Kurs ishi topshirdi: Rahimov Asliddin Qabul qiladi: Qo’shayev t termiz – 2022 Mavzu


Korxonaning to‘lov layoqati ko‘rsatkichlari va



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə6/8
tarix22.02.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#101293
1   2   3   4   5   6   7   8
Asliddin Valyuta

3.Korxonaning to‘lov layoqati ko‘rsatkichlari va
ularni hisoblash tartibi

Ishchi kapitali likvid rezervlari hisoblanib, kutilmagan hollarda
vujudga keladigan pul tushumlari va qarz majburiyatlari o‘rtasidagi
uzilishlar tufayli vujudga keladigan xarajatlarni qoplashga sarflanadi.
Sof ishchi kapitali sof aktivning bir qismi, bank-kreditorlar uchun bank
kreditini korxona qaytara olmagan hollarda undan garov sifatida
foydalanadilar.
Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etishda qisqa muddatga to‘lov
qobiliyati va uzoq muddatga to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari ham
o‘rganiladi. Shunga ko‘ra qisqa muddatli to‘lov qobiliyati quyidagicha
aniqlanadi:
= > Pul mabalag‘lari + Qisqa mud. qim. qog‘ozlar
Qaytarish mud. yetgan kreditor qarzlar
Uzoq muddatli to‘lov qobiliyati esa:
=> Oborot aktivlar = 125152 = 3,4
Majburiyatlar 35772
Demak, korxona yuqori to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan. Bu korxona
faoliyati uchun ijobiy holat hisoblanadi.
Korxonaning mavjud pul mablag‘lari doim to‘lov majburiyatlarini
qaytarishga tayyor bo‘lgan manba bo‘lganligi uchun hamda qimmatli
qog‘ozlar ham shu maqsadga ishlatilishi mumkinligini hisobga olib,
to‘lov qobiliyatini belgilovchi koeffitsiyent hisoblaniladi, shuningdek,
turli aylanma mablag‘larning pul shakllariga o‘tish muddati har xilligi
e’tiborga olinganda, tayyor mahsulot zaxiralari tugallanmagan ishlab
chiqarish xarajatlar va yarimfabrikatlarning pulga aylantirish tezligini
o‘rganish zurur. Bundan tashqari to‘lov qobiliyatining o‘zgarishida debitorlik qarzlarining pulga aylanish tezligi, bankdagi to‘lov hujjatlarini o‘z
vaqtida rasmiylashtirilishi va ularning tez harakat qilishiga bog‘liqdir.
Agarda, debitor, mablag‘larni qarz majburiyatlarini uzishga yo‘naltirilsa,
oraliq to‘lov qarzlarini qoplashlik koeffiitsiyenti ko‘rsatkichi hisoblanadi, demak, korxona qisqa muddatli to‘lov majburiyatlarini qoplashga
o‘zining barcha aylanma mablag‘larini, ya’ni zaxiralar, pul mablag‘lari,
hisob-kitoblar va boshqa aktivlarini jalb etishi lozim bo‘ladi.
Kelgusi yilda korxonaning to‘lov qobiliyatida yuz berishi mumkin
bo‘lgan o‘zgarishlarni bilish uchun mahsulotlar sotishdan keladigan
tushum hajmini tahlil qilish lozim. Jami tushum hisobiga sarflangan
xarajatlar qoplanadi, majburiy to‘lovlar bajariladi va ehtiyot
rivojlantirish jamg‘armalari yaratiladi. Sof tushum bevosita korxona
oborotida qatnashadi, bunga asosiy vosita eskirishi va sof foyda kiradi.
Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil qilishda sof tushum
koeffitsiyentini hisoblash muhimdir, bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə