Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
madaniyatshunoslik


partiyadan o‘chirildilar. 
Hukmron  mafkura  o‘zbek  qo‘shiqchilik  san’atida  milliy  ruhni  yo‘q  qilishga 
urinsada, u urushdan keyingi yillarda o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlandi. 1951 yili 8 
aprelda  respublika  hukumati  tomonidan  qabul  qilingan  «O‘zbekistonda  musiqa 
san’atining  ahvoli  va  uni  yanada  rivojlantirish  to‘g‘risida»gi  qarori  o‘zbek  
qo‘shiqchilik san’atining   rivojida muhim o‘rin tutdi. 
 Markazning  mamlakat  miqyosida  sodir  bo‘layotgan  tushkunlik  holatidan 
xalqni  chalg‘itish  maqsadida  vaziyatni  “oqartirib”,  “bo‘yab”  ko‘rsatish  taktikasi 
tanglik  holatini  bartaraf  eta  olmadi.  Turg‘unlik  yillarida  siyosiy  aqidaparastlikka 
e’tibor yanada kuchaydi. Bu hol, ayniqsa, davlat va jamoat arbobi, yozuvchi, O‘zR 
KP MQning birinchi kotibi SHarof Rashidov vafoti (1983 y. 6 ok-tyabr)dan so‘ng 
siyosiy  hokimiyatni  egallagan  I.Usmonxo‘jaev  ma’muriyati  davrida  yaqqol 
namoyon  bo‘ldi.  Respublikaning  yangi  rahbariyati,  asosan,  Markazning 
“ko‘rsatmasi” bilan ish tutib, uning topshiriqlarini so‘zsiz bajarish bilan mashg‘ul 
bo‘ldi.  Bu  davrda  namoz  o‘qish,  islom  farzlariga  rioya  qilish,  “Qurbon”  va 
”Ro‘za”  hayitlari,  ”Navro‘z”  bayramlari  “eskilik  qoldiqlari”  sifatida  qoralandi. 
Kommunistik mafkura o‘z g‘oyalarini singdirish uchun barcha usul va vositalardan 
foydalansada,  biroq  ular  xalqning  qalbidan  joy  ololmadi.  SHunday  vaziyatda, 
“paxta  ishi”,  “o‘zbeklar  ishi”  degan  bahonalar  o‘ylab  topildi.  Natijada,  80  -


 
 
 
90 
yillarning  o‘rtalarida  O‘zbekistonda  qonunga  xilof  ravishda  yashirin  qatag‘onlik 
harakatlari yanada kuchaydi. 
80-yillarning  o‘rtalaridan  boshlangan  «qayta  qurish»  madaniyat  sohasini  ham 
qamrab  oldi.    «Qayta  qurish»ning  maqsadi    «ko‘zga  tashlanib»  turgan  ayrim 
«qusurlar»ni  engil  ta’mirlashdan  iborat  edi.  Bu  davr  ijtimoiy-gumanitar  fanlar 
uchun uyg‘onish va hurfikrlilik davri bo‘ldi. Tarix, falsafa, ayniqsa Vatan tarixini 
o‘rganish, uning uslubiyatiga, «oq dog‘lar»iga doir masalalar atroflicha muhokama 
etila boshladi.  Biroq,  mustabid tuzum  milliy  o‘zlikni  anglashga  tish-tirnog‘i bilan 
qarshilik  ko‘rsatar,  jamiyatdagi  mavjud  ziddiyatlar,  nuqsonlar,  illatlar  sovet 
tuzumi,  kommunistik  mafkura  mahsuloti  ekanligini  yashirishga  urinar  edilar. 
SHunga  qaramasdan,  o‘zbek  ziyolilarining  sa’y-harakatlari  bilan  milliy-madaniy 
merosni tiklash,  tarixiy  yodgorliklarni  saqlash,  olib  chiqib  ketilgan  yodgorliklarni 
qaytarish  asosiy  vazifalardan  biriga  aylandi.  SHu  asosda  O‘zbekistonda  «Meros» 
dasturi  amalga  oshirila  boshlandi.  Bu  davrda  ziyolilar  sovet  jamiyati  hayotini, 
mamlakatimizda sodir  bo‘lgan voqealarni  tahlil qilish imkoniga ega bo‘ldilar.  
80-yillarda  O‘zbekiston  teatr  san’atida  «real  hayotga»  murojaat  qilish  hollari 
ko‘rina  boshladi.  M.Boboev,  SHukrillo,  SH.Boshbekov  asarlarida  ma’muriy-
buyruqbozlik  davrida  respublikada  paydo  bo‘lgan  muammolar  tanqid  qilindi. 
Ayniqsa  SH.Boshbekovning  «Temir  xotin»  asarida  muhim  ijtimoiy  masalalar 
ustida fikr yuritiladi.  
Teatr  san’atida  buhronni  yuzaga  keltirgan  sabablardan  yana  biri  madaniyatda 
milliylik  va  baynalmilallik  nisbatining  buzilishi  edi.  Masalan  Muqimiy  nomli 
o‘zbek davlat musiqali drama teatrida an’anaviy asarlar o‘rniga «Xotinimning eri», 
«Poltavalik Natalka», «YOlg‘onchi darkor» kabi tarjima asarlari paydo bo‘lgan. 
«Qayta  qurish»    madaniy-ma’rifiy  muassasalarning  moddiy-texnika  bazasiga 
ham  salbiy  ta’sir  ko‘rsatdi.  Masalan,  1985-90  –yillarda  respublikada  madaniyat 
maskanlarining  soni  55  taga,  kutubxonalar  soni  93  taga  kamaygan.  1989  yilda 
O‘zbekistonda  madaniy-ma’rifiy  maqsadlar  uchun  aholi  jon  boshiga  3,6  so‘m 
mablag‘ ajratilgan, xolos. Bu ittifoq darajasidagi eng past ko‘rsatgich edi. 
Umuman olganda, «qayta qurish» o‘zbek milliy madaniyatidagi muammolarni 
hal eta olmadi, aksincha, ularni yanada keskinlashtirib yubordi.   
 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə