchi murojaatlarda javob reaksiyasi qanday bo‘ldi va nima uchun shunday
bo‘ldi, ko‘rgan-eshitganlaridan ular qanday xulosa chiqarishlari mumkin?
Ochiq, yopiq savollar. Trener avvalgi mashq bilan aloqadorlik mavjudligini
e’tirof etib, shunday deydi: “agar suhbat (dialog) va tushunish mavjud bo‘lsa,
demak kommunikatsiya ham bor”. Suhbat qurish va tushunishga erishish uchun
esa savol berishni bilish kerak. Trener ishtirokchilardan so‘raydi: “qanday savol
turlari mavjudligini bilasizmi, ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?”
Dostları ilə paylaş: |