Jizzax jizzax filiali



Yüklə 276,73 Kb.
səhifə18/100
tarix10.02.2022
ölçüsü276,73 Kb.
#83656
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
ИКТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ AМALIY111 lotin

Ingliz manufakturasi. Ingliz manufakturasi eng yetuk cho'qqiga erishdi. XVIII asr o'rtalariga kelib Angliyada sanoat to'ntarilishini amalga oshirish uchun barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoit- lar vujudga keldi. Ushbu jarayonning asosiy mazmuni manufak- turadan fabrikaga o'tishda mujassamlashgandir: qo'l mehnatiga asoslangan mayda ishlab chiqarishdan yirik mashina industriyasi- ga o'tishda (birinchi navbatda yengil sanoatda).

Sanoat inqilobi texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tash­kil etishga ta'sir ko'rsatdi.

  • Umumiy dvigatelli mashinalar tizimi mehnat jarayonini uzluksizligini ta'minladi

  • Arzonroq va sifatli bo'lgan fabrika-zavod mahsulotlari hu­narmandchilik va manufaktura mahsulotlarini siqib chiqardi

  • Sanoatni qishloq xo'jaligidan uzil-kesil ajralishi yuz berdi

  • Yirik shaharlar va kapitalistik sanoat markazlari paydo bo'ldi.

Bu davrda burjuaziya - fabrikantlar va yollanma ishchilar - sanoat proletariati sinflari to'liq shakllandi. XVIII asr savdo asri hisoblanadi. Ba'zi hollarda tashqi savdoning o'sish sur'atlari sano- at ishlab chiqarishi o'sishi sur'atlaridan yuqori bo'ldi. Bu davrda merkantelizm g'oyalari ustuvorlik qilardi, aktiv savdo balansi targ'ib qilinar edi. Burjuaziya cho'qqisidagilarning kapitali sano­atda emas, balki savdoda, kemasozlikda, bank sohasida mujas­samlashgandir. Ushbu davrda merkantilizm siyosati faol protek- sionizm siyosati bilan uzviy bog'liq edi.

Shunday bo'lsa ham XVIII asrda Yevropa asosan agrar hudud- dir. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi jamiyatni mavjudligi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni belgilab berar edi. Ushbu tarmoqda aholining asosiy qismi band edi: Angliyadagi 75%dan Fransiyadagi 80-85%gacha. Yerga mulkchilikning turli shakllari mintaqaviy xususiyatlarni keltirib chiqarar edi. Asta-sekin yevropa mamlakatlari agrar sektorida ijaraning shakllari va tarkibi o'zgarib bordi.

  • Mayda dehqonchilik ijarasi yirik tijorat ijarasi tomonidan siqib chiqarilardi.

  • Ijara munosabatlari borgan sari ko'proq yollanma mehnat jalb etilar edi.

  • Dehqonchilikning ijtimoiy-iqtisodiy differensiatsiyasi ushbu munosabalarga bevosita bog'liq edi.

    1. Angliya - sanoat inqilobining vatani

  1. asrga kelib Angliya jahon yetakchisi hisoblangan Gollandi- yadan kapitalistik manufakturalarning o'sish sur'atlari, jahon sav- dosi va mustamlaka iqtisodiyoti bo'yicha o'zib ketdi. XVIII asr o'rtasiga kelib Angliya yetakchi kapitalistik mamlakatga aylandi.

Qishloq xo'jaligi. XVIII asrda Angliya asosan agrar mamlakat hisoblanardi. XVII asr o'rtalaridagi burjua inqilobidan so'ng may­da va o'rta dehqon xo'jaliklarini yirik yer mulkdorligi tomonidan siqib chiqarilishi XVIII asr o'rtalarida dehqonchilikni sinf sifatida ahamiyatini yo'qolib borishiga olib keldi. Jamoa va mayda de­hqonchilikni tugatilishi natijasida yer mulkini qayta taqsimlani- shi, yerga yirik egalik qilish va kapitalistik fermerlikni rivojlanishi amalga oshirildi.

  • pomestyelarni yiriklashtirilishi lenlordlarga qishloq xo'jalik texnikasidan keng foydalanish imkonini berdi.

  • agrotexnika takomillashtirildi

  • almashlab ekishga o'tish amalga oshirildi

  • yirik fermerlar yollanma ishchilarni jalb qilib, yetakchi tex- nikani ishlatib va yer egalariga kapitalistik rentani to'lab xo'jalik yurita boshlashdi.

  • qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan barqaror talab va ichki va tashqi bozorlarni muntazam kengayib borishi ishlab chiqarishni takomillashtirishga doimiy rag'bat bo'lib xizmat qila- di.

  1. asrda mayda yerlarni yirik yer egalari tomonidan tortib olinishi jarayoni yirik fermalar uchun ochiq dalalarni paydo bo'lishiga olib keldi. Yer uchastkalarini yiriklashuvi va mayda ija- rachilarni yiriklari tomonidan siqib chiqarilishi ijara to'lovlarini o'sishiga olib keldi. Uning hajmi ba'zida oddiy to'lovdan 4-10 barobar katta bo'lar edi. Mayda yerlarni yirik yer egalari tomoni­dan tortib olinishi jarayonini kengayib borishi ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan huquqiy aktlar sonidan ham ko'rinadi.

  1. asrning birinchi choragida - 15 akt, asr o'rtasida - 220 ta akt, asr oxirida 1,5ta akt. Jamoa va dehqon yerlarini lenlordlarning xususiy mulkiga aylanishi jarayoni 1800 yilda qonun qabul qilini- shi bilan yakunlandi.

Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari

  • Feodalizm sarqitlari

  1. asrning o'rtalariga qadar Fransiya Yevropada yetakchilik qilishga intildi. Bunga uning Angliya oldida bir muncha ustunlikka ega ekanligi imkon berdi. Fransiya aholisi Angliyanikidan ikki bar­obar ko'p edi. Fransiya hududi ham kattaroq edi. Fransuz sanoati va savdosi (ayniqsa, tashqi savdo) samarali rivojlandi. yengil sano­at - ipakchilik, jungga ishlov berish, to'qimachilik, qog'oz, shisha va farfor, sovungarlik, ko'nchilik (teriga ishlov berish) yuqori nati- jalarga erishdi. Butun dunyoda fransuz manufakturalari tomoni­dan ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechak va matolari, bezaklar va parfyumeriya, mebel va farforlar keng miqyosda tanildi. Manu­fakturalar asosan markazlashtirilgan va uncha katta bo'lmasdan, 10-50 ishchidan iborat bo'lgan.

  1. asrning ikkinchi yarmida Fransiya taraqqiyotda orqada qola boshladi. Buning asosiy sababi feodalizm sarqitlarining og'ir yuki va mavjud hukumatning konservativ siyosatidir. Feodal tarti- blar manufakturalar va savdoni rivojlanishiga to'siqlik qildi. Sano- atda o'rta asr sexlari katta ulushga ega edi. Non sotish va olib chiqib ketish ta'qiqlangan edi. Alohida monopol imtiyozlar ba'zi provinsiyalar, savdo kompaniyalari va manufakturalarga tegishli edi.

Savdoni rivojlanishiga ichki bojxonalar va o'lchov va me'yorlarning yagona tizimi mavjud emasligi to'siqlik qilar edi. Bu cheklovlar sexlarni rivojlanishiga to'siqlik qildi, ishlab chiqarishni inqiroziga va ichki bozorni torayib borishiga olib keldi.

Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari



  1. asrda Germaniya feodal va iqtisodiy jihatdan qoloq mam- lakatligicha qolardi. Bozor xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan Gollandiya, Angliya va Fransiyadan farqli o'laroq Germaniya, ay- niqsa uning sharqiy qismi, krepostnoylikni kuchayib borishi bilan xarakterlarnalardi. Yerni feodal ekspropriatsiya qilish (barshchi- na) yirik miqyoslarga erishdi. Yerdan mahrum bo'lgan dehqonlar feodalning xonadonida ovqat uchun yollanib ishlashardi.

Mamlakat iqtisodiyotini kuchsizlanib borishining sabablari- dan biri - Germaniya tomonidan yirik jahon savdosi markazi o'rnining yo'qotishidir. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida savdo markazi Atlantika okeaniga ko'chib o'tdi. Germaniya siyosiy tarqoqligi sababli mustamlakalarni bosib olish, dastlabki kapital jamg'arishining tashqi manbalarini izlashda faol ishtirok etishda qatnasha olmadi.

  • Siyosiy tarqoqlik

  1. asr boshlarida Germaniya hududida 300 ga yaqin mus- taqil knyazliklar, gersogliklar va arxiepiskopliklar, 9 ta kurfyurst- liklar2, 36 ta diniy knyazliklar, 62 ta ariskratik va 100 ga yaqin im- periya ritsarliklari, 50 ta imperiya shaharlari mavjud edi. Ushbu konglomerat "German millatining muqaddas Rim imperiyasi" deb nomlanar edi. Ushbu knyazliklarning yerlari alohidalashgan bo'lib, o'z avtonomiyasiga ega edi, lekin rasman ular imperatorlik tarki- bida edi. Ushbu alohida hududlarning eng yiriklari - Brandenburg va Saksoniya, Meklenburg va Gessen, Gannover va Braunshveyg, Bavariya va Vyurtenberg va boshq.

Siyosiy tarqoqlik xo'jaliklarni rivojlanishiga ham to'siqlik qildi. Ko'psonli bojxona postlari juda ko'p bojlar olar edilar. Yagona pul birligi mavjud bo'lmaganligi sababli pul muomalasida betar- tiblik mavjud edi. Mamlakatda 600 turdagi tangalar zarb etilardi. Yagona o'lchov va og'irlik tizimi yo'q edi. Bu sharoitda sanoat va savdodagi bir tomonlama proteksionizm iqtisodiy turg'unlikni chuqurlashtirar edi.

Ichki (diniy) va tashqi urushlar ham qashshoqlikka olib kelar- di. O'ttiz yillik urush (1618-1648 yy.) haqiqiy milliy fojiaga olib kelib, uzoq muddatga xo'jalik rivojlanishiga to'siqlik qildi. Urush- dagi yo'qotishlar juda katta bo'lib ba'zi yerlarda aholining s qis- mini nobud bo'lishiga olib keldi. Qishloq xo'jaligida ham katta yo'qotishlar yuz berdi.

  • Qishloq xo'jaligi

Bu davrda qishloq xo'jalik mahsulotlariga ichki va tashqi bozor talabi ortib bordi. Don, zig'ir, mol, jun, teri va boshqalar aholi va rivojlanib borayotgan shaharlar ishlab chiqarishlari uchun zarur edi. Bu hol nemis knyazlarini xo'jaliklarini kengaytirishga majbur- lardi. Bu islohotlar feodal uslubda amalga oshirilardi. Barshchina mehnati va dehqonlarni ekspluatatsiya og'irlashtirildi. Dehqon­larning yerlarini ekspropriatsiya qilish evaziga yerlarning kengayi- shi va ishlab chiqarishni rivojlantirish dehqonlarni ekspluatatsiya qilish evaziga amalga oshirilgan yerlar yunker xo'jaliklari deb nomlanardi. Yirik nemis feodal-knyazlari (yunkerlar) davlat siyo- satining boshida turar edilar. Faqatgina ular armiya va hukumatda yuqori lavozimlarni egallashga, va yerga egalik qilish huquqiga ega edilar.


Yüklə 276,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə