Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
konstitutsiya uz

 
56-modda. 
Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar inson huquqlari
va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini 
toʻldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini 
yuksaltirishga koʻmaklashadi. 
Davlat inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish 
uchun shart-sharoitlar yaratadi. 
 
57-modda. 
Mehnatga layoqatsiz va yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar 
hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari 
davlat himoyasidadir. 
Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush 
sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun 
ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini 
mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 
choralarni koʻradi. 
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
sohalar obyektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-
sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashadi, 
ularga zarur boʻlgan axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlaydi. 


14 
58-modda. 
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. 
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini 
boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng 
huquq va imkoniyatlarni taʼminlaydi. 
XI bob. Fuqarolarning burchlari 
59-modda. 
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan burchlarini 
bajaradilar.
 
60-modda. 
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning 
huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. 
61-modda. 
Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy
va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart. 
Tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi. 

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə