N 31
Navro‘zova K.
Banklarda buxgalteriya hisobi. K. N. Navro‘zova, N. G‘. Karimov,
U. D. Ortiqov / Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv darslik. – T.:
«NISO POLIGRAF», – 2016. – 400 b.
Karimov N.G‘., II. Ortiqov U.D.
Ushbu darslik «Banklarda buxgalteriya hisobi» fani bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda banklarda buxgalteriya hisobini
tashkil etish asoslari, jumladan, bank buxgalteriya
hisobining vazifalari, huquqiy va me’yoriy asoslari‚ tamoyillari,
foydalanuvchilari, banklarning hisobvaraqlar rejasi‚ uning tuzilishi‚ Bosh va Yordamchi kitob materiallari asosida analitik va sintetik hisoblarning yuritilishi bayon etilgan.
Shuningdek, banklarning hujjatlari, hujjatlar aylanishi va mijozlarga bank tomonidan hisobvaraq ochish tartibi ko‘rsatib
berilgan, tijorat banklarining naqd pulsiz hisob-kitoblar‚ kassa va kredit, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari‚ banklararo hisob-kitoblarning hisobi va rasmiylashtirilishi hamda bank ichki operatsiyalariga alohida o‘rin ajratilgan.
Darslik bank ishi va banklarning buxgalteriya hisobini o‘rganuvchi O‘rta maxsus ta’limining iqtisodiy yo‘nalishidagi mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan oliy o‘quv yurtlarining tegishli yo‘nalish
talabalari, biznes maktablarining bank ishi yo‘nalishi talabalari hamda bank xodimlari foydalanishlari mumkin.