vazifasini bajaradi, ular qisqarish va cho`zilish xususiyatiga ega (muskul
to`qimalari faqat nerv tolalari ta`sirida qisqaradi, harakatlanadi). Ushbu to`qima
asosan mezodermadan, ba`zi organlarda esa entodermadan rivojlanadi.
g) nerv to`qimasining
rivojlanishi kovakichlilardan boshlanadi va yuqori
darajada
rivojlangan
ko`p
hujayralilarda
takomillashib
boradi.
Tuban
kovakichlilarda (gidralarda) u yulduzsimon nerv hujayralardan tashkil topgan va
tarqoq joylashgan, ya`ni markazlashmagan shu sababli ularda ta`sirot juda sekin
tarqaladi, ssifomeduzalar va aktiniyalarda esa tarqoq nerv hujayralari bilan birga
nerv tugunchalari rivojlanadi. Chuvalchanglarda markazlashgan nerv tugunlari,
bo`g`imoyoqlilardan boshlab miya vujudga keladi. Nerv to`qimasining hujayrasi
(neyronlar) yuqori darajada differensiallashgan va murakkablashganligi bilan
boshqa to`qima hujayralaridan farq qiladi. Yuqori darajada tashkil topgan
organizmlarda nerv to`qimaning miyada joylashgan neyronlari bosh, ya`ni
markaziy nerv sistemani, ichki organlarda joylashganlari esa periferik (chetki)
nerv sistemani tashkil etadi.
Har bir ko`p hujayrali organizm bir necha organlar va organlar sistemasidan
tashkil topgan. Tananing ma`lum bir vazifani bajaruvchi qismi
organ
deb
yuritiladi. Har bir organ o`z navbatida bir necha xil to`qimalardan tarkib topgan.
Aniq bir yo’nalishdagi vazifani bajarishga moslashgan organlar yig`masi
Dostları ilə paylaş: