Мактабга тайёрлов гурущида йил давомида ытказиладиган математика маш\улотларининг та=симланиши


Tarbiyachi  5  sonini  ko’rsatib  so ’raydi:  Mana bu  qaysi  son  ekan?



Yüklə 214,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix25.03.2022
ölçüsü214,94 Kb.
#84728
1   2   3   4
Elementar matematika o\'rta guruh

Tarbiyachi  5  sonini  ko’rsatib  so ’raydi:  Mana bu  qaysi  son  ekan?

Bolalarning j avobi.

B olalar  bilim ini m ustahkam lash  uchun  toprshiriq va savollar:

1.  Matiz  avtomobilining nechta g ’ildiragi  bor?

2.  4  sonidan  oldin va keyin  qaysi  sonlar turadi?

3.  4  soniga nechani  qo’shsak  5  soni  hosil b o’ladi?

4.  Bitta qo’ lingda nechta barmoq bor?

5.  5  soni  ichida nechta bir bor?

Faoliyat yakuni:

Tarbiyachi:-Bolajonlar,  bugun  men  sizlardan juda xursand  b o’ldim,  hammangiz  sanashni juda yaxshi

 

o ’rganib  oldingiz,  rasmlarni  ham  rang-barang  qilib,  chiroyli  chizdingiz.

5



Fazoviy tasavvur

Mavzu:  N arsalarni o’ng qo’l bilan chapdan o’ngga terish ko’nikmasini

mustahkam lash 

M aqsad:


•  Bolalarga o’ng va chapni farqlashni o’rgatish.

•  Narsalarni o’ng qo’l bilan chapdan o’ngga terish ko’nikmasini mustahkamlash.

Kutilayotgan natijalar:

•  Bolalar o’ng va chapni farqlash malakasini egallaydilar.

•  Narsalarni o’ng qo’l bilan chapdan o’ngga terish ko’nikmasi mustahkamlanadi.

Kerakli jihozlar:

•  Mevalar mulyaji.

•  Yo’lli kartochkalar.

•  Mayda doira, uchburchak shakllari.

Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi:  Bolajonlar,  biz  har  doim  biror  bir  ish  qilsak  yoki  ovqat  emoqchi  bo’lsak, 

qaysi  qo’limizni  ishlatamiz.  To’g’ri,  o’ng  qo’limizni  ishlatamiz.  O’ng  qo’limiz  harakat 

qilish uchun qulay.  Shuning uchun o’ng qo’lda bajarilgan ish yaxshi, chiroyli bo’ladi.

Xalqimizda “Ishing o’ngidan kelsin” degan ibora bor. Bu gap bekorga aytilmagan. 

Demak,  bugungi  Faoliyatimizda  chap  qo’limiz  qimirlamay  dam  olib  turadi.  Faqat  o’ng 

qo’limiz ish bajaradi.  Hammamiz chap  qo’limizni  chap tizzamiz ustiga qo’yamiz.  Mana 

men  hozir  o’ng  qo’lim  bilan  mevalarni  (mulyaj  ko’rinishida)  1  qator  qilib  terib 

chiqaman.  Ishni  o’ng  qo’lda  bajaramiz,  lekin  bajaradigan  ishimizni  chap  tomondan 

boshlaymiz.  Daftarga yozmoqchi bo’lsak yoki kitob o’qimoqchi bo’lsak,  chap tomondan 

boshlash  kerak  bo’lganidek,  narsalarni  ham  chapdan  o’ngga  qarab  terib  chiqamiz. 

Tarbiyachi  mevalarni  chapdan  o’ngga  qarab  terib  chiqadi.  Qanday  mevalar,  ranglari 

qanday ekanligi  so’raladi.

Bolalar uchun  amaliy ish.

6



Tarbiyachi  bolalarga  o’ng  qo’llarini  yuqoriga  ko’tarishlarini  aytadi.  Bolalar  o’ng 

qo’llarini  ko’targanlaridan  so’ng  havoda  qo’llarini  chapdan  o’ngga  qarab  xuddi  chiziq 

chizganday harakat qilishlarini  aytadi.  So’ngra oldilariga qo’yilgan yo’lli kartochkaning 

birinchi  qatoriga  chapdan o’ngga qarab  5 ta doira shakli terishlarini  aytadi.  Bolalar ishi 

kuzatiladi va ulardan  “qaysi qo’l bilan qanday ish bajardingiz”,  deb so’rab chiqiladi.

Tarbiyachi  bolalarga  yana  ikkinchi  qatorga  ham  uchburchak  shakllarini  terib 

chiqishlarini  aytadi.  Bolalar  yonidagi  bolalarning  ishni  to’g’ri  bajargan  yoki 

bajarmaganligini  tahlil  qilib  beradilar.  Tahlil  qilish  davomida  ko’proq  “o’ng”,  “chap” 

so’zlarini talaffuz qilishlariga  e’tibor beriladi.

Bilimlarni  mustahkamlash  uchun o’yin:  “Kim tez”.

O’yinni  tashkil  etish:  bolalar  2  qator  bo’lib  turadilar.  Har  bir  qatorning  oldida 

savatchada 5  ta kubik.  Bolalardan  5  metr uzoqlikda  1  donadan 2 ta kubik 3  metr masofa 

oralig’ida yonma -yon qo’yiladi.

O ’yin  mazmuni:  Bolalar  ikki  guruhga  bo’linadi.  Har  ikki  guruhdagi  birinchi  bola 

oldidagi  kubikdan  bir  donadan  oladi  va  tarbiyachining  ishorasi  bilan  yugurib  5  metr 

masofa  uzoqlikdagi  kubikning  o’ng  tomoniga  qo’yib 

qaytadi 

va  kelib  qatordagi 

ikkinchi bolaning o’ng qo’liga o’zining o’ng qo’lini tekkizadi. Ikkinchi bola kubikni olib 

yugurib  ketadi.  O’yin  shu  tarzda  davom  etadi.  Kubik  olib  yugurgan  bolalar  qo’lidagi 

kubiklarni adashmay chapdan o’ngga qarab terishlari kerak.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkam lash uchun savollar :

1.  O’rtog’ingiz 

siz  bilan  qarama-qarshi  turibdi,  uning  o’ng  qo’li  sizning  qaysi 

tomoningizda turibdi?

2.  Chap tomoningizda o’tirgan o’rtog’ingizning ismini  ayting.

3.  O’ng tomoningizda o’tirgan o’rtog’ingizning ismini ayting.

Faoliyat yakunida hamma bolalarni rag’batlantirish.

7



Elementar matematika kitobini

O‘rta guruhlar uchun Lotin alifbosida

 

to‘liq holida olish uchun murojaat qiling:

 

Kitob narxi:  20 ming so’m

Biz bilan bog‘lanish:

ifi f e  

Telegram kanalimiz:

Kanal @maktabgacha_TT 

yoki


Admin 

@hujjatlbot

Admin

^

 

о 

^

Shokirjon 

91

-

397

-

77-37

To‘lov uchun:  UZCARD  *880*8600 0609 4180 8876*summa#

HUMO  *880*9860 0803 8650 5368*summa#

DIQQAT!!!

Sizga buni omonat qilib beramiz. 

Faqat o‘zingiz uchun 

foydalaning.

Kanal va gruppalarga 

tarqatmang.

Printerda chiqarib sotish mumkin 



emas.

Mualliflik huquqi  himoyalangan



Yüklə 214,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə