|
Linguocultural features of some phrases used in "satan"Oriental Journal of Social SciencesOriental Journal of Social Sciences
ISSN: 2181-2829
www.supportscience.uz/index.php/ojss
202
U tubsizlik sari uchdi. Nafasi qaytdi. Onasi “ baxtsizlikka uchrasang” “la ilaha illolloh”,
deb aytgin” degan edi. Bu oʻgitni qariyb unutgan ham edi. Hozir, yuragi qinidan chiqayozgan
holda qorongʻi boʻshliq sari uchib borayotganda shu soʻzlarni esladi
Keltirilgan ibora ham xalqimiz tomonidan koʻp foydalaniladi. U asosan ikki holat yuzaga
kelganida ishlatiladi:1) qoʻrquv yuzaga kelganida; 2) shodlangan paytda;
Bu yerda birinchi holatni kuzatdik. Zohid ham qulab tushayotganidan, ham umri davomida
unutib qoʻygani Ollohning yordamga kelgani (muborak soʻzlarni eslatganidan)dan, u bilan
yuzma yuz boʻlish ehtimolidan qoʻrquvga tushdi. Goʻyoki tanasidagi urib turgan yuragi joyidan
chiqib ketayotgandek tuyuladi.
Bundan tashqari asarda qahramonlar tilidan keltirilgan “Qoʻy oʻgzidan choʻp olmagan”
iborasi – nihoyat darajada beozor, moʻmin “fe’l-atvorni bildiruvchi frazema boʻlib, yuvosh,
xushfe’l insonlarga nisbatan ishlatiladi. Bu frazemaning ham lingvokulturologik ahamiyati
mavjud. Bunda ham shaklan, ham mazmunan xalqimiz madaniyati va ma’naviyatiga xos belgilar
mavjud.Xalqimiz turmush tarzida azaldan chorvadorlik ishi muhim oʻrin tutgan. Iborada aynan
yuvosh jonivor qoʻy obrazining keltirilganligi ham mana shu omilga bogʻliq. Choʻp obrazi ham
xalq ogʻzaki ijodi namunalarida juda koʻp uchraydigan predmet sanaladi. Yoki “Terisiga somon
tiqqan” iborasi ham azaldan dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan xalqimizning
turmush tarziga bevosita xosdir. Qattiq azoblamoq, qiynamoq ma’nosida qoʻllanuvchi bu iborada
aynan somon detalining ishtirok etishi iboraning xalqchil ruhini namoyon qiladi. Shu bilan birga
“Ogʻziga tolqon solmoq” – mutlaqo gapirmaslik, “Toʻydan oldin nogʻora chalmoq” –
bajarilmagan holat yoki harakatni ovoza qilmoq, “Chuchvarani xom sanamoq” – xato oʻylamoq,
“Kindigi kesilgan” – tugʻilgan, “Kindik qoni tomgan” – tugʻilgan, “Ikki dunyoda ham” – hech
qachon, “Izzat nafsiga tegmoq” – kamsitadigan soʻz aytmoq, “Toʻnini teskari kiymoq” – fikridan
qaytmoq, “Zuvalasi pishiq” – a’zoyi badani chiniqqan kabi frazemalar ham keng qoʻllangan va
ular qahramon xarakteri bilan birga oʻzida mentalitetimizga aloqadorlikni ham tashiydi. Bunday
iboralarng ba’zilari tarkibidagi soʻzlari bilan, ba’zilari anglatayotgan ma’nosi bilan
lingvokulturologik xususiyatga ega boʻlgan frazemalarga yaqqol misol boʻladi. Bular tarkibidagi
soʻz va uning ma’nosi jihatidan ham aynan xalqimiz madaniyati va turmush tarziga xos, xalqchil
bir tushunchalarni oʻzida ifodalagan. Bunday iboralar tilimizda juda koʻplab uchraganligi holida,
ularni ogʻzaki va yozma qoʻllanishi nutqning jozibasini boʻyoqdor va obrazliligini ta’min etadi.
Iboralar koʻpincha soʻzlashuv uslubi va badiiy uslubga xos boʻlib, kinoya va qochiriqlarga boy
boʻladi. Koʻchma ma’noda keluvchi bu birliklarda yuqorida ta’kidlaganimizdek, oʻzi tegishli
boʻlgan til birliklariga oid xususiyatlar madaniy jihatdan koʻrinib turadi. Iboralar nafaqat xalq
jonli tilida ishlatiladi, balki badiiy asarlarda ham muallif va qahramonlar tilidan qoʻllaniladi. Bu
|
|
|