tuzilishi va mazmuni
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik
yurituvchi subektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor
qiladi(15-sonli BHMS).
Xo‘jalik yurituvchi subektlar mablag‘lari doimo ishlab chiqarish jarayonida harakatda bo‘lib,
davrlar bo‘yicha miqdor va qiymat jihatdan o‘zgarib boradi. Ularning xo‘jalik faoliyati ustidan
rahbarlik qilish va boshqarish uchun subyekt qanday mablag‘larga ega, ularning tarkibi va qayerda
joylashganligi hamda bu mablag‘lar qanday manbalardan tashkil topganligi to‘g‘risida aniq
ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning kelib chiqish manbalaridagi
o‘zgarishlarni bir– biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga pul o‘lchovida umumlashtirib aks ettirish
buxgalteriya balansi yordamida amalga oshiriladi.
Buxgalteriya balansida subyektning xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari
umumlashtirilib, odatda, kunning oxiriga (banklarda) yoki hisobot oyidan keyingi oyning birinchi
kuniga pul o‘lchovida tuziladi.
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo‘lib mulkga egalik qilish huquqini ifodalovchi
matematik tenglikni hamma vaqt ta’minlab berish va saqlash hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |