Manbashunoslik va tarixshunoslik


Mavzu-7:  O‘ZBEKISTONNING XX ASR TARIXIGA OID MANBALARI



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Mavzu-7: 
O‘ZBEKISTONNING XX ASR TARIXIGA OID MANBALARI 
 
 
Reja: 
1.
 
Sovetlar  se’ezdlarining  qarorlari,  partiya  tashkilotlarining  hujjatlari  manba 
sifatida  
2.
 
O‘zbekistonning 1925 – 1945 yillardagi tarixini yorituvchi manbalar  
3.
 
O‘zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid hujjatlar 
 
O‘zbekiston  SSRning  Oliy  qonun  chiqaruvchi    va  ijroiya  organlari 
xujjatlari. 
 
        1917  yil 
  oktyabr  to‘ntarishi  natijasida  Turkiston  xalqlarining  milliy-ozodlik 
xarakati    bostirilgandan  so‘ng,  o‘lkada  uzil-kesil  Sovet  xokimiyati  o‘rnatildi.  70 
yildan  ziyod  muddat  davomida  xalqimiz  SSSR  deb  atalgan  davlat  tarkibida  xayot 
kechirdi.  Bu  davrda  yurtimizda  sodir  bo‘lgan  siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar  nixoyatda    xilma-xil  tarixiy  manbalarda  o‘z  aksini  topdi.  Sovet  davri 
tarixini o‘rganishda Turkiston SSR (1918-1924) va O‘zbekiston SSR (19225-1991) 
Buxoro  va  Xorazm    respublikalari  (1920-1924)ning  oliy  qonun  chiqaruvchi  va 
ijroiya organlarining xujjatlari asosiy axamiyatga egadir.  SHuni aloxida ta’kidlab 
o‘tish  kerakki,  yuqorida  eslatib  o‘tilgan  respublikalar  rasman  mustaqil  davlatlar 
deb  tan  olinsada,  amalda  ular  xaqiqiy  suverinitetdan  maxrum  edilar.  SHu  boisdan 
ular  oliy    qonun  chiqaruvchi  va  ijroiya  organlari  qabul  qilgan  qarorlar  asosan 
yuqoridan  belgilab  berilar  edi.  O‘rta  Osiyo respublikalari  markaz  belgilab  bergan 
yo‘ldan  borishga  kommunistlik  partiya  (RKP  (b)  VKP  (b)  KPSS)ning  strategik 
maqsadlarni amalga oshirishga majbur edilar.  
         Xozirgi  O‘zbekiston  xududida  mavjud  bo‘lgan  respublikalarning  oliy  qonun 
chiqaruvchi organlari 1937 yilga qadar, ishchi, dexqon va soldat deputatlari s’ezdi 
xisoblanardi. Muntazam ravishda chaqirilib turgan sovetlarning s’ezdlarida mazkur 
respublikalar konstitutsiyalari, qonunlar va qarorlar qabul qilinar edi.  
       Sovetlar  s’ezdlari  xujjatlarida  urushdan  oldingi  yillarda  Sovet  davlatining 
O‘zbekistonda  amalga  oshirgan  iqtisodiy  siyosati,  ijtimoiy  tadbirlari  o‘z  ifodasini 
topgan. 
   1937  yilda  qabul  qilingan  O‘zbekiston    SSRning  yangi  konstitutsiyasiga 
muvofiq, respublikamizning Oliy qonun chiqaruvchi organi O‘zbekiston SSR  Oliy 
Soveti  (1989  yildan  so‘ng  -  O‘zbekiston    SSR  Oliy  Kengash)  edi.  Oliy  Sovet 
odatda xar 3-4 oy bir marta  sessiyaga yig‘ilib,  unda turli qonun  va qarorlar qabul 
qilinar,  respublika  konstitutsiyasiga  tegishli  o‘zgarishlar  kiritilar  edi.  Mazkur 
xujjatlarni o‘rganish o‘sha davrda O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosat xaqida 
tasavvur qilish imkonini beradi.  
        Sovet  davrida  yurtimizda  sodir  bo‘lgan  siyosiy  ijtimoiy  va  iqtisodiy 
jarayonlar  bu  erda  mavjud  bo‘lgan  respublikalar  (TASSR,    Buxoro    va    Xorazm  
SSR,  O‘zbekiston  SSR)  oliy    ijroiya  organlari-Xalq  Komissarlari  Soveti  (Buxoro 
va  Xorazmda-Xalq  Nozirlari  Kengashi  va  Ministrlar  Soveti    (1946-1991)ning 
qarorlari  va    boshqa  xujjatlarida  o‘z  aksini  topgan.  Mazkur  xujjatlar    Sovet davri 


42 
 
tarixini  o‘rganishda  birinchi  darajali  axamiyatga  ega  manbalar  sanaladi.  Lekin  bu 
xujjatlar sotsialistik mafkura ruxi bilan yo‘g‘rilganligini esdan chiqarmaslik kerak. 
O‘sha  davrdagi  barcha  ijtimoiy  jarayonlarga  sinfiylik  pozitsiyasidan  yondashish 
tamayili bu xujjatlarda yaqqol namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin.  

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə