|
Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
19
o‘ziga qaratib oldi. Faqat Xorazm, Farg‘ona va Sirdaryo bo‘yidagi ko‘chmanchi
qabilalargina o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.
Eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida Parfinon davlati (Turkmanistonning
Janubiy-G‘arbiy tomoni va Eronning shimoliy sharqiy qismlari) O‘rta Sharqning
yirik davlatlaridan biri sifatida tanildi. Arshakiylar sulolasi boshqargan davrda
esa jahondagi yirik davlatlardan biriga aylandi. Parfinon san’atini o‘rganishda
ham tanga yuzasiga ishlangan bo‘rtma tasvirlar keng o‘rinni egallaydi.
Parfiya san’atini tushunishda Ashxobod yaqinida arxeologik qazishmalar
natijasida ochilgan Parfinonning yirik shaharlaridan biri hisoblangan Nisa
(boshqacha nomi Parfnisa) alohida o‘rinni egallaydi. Eski Nisa va yangi Nisa
deb ataladigan bu ko‘hna shahar qoldiqlari hamda u yerdan topilgan amaliy-
dekorativ va tasviriy san’at buyumlari o‘sha davr badiiy hayotini tushunishda
bebaho daliliy material hisoblanadi.
Eski Nisa va yangi Nisa parfiya davrida qal’a va shahristondan iborat bitta
shaharni tashqil etgan. Bu yerda Parfiya podshosining saroyi, g‘alla, oziq-ovqat
ombori hamda zodagonlarning sag‘analari bo‘lgan. Bu yerda ochilgan “kvadrat
uy” o‘z tuzilishi va bezashda ishlatilgan dekorativ detallari bilan diqqatga
sazovordir.
Nisadan topilgan yodgorliklar ichida fil suyagidan shoxga o‘xshatib
yasalgan idishlar-ritonlar haqiqiy shov-shuvga sabab bo‘ldi. Hajm jihatidan
kattagina (balandligi 40-60 sm.) bo‘lgan bu ritonlarning uch tomonida afsonaviy
hayvonlarning yarim beligacha haykali ishlangan. Ritonlarning tepa qismi esa
bo‘rtma tasvir - friz bilan halqalangan. Bu bo‘rtma tasvirlarda ko‘proq antik
mifologiyadan olingan voqealar, qurbonlik olib kelish, raqqosalar yoki antik
hudolarning bo‘rtma tasvirlari ishlangan.
Yangi asrning boshlariga kelib, O‘rta Osiyo iqtisodiy, siyosiy va madaniy
hayotida jiddiy jonlanish boshlandi. Undagi qator madaniy markazlarda san’at
va madaniyat borasida muhim yodgorliklar yaratildi. Shunday madaniy
markazlardan biri Xorazm edi. Qo‘yqirilgan qal’a, Guyar qal’a, Tuproq qal’a
xarobalari, u yerdan topilgan tasviriy va amaliy san’at namunalari shu davrlarda
(ilk feodalizm, ya’ni V asrga qadar) Xorazmda ijtimoiy hayotning birmuncha
intensiv bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Qo‘yqirilgan qal’a (To‘rtko‘lning shimoliy sharqiy qismidan 22 km.
uzoqlikda) er.av. IV-III asrda barpo etilgan bo‘lib, u dastlab dumaloq shaklda
bo‘lib, uning markazida diametri 44,4 m. ikki qavatli bino, undan 14,5 m.
uzoqlikda esa mudofaa devorlari bo‘lgan. Bu devor keyinchalik mudofaa
galereyasiga aylantirilib, tepa qismi ravoqli tom bilan yopilgan.
Taxminan, I asrning boshlariga kelib, Grek-Baqtriya podsholigining
parchalanishi natijasida vujudga kelgan mayda davlatlar birlashtirilib, Kushon
|
|
|