Tаyanch ibоrаlаr:
хo‘jalik hisobi,
hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar, natura tabiiy o‘lchovi,
mehnat o‘lchovi, pul o‘lchovi, operativ (operativ – texnika yoki tezkor hisob) hisob, statistik hisob,
buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan
foydalanuvchilar, buxgalteriya hisobi subyektlari va obyektlari, buxgalteriya hisobining asosiy
tamoyillari, hisob yuritish siyosati.
1.1. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha va unga qo‘yiladigan talablar
Bozor sharoitida buxgalteriya hisobi iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, uning nazariyasi
buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini o‘rgatadi. Bu fan xalq xo‘jaligi
tarmoqlarida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o‘rganib, umumlashtirib, uning ilg‘or
usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. Hisob – kitob ta’minot mahsulot ishlab chiqarish, sotish
jarayoni va taqsimot jarayonida boshqarish, tashkil qilish va rahbarlik qilish uchun zarur.
«Buxgalteriya hisobi» o‘zining ko‘p yillik tarixiga ega. Hisob kishilik jamiyatining barcha
ijtimoiy – iqtisodiy bosqichlarida mavjud bo‘lgan. Lekin u o‘zining mazmuni, mohiyati, ahamiyati,
vazifalari, texnikasi, shakllari bilan turli bosqichlarda bir – biridan farq qilgan bo‘lib, o‘sha
bosqichning ishlab chiqarish usuli bilan belgilangan va shu bosqichning xususiyatidan kelib o‘sha
bosqichga xizmat qilgan. Har bir taraqqiyot bosqichida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish
jarayonida mehnat qurollari, mehnat buyumlarini va jarayonlarini hisobga olishda hisob – kitobdan
foydalanilgan.
Tovar ayirboshlash davrida hisobga bo‘lgan talab yanada kuchaydi. Chunki tovar
almashtirishda umumiy ekvivalent bo‘lishini talab qilardi. Bu jarayonda har bir ishlab chiqarilgan
tovarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini bilish talab qilinardi. Bu vazifani faqat hisob –
kitob qilish yo‘li bajarilardi. Shu tariqa jamiyat taraqqiyotida hisobning roli oshib, uning vazifalari
kengayib takomillashib borgan. Jamiyatda hisob asosan qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi.
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatida ro‘y berayotgan jarayonlarni kuzatib
borish;
-
kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash;
-
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd qilish;
10
-
maxsus hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik operasiyalarini umumlashtirish va guruhlash;
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayoni va operasiyalari ustidan nazorat olib
borish va unga ta’sir etish.
Ushbu hisob funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar va butun xalq xo‘jaligining iqtisodiy
jihatdan asoslangan joriy va istiqbol rejalarini tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Xullas, hisob kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini miqdoriy aks ettirish va unga
sifat jihatdan tavsifnoma berishdan iboratdir.
Bu tizim buxgalteriya hisobining asosi bo‘lib qoldi. «Buxgalteriya» nomi ancha keyin, ya’ni
18–asrda kirib keldi. Bu so‘z nemis tilidan «bux» - kitob, «galter»-ushlash so‘zlaridan kelib
chiqqan. Pacholining ikkinchi dunyoga mashhur bo‘lgan «Hisobot va yozuv haqidagi traktati» da
ikkinchi o‘rinda «ikkilamchi yozuv» yoki ikki yoqlama yozuv haqida tushuncha berilgan. Hisob
jarayoni dastlab juda sodda tashkil qilingan bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti bilan asta–sekin rivojlanib,
takomillashib, amal qilish doirasi kengayib borgan.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi turli tarkibiy qismlarga ajratilgan holda maxsus fanlar
sifatida barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitiladi. Chunonchi, yaxlit buxgalteriya
hisobini o‘rgatishga mo‘ljallangan maxsus fanlar bo‘lib «Buxgalteriya hisobi nazariyasi»,
«Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Byudjet hisobi», «Banklarda buxgalteriya hisobi»,
«Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» kabi fanlar hisoblanadi.
Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik muomalalarini hisobga
olish, xo‘jalik mablag‘larining miqdorini, bajarilgan ishlarning hajmini va boshqa ko‘rsatkichlarni
faqatgina kuzatish orqali aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bu
jarayon, xodisa va xo‘jalik muomalalarini hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan
tavsifnoma berish kerak. Shu maqsadda hisobda natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari, funksiyalari va uning oldiga qo‘yiladigan
talablar
Boshqa fanlar qatori buxgalteriya hisobining ham o‘z maqsadi va vazifalari mavjud.
Buxgalteriya hisobining maqsadi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonunda ta’kidlanganidek
foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya aaxboroti bilan
ta’minlashdir. Har qanday boshqaruv tizimi axborot bilan ta’minlash tizimiga ehtiyoj sezadi.
Axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish va qayta ishlash vositalaridan biri buxgalteriya hisobidir.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat:
-
buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarni holati va harakati, mulkiy huquqlar va
majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
11
-
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
-
moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish.
Buxgalteriya hisobining qo‘yidagi asosiy funksiyalari mavjud.
-
rejali;
-
nazorat;
-
axborot;
-
tahliliy funksiya;
-
hisob.
Rejali funksiya
rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy mablag‘larga
ehtiyojni hisoblash tahliliy daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish va
maqsadga erishishni samarali yo‘llarini izlashdan iborat.
Nazorat funksiyasi
– ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni haqiqatda bajarilishni
biznes – rejaga hatti harakatlarni qanchalik muvofiqligini aniqlash jarayonidir.
Axborot funksiyasi
– korxona rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarni moliyaviy
axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi bilan ta’minlashdan iborat. Bu axborotlar ichida
mehnat va uning unumdorligi, fondlarning miqdoriy va sifat jihatdan o‘sishi, korxonaning ishlab
chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, daromadlilik va to‘lovga qobillik, ishlab chiqarish
xarajatlari va ishlab chiqarish dasturini bajarilishi kabilar asosiylaridir.
Tahliliy funksiya
korxonaning moliyaviy – iqtisodiy holatini, uni yaxshilash maqsadida qaror
qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash va tahlil qilish
jarayonidir. Tahlil asosida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqiladi va bundan
keyingi mo‘ljallangan maqsadlarga erishish strategiya va taktikasi ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobining
hisob funksiyasi
korxona xo‘jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi
yalpi uzluksiz, o‘zaro bog‘langan ifodasidir.
Hisobning yuqoridagi vazifa va funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarilishida uning oldiga bir
qancha talablar qo‘yiladi. Bu talablarga reja ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash
mumkinligi, ularning aniqligi va to‘g‘riligi, to‘laligi va o‘z vaqtida bajarilishi, ravshan va
hammabopligi, rejaliligi va arzonligi kabi talablari kiradi.
Reja ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi
shartnomadagi reja
topshiriqlarining bajarilishini tekshirishga imkon beradi. Chunki, bu ma’lumotlar bir xil bo‘lmasa,
ularni solishtirish imkoni bo‘lmaydi. Masalan, rejadagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (navi, turi,
bahosi, miqdori, vaqti va shu kabi) hisobdagi xuddi shu moddalari bo‘lmasa, bu moddalarni bir
biriga umuman taqqoslash, ularning farqlarini sabablarini aniqlab bo‘lmaydi.
Hisob ma’lumotlarining aniqligi va to‘g‘riligiga
sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari
qanday bo‘lsa shundayligiga aks ettiriladi. Hisob ma’lumotlarining to‘g‘ri ko‘rsatilishi buxgalteriya
12
hisobi to‘g‘risidagi qonun bilan muhofaza qilinadi. («Buxgalteriya hisobi to‘g‘rsida»gi qonun 6 -
modda).
Hisob ma’lumotlarining to‘laligi va o‘z vaqtida bajarilishi
hisob xo‘jalik jarayonining hamma
tomonini egallashi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi kerak. Ma’lumotlar qat’iy o‘rnatilgan
muddatda berilishi kerak. Qachonki hisob o‘z vaqtida va to‘liq olib borilsagina, xo‘jalik yurituvchi
subyekt faoliyatiga to‘g‘ri rahbarlik qilish, kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, yashirin zahiralarni
qidirib topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hisobning ravshan va hammabopligi
. Hisob ma’lumotlari faqat hisob xodimlarigagina
tushunarli bo‘lib qolmay, balki butun mehnatkash ommaga tushunarli bo‘lishi kerak. Buning uchun
hisob ko‘rsatkichlari sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Ravshan va hammabop tarzda olib borilgan
hisob subyektni ta’sis etuvchisi va qatnashuvchilarini ishlab chiqarishni boshqarishga keng jalb
qiladi.
Hisobning rejaligi va arzonligi
. Hisobni rejaligi olib borish va arzonga tushirish uchun hisob
apparatini qisqartirish, hisob ishlarini to‘la avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, zamonaviy hisob
shakllari va buxgalterning avtomatlashtirilgan ish joylarini qo‘llash, hisob xodimlarining sonini
kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirib, markazlashgan ish joylarini tashkil etish kerak.
1.2.
Xo‘jalik hisobining turlari
Xo‘jalik faoliyati juda murakkab ko‘p qirralidir. Bunday sharoitda xo‘jalik yurituvchi
subyektlarda va butun xalq xo‘jaligida ro‘y beradigan turlicha xo‘jalik faoliyatlari va muomalalarini
qamrab oladigan, halq xo‘jaligiga rahbarlik va uni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bilan
ta’minlay oladigan hisobning yagona tizimi talab qilinadi. Hisobning bu tizimiga operativ texnika
hisobi, buxgalteriya hisobi va statistik hisoblar kiradi. Bu uchala hisob turi birgalikda
halq xo‘jaligi
hisobi
deb ataladi. Bu uchta hisobning har biri o‘z aniq obyekti, vazifalari va xususiyatlariga ega.
Operativ (operativ – texnika yoki tezkor hisob
) hisob ma’lum xo‘jalik jarayoni va
operasiyalari haqidagi ma’lumotlarni ular yuz bergan joyning o‘zida kechiktirmay tezda yetkazib
berish, joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishda bu hisob
yordamida reja ko‘rsatkichlari haqiqatda erishilgan ko‘rsatkichlar bilan son va sifat jihatdan
solishtiriladi.
Operativ(tezkor) hisobning xususiyatlaridan biri shundaki, uning yordamida xo‘jalikning
hamma tomoni emas, balki ba’zi bir ko‘rsatkichlarigina nazorat qilib boriladi. Ikkinchi xususiyati
esa – bu hisob ma’lumotlari xo‘jalik faoliyati va operasiyalarini kuzatish natijasida olinadi. Ularni
maxsus hujjatlarda qayd qilish shart emas. Ular og‘zaki, telefon, faks yoki telegraf orqali berilishi
ham mumkin. Operativ hisob yordamida mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, mehnatga
haq to‘lash fondining kundalik sarfi, mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma
shartlarining bajarilishi, ishchi va xizmatchilarning ishga o‘z vaqtida kelishlari to‘lov muddatlari
13
bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar olinadi. Xo‘jalikda, asosan
operativ rejalashtirish va operativ rahbarlik qilishda operativ(tezkor) hisobdan foydalaniladi.
Statistik hisob
–ommaviy ijtimoiy xodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidir.
Statistika ijtimoiy hayotda ro‘y beradigan ommaviy va ayrim tipik hodisalarni miqdor va sifat
jihatidan aks ettiradi. U faqat xo‘jalik jarayonlarinigina emas, balki jamiyat hayotidagi madaniy va
siyosiy hodisalarni o‘rganish, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Statistik hisob tegishli usullardan, masalan, statistik kuzatish, statistik yig‘ish, statistik
guruhlash, o‘rta miqdorni olish va boshqalardan foydalanib, jamiyat xo‘jalik faoliyati
rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlaydi. Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab
chiqarish munosabatlari va jamiyat hayotidagi siyosiy va madaniy jarayon rivojlanishining
miqdoriy ko‘rsatkichlarini beradi. Shuning uchun ham xalq xo‘jalik hisobi tizimi statistik hisob
talablariga mos holda umumiy metodologiya asosida yuritiladi.
Statistikada buxgalteriya va operativ–texnika hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Statistik
hisobning asosiy manbai hisobot ma’lumotlari hisoblanadi. Statistika hisobotining maxsus
shakllarida mehnat hajmi (miqdori) va sifati, ishlab chiqarishda sarflangan mehnat va uning
unumdorligi, ish haqi, subyektlarda ishlovchi xodimlarning soni, ishlab chiqarilgan mahsulotning
tannarxi va shu kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. Statistik hisobning boshqa turlari kabi xalq xo‘jaligi
hisobi tizimida muhim o‘rin tutadi. Undan hisobning boshqa turlari singari xalq xo‘jaligi
rejalarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot olish, rejani tuzish, ichki zaxiralarni aniqlab ularni
ishlab chiqarishga joriy etishda keng foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi
–bu xo‘jalikda bo‘lib o‘tadigan hodisa, voqea, jarayonlar va xo‘jalik
muomalalarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olib borish tizimidir.
Buxgalteriya hisobi
– bu kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan
iboratdir.
Buxgalteriya hisobining xalq xo‘jaligidagi muhim ahamiyatini e’tirof etgan holda uning
qo‘yidagi xususiyatlarini ta’kidlash mumkin. Buxgalteriya hisobi, birinchidan, xo‘jalik yurituvchi
subyekt mablag‘larining joylashuvi va ularning tashkil topish manbalarining o‘zgarishlariga sabab
bo‘luvchi barcha xo‘jalik jarayoni va muomalalarini yoppasiga qayd qiladi; ikkinchidan, bu jarayon
va o‘zgarishlar ikki yoqlama yozish usuli bilan muntazam, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda
qayd qilinadi; uchinchidan, yozuv faqat hujjatlargagina asoslanadi; to‘rtinchidan, hamma xo‘jalik
operasiyalari buxgalteriya hisobida pul ifodasida aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan
foydalanuvchilarning
quyidagi ikki asosiy guruhi
mavjud:
-
Tashqi foydalanuvchilar;
14
-
Ichki foydalanuvchilar.
Ichki foydalanuvchilari, ya’ni korxonaning boshqaruv xodimlari ishlab chiqarish va moliyaviy
xarakterdagi turli qarorlarni qabul qiladi. Hisobot
asosida subyektning keyingi yilgi moliyaviy rejasi tuziladi, mahsulot sotishni ko‘paytirish
yoki kamaytirish, sotiladigan tovarlar narxlari, korxona resurslarini investisiya qilish yo‘nalishlari
kreditlarni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi kabi qarorlar qabul qilinadi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi moliyaviy ma’lumotlaridan foydalanuvchilar turli guruhining
mavjudligi, buxgalteriya hisobining yagona tizim sifatida ikki bo‘linishga olib keldi:
1.
Moliyaviy hisob;
2.
Boshqaruv hisobi.
Moliyaviy hisob
– Korxona faoliyati to‘g‘risida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan tashqi va
ichki foydalanuvchilar uchun umumlashgan holda ma’lumot beradigan hisob turi.
Dostları ilə paylaş: |