Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Sanoq va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanish



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə8/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Sanoq va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanish ham shu savollarga to‘g‘ri javoblar topish, didaktik va qurish – yasash o‘yinlari davomida sanoq va tartib sonlarni qo‘llash orqali rivojlantiriladi. Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida), buyumlarni va geometrik figuralarni har xil alomatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishni, o‘yinchoqlar, figuralar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov guruhlarida «qancha» so‘zi bilan savollar o‘ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek, «Qo‘shnilaringni top», «Men qaysi sonni o‘tkazib yubordim?», «Kim ko‘p bilsa, u uzoq sanaydi» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi. Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki doskaga chiqarilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga ko‘rinib turishi muhim.
Turli miqdordagi 10 tagacha bo‘lgan narsalarni eni, bo‘yi, balandligi, qalinligi, o‘lchami va ular orasidagi munosabatlarni hisobga olgan holda ortib borishi yoki kamayib borishi tartibida joylashtirib taqqoslash 4-5 yoshda bolalar bo‘shliqda yo‘nalish olishni biladi (oldinda, orqada, tepada, pastda, yaqin, uzoq), butun va uning qismlari tushunchasini tushunadi. Bu ko‘nikmalar stol bosma o‘yinlari, qurish-yasashga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar, didaktik materiallar, tarbiyachi o‘z nutqida matematik tushunchalarni qo‘llashi davomida shakllanib boradi.
Kattalik tushunchasi asosan, taqqoslash asosida amalga oshadi. Kattalik, shuningdek, o‘zgaruvchanlik bilan ham xarakterlanadi. V.V.Davidov shunday deydi: “o‘lchamlar ob’ektlarning shunday xolatiki, u ma’lum chegaragacha o‘zgara borib, alohida ob’ektni o‘zgartirsa ham, ammo uning tur va boshlang‘ich sifatini o‘zgartirmaydi”4
Rus matematik metodisti D.Galanin “kattalik” tushunchasining ma’nosini bunday izohlaydi: “kattalik” deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo‘yicha buyumlarni bir-biri bilan taqqoslaymiz. Bu xususiyat har xil buyumlarda har xil bo‘ladi.5
Bolalar narsa va buyumlarni bir-biriga nisbatan munosabatini aniqlaydilar. Ular bir jismning ikkinchisiga nisbatan o‘lchamlari, katta yoki kichikligini analiz qiladilar. Tarbiyachi va ota-onalar tomonidan olib boriladigan savol-javoblar, suhbatlar davomida bu tushunchalar mustahkamlanadi.

Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə