Qadimgi Sharq san’ati.
Qadimgi Sharq iborasi shartli bo‘lib, odatda qadimgi Grek-Rim
davlatlaridan Sharqda va Janubda joylashgan geografik mintaqa nazarda tutiladi.
Shimoli-Sharqiy Afrikada Tunisdan (bu yerda qadimgi Karfagen davlati mavjud
bo‘lgan) to Yaponiyagacha cho‘zilgan Habashistondan (Efiopiya) Kavkaz
tog‘larigacha, Orol dengizining janubiy qirg‘oqlaridan Hindiston, Xitoy,
Indoneziya, Koreya yerlarigacha o‘z ichiga qamrab olgan bu katta maydonda
qadim paytlarda bir qancha yirik quldorlik davlatlari mavjud bo‘lgan. Ular jahon
san’ati tarixi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Qadimgi Misr podsholigi, Old
Osiyodagi Shumer, Akkad, Bobil (Vaviloniya), Ossuriya, Urartu, Xett davlatlari,
Eron imperiyasi, O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi
|