Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə18/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
kkkkk

Nazorat savollari


  1. Marshrutizatsiya deganda nimani tushunasiz ?

  2. Qanday turdagi marshrutizatsiya protokollarini bilasiz ?

  3. Qanday turdagi marshrutizatsiya algoritmlarini bilasiz. ?

  4. Eng qisqa marshrut tarmoqning qaysi ko`rsatkichlarini o‘z ichiga oladi?

  5. Marshrut metrikasi deganda nimani tushunasiz?

8 – LABORATORIYA ISHI.
IPV6 TEXNOLOGIYASI ASOSIDA STATIK MARSHRUTIZATSIYANI SOZLASH


Ishdan maqsad: Ma’lumot uzatish tarmoqlarida IPv6 texnologiyasi asosida statik marshrutizatsiya tamoyillarini amalga oshirish va ko`nikmaga ega bo’lish


Topshiriq

  • tarmoq topologiyasini 8.1 – jadval bo‘yicha o‘rganing ;

  • R1, R2 va R3 marshrutizatorlarining interfeyslarini sozlang va tekshiring;

  • statik marshrutlashni sozlang va tekshiring;

  • har bir marshrutizatorning marshrutizatsiya jadvalini o‘rganing.



Addressing Table
8.1 – jadval

Device

Interface

IPv6 Address / Prefix Length

Default Gateway

R0

fa0/1

ABCD1234:5678::11:2/126

N/A




fa0/0

ABCD1234:5678::12:1/126

N/A

R1

fa0/1

ABCD1234:5678::11:1/126

N/A




fa0/0

ABCD1234:5678::10:1/120

N/A

R2

fa0/1

ABCD1234:5678::20:1/120

N/A




fa0/0

ABCD1234:5678::12:2/126

N/A

Laptop0

NIC

ABCD1234:5678::10:2/120

ABCD1234:5678::10:1/120

Laptop1

NIC

ABCD1234:5678::20:2/120

ABCD1234:5678::20:1/120



Qisqacha nazariy ma’lumotlar

Statik marshrutizatsiya hozirgi kunda maxsus maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Statik va dinamik marshrutizatsiya ko‘pincha birgalikda ishlatiladi.


Statik marshrutizatsiya quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi:

  • kelgusida kengaytirish kutilmaydigan kichik tarmoqlarda, marshrutizatsiya jadvalini qulay sozlash uchun;

  • berk tarmoqni marshrutizatsiyasini ta’minlash uchun (berk tarmoq boshqa uzoqdagi tarmoqlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan);

  • bitta marshrutni doimiy ishlatishda (marshrutizatsiya jadvalidagi boshqa marshrutlarga to‘g‘ri kelmaydigan ixtiyoriy tarmoqqa yo‘lni ko‘rsatish uchun).

Statik marshrutizatsiya kichik tarmoqda ishlashda qiyinchiliklarga olib kelmaydi. Statik marshrutlar yangilanish to‘g‘risidagi xabarlarni jo‘natmaydi va katta hisoblash resurslarini talab qilmaydi.
Statik marshrutizatsiyani kamchiliklari:

  • statik marshrutizatsiyani katta tarmoqlarda ishlatish qiyinchiliklarga olib keladi;

  • statik marshrutlarni boshqarishni sozlash ko‘p vaqt talab qiladi;

  • kanalda uzulish bo‘lganda statik marshrut trafikni qayta marshrutlashni amalga oshirmaydi.




8.1 –rasm. IPv6 texnologiyasi asosidagi tarmoq topologiyasi



    1. Topologiyaga mos ravishda aloqa kabellarni ulang

    2. R1 marshrutizator uchun bazaviy ko`rsatkichlarni sozlang

  • qurilmaning nomini kiriting

  • shifrlangan parol sifatida imtiyoz rejimida class deb kiriting

  • konsol va VTY virtal terminal uchun cisco deb kiriting va aktivlashtiring

  • fa0/0 va fa0/1 interfeyslarda manzillashni kiriting va ikkala interfeysni yoqing

    1. Laptop0 kompyuterlarda bazaviy ko`rsatkichlarni sozlang

PC kompyuterlarda va qurilmalarda IPv6 manzil va shlyuzlarni sozlang
(8.2 - rasm).

8.2 – rasm. Laptop0 kompyuterlarda IPv6 manzilini sozlash oynasi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə