Izboskan tumani 1-son kasb-hunar maktabi 4-guruh o’quvchisi



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə12/14
tarix22.06.2022
ölçüsü65,54 Kb.
#89897
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
mubina tayyor

Algoritm ijrochisi — algoritmda ko'rsatilgan buyruq yoki ko'rsat malarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik)sistema.
Ijrochi bajara olishi mumkin bo'lgan ko'rsatma yoki buyruqlar to'plami ijrochinining ko'rsatmalar sistemasi (qisqacha, IKS) deyiladi. Masalan,«16 sonidan kvadrat ildiz chiqarilsin» ko'rsatmasi 2-sinf o'quvchisining ko'rsatmalar sistemasiga tegishli bo'lmaydi, lekin 8-sinf o'quvchisiningko'rsatmalar sistemasiga tegishli bo'ladi. Shuni ta'kidlash joizki, informatikada algoritmning asosiy ijrochisi bo'lib kompyuter xizmat qiladi.
Matematik model tushunchasi
Qadim zamonlardan beri inson o’z imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilib, turli mehnat qurollarini yaratib kelgan. Masalan, uzoqni ko’rolmaslikni mikroskop, teleskop, radiolokator kabi buyumlarni yaratish bilan qoplagan bo’lsa, bir-biriga ma‘lumotlar uzatishdagi cheklangan imkoniyatlarini telefon, radio va televideniya hisobiga kengaytirmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi inson ongining imkoniyatlarini to’ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma‘lumotlarni tahlil qilish va o’zining ish faoliyatida uchrovchi masalalar yechimini qabul qilish tezligini ham jadal sur‘atda o’stiradi.
Shunday qilib, fan va texnikaning rivojlanishi va o’ta murakkab jarayonlarning hisob ishlarini sifatli va tez bajarilishini talab etayotgan bir paytda,- yuqori texnologiyali elektron hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi tabiiy bir holdir. XXI asr – kompyuterlashtirish asrida insoniyat faoliyatining barcha jabhalariga kompyuterlar jadal sur‘atda kirib bormoqda.
Zamonaviy kompyuterlarning ko’payib borishi esa tabiiy ravishda undan foydalanuvchilarning safini ortib borishiga turtki bo’ladi. Odatda kompyuterdan foydalanuvchilar sinfi juda ham xilma-xildir. Lekin, umumiy qilib ularni kompyuterlardan o’z ishlarini bajarishda tayyor dastur mahsuloti sifatida foydalanuvchi-operatorlar sinfi va ular uchun zarur bo’lgan dastur ta‘minotlarini yaratuvchi-dasturchilar sinfiga ajratish mumkin. Dasturchilar sinfini esa o’z navbatida shartli ravishda tizimli va amaliy dasturchilar guruhlariga ajratamiz.
Mazkur «Algritmik tillar va dasturlash» fanidan yozilgan ma‘ruzalar matni amaliy dasturchilar guruhiga tegishli mutaxassislarni, institutning «Informatika va axborotlar texnologiyasi» kafedrasida «Informatika va AT» yo’nalishi bo’yicha ta‘lim olayotgan texnik bakalavrlar va kasbiy ta‘lim bo’yicha muhandis-muallimlarni Turbo-Paskal algoritmik tiliga o’rgatish uchun mo’ljallangan.
Elektron hisoblash mashinalari bilan bevosita ishlashdan oldin qanday ishlarni bajarish kerakligini ko’rib chiqaylik. Istalgan hayotiy, matematik yoki fizik va hokazo masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma‘lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat‘iy ta‘riflangan matematik yoki fizik va hokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So’ngra masalani yechishning maqsadi, ya‘ni masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi ko’rsatiladi. Masalani o’rganish uning matematik modelini tuzishdan boshlanadi, ya‘ni uning o’ziga xos asosiy xususiyatlari ajratiladi va ular o’rtasidagi matematik munosabat o’rnatiladi. Boshqacha qilib aytganda, dastlab o’rganilayotgan fizik hodisaning mohiyati, belgilari, ishlatiladigan ko’rsatkichlar so’zlar yordamida batafsil ifoda etiladi, so’ngra fizik qonunlar asosida kerakli matematik tenglamalar keltirilib chiqariladi. Bu tenglamalar o’rganilayotgan fizik jarayon yoki hodisalarning matematik modeli deb ataladi. Matematik modelni haqiqiy ob‘ektga moslik darajasi amaliyotda tajriba orqali tekshiriladi. Odatda, matematik model qaralayotgan ob‘ektning xususiyatlarini aynan, to’la o’zida mujassam qilmaydi. U har xil faraz va cheklanishlar asosida tuzilgani uchun taqribiylik harakteriga ega, tabiiyki uning asosida olinayotgan natijalar ham taqribiy bo’ladi. Shuning uchun, tajriba qilib ko’rish orqali yaratilgan modelni baholash va lozim bo’lgan holda uni aniqlashtirish imkoniyati yaratiladi.
Matematik modelning aniqligi, uning korrekt qo’yilganligi, olinadigan natijalarning ishonchlilik va turg’unlik darajasini baholash masalasi modellashtirishning asosiy masalalaridan biridir.
Matematik modellarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin.

Statsionar modellar va nostatsionar modellar


Bu modellarda qaralayotgan jarayon vaqt bo’yicha turg’unlashgan deb qaraladi, ya‘ni matematik modelni ifodalovchi tenglamalarda vaqtni ifodalovchi ko’rsatkichi qatnashmaydi. Modelda qatnashuvchi ko’rsatkichlar, parametrlarning bir qismi yoki barchasi faqat fazoviy o’lchovlarga bog’liq bo’ladi. Bunday modellarga misol qilib inshoot devoridan o’tuvchi statsionar issiqlik oqimi tenglamasi, qurilish to’sinlarining statsionar egilishi va buralishi tenglamalarini keltirish mumkin. Statsionar modellar algebraik tenglamalar, oddiy differentsial tenglamalar yoki ularning tizimsi kabi ifodalanadi.
Bu modellarda jarayon ko’rsatkichlari vaqtga bog’liq deb qaraladi. Umumiy holda esa, bu ko’rsatkichlar fazoviy o’lchovlarga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday modellarga qurilish inshootlarida nostatsionar issiqlik oqimi tenglamalari, tebranish jarayonlarining tenglamalari, diffuziya tenglamalarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Nostatsionar jarayon o’zi va hosilalari vaqtga bog’liq funktsiya qatnashgan differentsial tenglama yoki shunday tenglamalar tizimsi, xususiy hosilali differentsial tenglamalar yordamida yoziladi.
Parametrlari to’plangan modellar va parametrlari
tarqoq modellar
Bunday modellarda jarayon ko’rsatkichlari fazoviy o’lchovlar bo’yicha o’rnatiladi. Natijada model ko’rsatkichlari faqat vaqtga bog’liq bo’ladi. Bu jihatdan parametrlari to’plangan modellar fazoviy o’lchovga bog’liq bo’lmagan nostatsionar modellarga o’xshashdir. Modellar chiziqli va chiziqli bo’lmagan algebraik, chiziqsiz tenglamalar, vaqt bo’yicha hosilalar qatnashuvchi oddiy differentsial tenglamalar yoki shunday tenglamalar tizimsi kabi tenglamalar bilan ifodalanadi.
Bunday modellarda umuman olganda qaralayotgan jarayon ko’rsatkichlari ham vaqtga, ham fazoviy o’lchovlarga bog’liq bo’ladi. Modellar asosan xususiy hosilali differentsial tenglamalar yordamida ifodalanadi. Xususiy holda, modellar vaqtga bog’liq bo’lsa, ular statsionar modellar bilan bir xil bo’ladi. Lekin, parametrlari tarqoq modellarning mazkur guruhga kiritilishida ularda qatnashuvchi ko’rsatkichlarning fazoviy o’lchovlarga bog’liqligi belgilovchi omil bo’lgan bo’lsa, statsionar modellarning alohida guruhga birlashtirilishida asosiy omil – ulardagi ko’rsatkichlarining vaqtga bog’liq emasligidir.
Yuqorida keltirilgan tavsif ma‘lum darajada shartlidir. Matematik modellarning boshqa ko’rinishdagi tavsiflari ham berilishi mumkin. Masalan, ularni chiziqli va chiziqli bo’lmagan, bir o’lchamli va ko’p o’lchamli kabi guruhlarga ajratish mumkin.
SHuni ham ta‘kidlash lozimki, har doim ham qo’yilgan masalaning matematik modelini yaratib bo’lavermaydi.
Masalalarni EHMda yechish bosqichlari
Matematik model har xil vositalar yordamida berilishi mumkin. Bu vositalar fizik qonuniyatlar hamda funktsional analiz elementlarini ishlatib differentsial va integral tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va EHM dasturlarini yozishgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Har xil bosqich yakuniy natijasiga ko’ra o’ziga xos ta‘sir ko’rsatadi va ulardagi yo’l qo’yiladigan xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan ham belgilanadi.
Ob‘ektning matematik modelini tuzish, uni EHMda bajariladigan hisoblashlar asosida tahlil qilish - hisoblash tajribasi deyiladi. Hisoblash tajribasining umumiy sxemasi 1-rasmda ko’rsatilgan.
Birinchi bosqichda masalaning aniq qo’yilishi, berilgan va izlanuvchi miqdorlar, ob‘ektning matematik modelini tuzish uchun ishlatish lozim bo’lgan boshqa xususiyatlari tasvirlanadi.

1-rasm
Ikkinchi bosqichda fizik, mexaniq, kimyoviy va boshqa qonuniyatlar asosida matematik model tuziladi. U asosan algebraik, differentsial, integral, integro-differentsial va boshqa turdagi tenglamalardan iborat bo’ladi. Ularni tuzishda o’rganilayotgan jarayonga ta‘sir ko’rsatuvchi omillarning barchasini bir vaqtning o’zida hisobga olib bo’lmaydi, chunki, matematik model juda murakkablashib ketadi. Shuning uchun, model tuzishda qaraliyotgan jarayonga eng kuchli ta‘sir etuvchi asosiy omillargina hisobga olinadi.
Masalaning matematik modeli yaratilgandan so’ng, uni yechish usuli izlana boshlanadi, ya‘ni, mos tenglamalar yechilishi va kerakli ko’rsatkichlar aniqlanishi lozim. Ayrim hollarda masalaning qo’yilishidan keyin to’g’ridan-to’g’ri, masalani yechish usuliga ham o’tish kerak bo’ladi. Bunday masalalar oshkor ko’rinishdagi matematik model bilan ifodalanmasligi mumkin. Bu bosqich masalalarni EHMda yechishning uchinchi bosqichini tashkil qiladi.
Navbatdagi bosqichda, ya‘ni, to’rtinchi bosqichda, masalani EHMdan foydalanib yechish uchun uning yechish algoritmi ishlab chiqiladi, hamda shu algoritm asosida biror-bir zamonaviy algoritmik tilda EHMda ishlatish uchun dastur tuziladi. Dastur ma‘lum talablar asosida tuziladi. Masalan, u umumiylik xususiyatiga ega bo’lishi kerak, ya‘ni, matematik modelda ifodalangan masala parametrlarining yetarlicha katta sohada o’zgaruvchi qiymatlarida dastur ishonchli natija berishi kerak. U bir necha mustaqil qismlar (protseduralar) dan iborat bo’lishi mumkin.
Nihoyat masalani yechishning yakunlovchi beshinchi bosqichida yaratilgan dastur EHMga kiritiladi va sozlanadi hamda olingan natijalar chuqur tahlil qilinib, baholanadi. Natijalarni tahlil qilish, zarur bo’lgan hollarda algoritmni, yechish usulini va modelni aniqlashtirishga yordam beradi, hattoki masalani noto’g’ri qo’yilganligini ham baholab berishi mumkin.
SHunday qilib, biz masalalarni EHMlar yordamida yechish bosqichlari bilan tanishib chiqdik. Shuni ta‘kidlash lozimki, har doim ham bu bosqichlar bir-biridan yaqqol ajralgan holda bo’lmasdan, bir-biriga qo’shilib ketgan bo’lishi ham mumkin.
Algoritm tushunchasi va uning vazifasi
Algoritm so’zi o’rta asrlarda paydo bo’lib, buyo’q o’zbek mutafakkiri Al-Xorazmiyning (783-855) ishlari bilan yevropaliklarning birinchi bor tanishishi bilan bog’liqdir. Bu ilmiy ishlar ularda juda chuqur taasurot qoldirib algoritm (algoritmi) so’zining kelib chiqishiga sabab bo’ldiki, u Al-Xorazmiy ismining lotincha aytilishidir.
Algoritm deganda, berilgan masalani yechish uchun ma‘lum tartib bilan bajarilishi kerak bo’lgan chekli sondagi buyruqlar ketma-ketligini tushuniladi.
Biror masalani kompyuterda yechishda eng muhim va ma‘suliyatli ishlardan biri qo’yilgan masalani yechish algoritmini yaratish bo’lib, bu jarayonda bajarilishi kerak bo’lgan hamma bo’lajak buyruqlar ketma-ketligi aniqlanadi. Ma‘lumki, kompyuterning o’zi xech qanday masalani yechmaydi, balki dastur ko’rinishida yozilgan algoritmni bajaruvchi hisoblanadi xolos. Shuning uchun, algoritmda yo’l qo’yilgan xato hisoblash jarayonining noto’g’ri bajarilishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida yechilayotgan masalaning xato natijasiga olib keladi.
Biror sohaga tegishli masalani yechish algoritmini yaratish, algoritm tuzuvchidan shu sohani mukammal bilgan holda, qo’yilgan masalani chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Bunda masalani yechish uchun kerak bo’lgan ishlarning rejasini tuza bilish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, masalani yechishda ishtirok yetadigan ob‘ektlarning qaysilari boshlang’ich ma‘lumot (masalani yechish uchun zarur bo’lgan ma‘lumotlar) va qaysilari natijaligini aniqlash, ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni aniq va to’la ko’rsata bilish lozim.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə