Kasbiy ta’lim ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S. Matyoqubova 20 yil



Yüklə 6,78 Mb.
səhifə253/267
tarix06.01.2023
ölçüsü6,78 Mb.
#98278
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   267
Pedagogik amaliyot 360 majmua (4)

Savolga javob beradilar
Tinglaydilar

Savollarga javob beradilar.

Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

Savollarga javob beradilar

3-bosqich.


Yakuniy
(10 daq.)

Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish.
3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kelgusida kasbiy faoliyatlaridagi axamiyatini yoritish bilan yakunlaydi.
3.2.O‘quvchilar bilimini baholaydi.
3.3. Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi




Diqqat qiladilar.


Vazifani yozib oladilar


Fan o‘qituvchisi: ___________________
56-Mavzu: Kechki sayr, bolalarning erkin o’yinlari, ota-onalar bilan suhabat
Reja:

    1. Kechki sayr

    2. bolalarning erkin o’yinlari

    3. ota-onalar bilan suhabat

Kunning ikkinchi yarmi ikki qismdan iborat: guruhdagi va sayrdagi ishlar kunning ikkinchi yarmida bolalarning guruhdagi o‘yin faoliyati rejalashtiriladi.



Uyqudan keyingi o‘yin uchun kichik guruxda - 45daqiqa,·o‘rta guruhda 1 soat, katta guruhda tayyorlov guruhida -1,5 soat ajratiladi.


Syujetli-rolli o‘yinlar ham rejalashtiriladi (faqat nomigina yoziladi).
Rejada shuningdek stol usti bosma o‘yinlari, didaktik o‘yinlar ham mo‘ijallanadi. Rejaga stol usti bosma uyinlari qoidasi, tushuntirilishi ham yoziladi. Bu vaqtda dramalashtirilgan o‘yinlar ham rejalashtiriladi.
Tarbiyachi qurilish o‘yinlarida o‘zining qatnashishini ham rejaga yozib qo‘yadi. Unda tarbiyachining bolalar bilan atributlar yasashi ham mo‘ljallanadi. Kechqurunga ko‘ngil ochish o‘yinlarini rejalashtirish mumkin. U haftasiga bir marta o‘tkaziladi. Katta va tayyorlov guruhida kitoblarni bir necha kundavomida o‘qib berish ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi har gal o‘qishdan oldin "O‘tgan gal men sizlarga nima o‘qib bergan edim" deydi. Bolalar buni esga tushirib, so‘zlab berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam berib turadi.
Kunning ikkinchi yarmida asosan bolalarning xilma-xil o‘yin faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalarning syujetli-rolli o‘yinlari uchun sharoit yaratish, o‘yinchoqlar bilan o‘ynashga o‘rgatish va boshqalar kalendar rejasiga yoziladi.
O‘yinda tarbiyachining qatnashishi ham rejada qayd etiladi. Bu bolalar o‘yinini tashkil etish va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar o‘yiniga rahbarligi o‘zgarib, bevosita rahbarlikdan bavosita rahbarlikka o‘tadi, tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini rag‘batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali o‘yinlarni ham rejalashtiradi.
Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig‘ishtirish, yirtilgan kitoblarni ta’mirlash, qo‘g‘irchoq kiyimini yuvish, kichik bolalar uchun o‘yinchoqlar yasab berish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati rejalashtiriladi. Tarbiyachi shuningdek ko‘ngil ochar o‘yinlarni ham unutmaydi.
Bunga qo‘g‘irchoq, soya teatri, konsertlar, sport, musiqa va badiiy ko‘ngil ochish soatlari, musiqa eshitish va shunga o‘xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o‘qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini tomosha qilishni ham esdan chiqarmaydi. Kunning ikkinchi yarmida har kuni sayr o‘tkaziladi, uning mazmuniga harakatli va ijodiy o‘yinlar, mehnat faoliyati kiradi.
Buyumlarni, ijtimoiy hayot voqealari ni kuzatish. jon li obyekt bilan muloqotda bulish ham kalendar rejasidan o‘rin egal lashi kerak. Tarbiyachi bolalarning o‘zlari qiziqqan faoliyat bilan shug‘ ullanishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Reja kun davomida har bir bola mazmun!i, qiziqarli faol iyat bilan shug‘ullanadigan qilib tuzi lishi kerak.





Yüklə 6,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə