|
Kosonsoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli
|
tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 3,9 Kb. | | #182966 |
| xon atlas
Kosonsoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli
29-maktabgacha ta’lim tashkilotida
o’tkazilgan “XON ATLAS” festivali
YOZMA AXBOROT
Kosonsoy tumani 29-maktabgacha ta’lim tashkilotida milliyligimiz ramzi bo’lgan “xon atlas” festivali o’tkazildi. Festivalda milliyligimiz ramzi bolgan atlas shoyi adrasdan barcha xodimlar, tarbiyalanuvchilar ko’ylak, nimchalar kiyishdi. Festival davomiyligida milliy taomlarimizdan palov “osh” tayyorlandi. Kun bo’yi tashkilotimizda milliy kiyimda tarbiyachiyu tarbiyalanuvchilarning yurishi tashkilotimizga o’zgacha ko’rk bag’ishladi. Hattoki mashg’ulotlarni ham milliy kiyimda o’tilishi bu yangilik sifatida bolajonlar uchun ham qiziq bo’ldi. Mtt faoliyatida mana shunday noodatiy yangiliklar o’tkazilishi bolajonlar va qolgan xodimlar uchun qiziq va maroqli bo’lar ekan, mana shunday festivallarni ko’paytirish tarafdori ekanliglarini aytishdi. Albatta har bir muassasada faqatgina bir xil eskirgan metodlardan emas yangi zamonaviy noodatiy metodlardan foydalanish tashkilotga tarbiyalanuvchilarni qiziqishini yanada oshiradi va ko’proq qiziqish uyg’otadi.
DMTT uslubchisi: D.Qoraboyeva
Dostları ilə paylaş: |
|
|