Manbashunoslik va tarixshunoslik


Mustaqillik davriga oid boshqa manbalar



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

      Mustaqillik davriga oid boshqa manbalar. 
 
     O‘zbekiston tarixi,  xususan  mustaqilik  davri tarixini o‘rganishda prezident I.A. 
Karimovning  asarlari  nafaqat  metodologik  asos  balki  asosiy  manbalaridan  biri 
bo‘lib  xizmat  qiladi.  I.A.Karimovning  kitoblari,  nutq  va  ma’ruzalarida 
respublikamiz  taraqqiyotining  asosiy  yo‘nalishlari  turli  soxalarda  erishgan 
yutuqlari  va  yo‘l  qo‘ygan  kamchiliklari,  mavjud  muammolar  va  ularni  echish 
yo‘llari  o‘z  aksini  topgan.  Prezident  asarlari  respublikamiz  xalq    xo‘jaligi 
taraqqiyoti,  siyosiy  va  ijtimoiy    xayotiga  doir  boy  materiallar,  ishonchli  fakt  va 
raqamlar mavjud. 
     Xalq  xo‘jaligining  ayrim  sohalari  rivojlanishiga  doir  ma’lumotlar  respublika 
vazirliklariga  tegishli  xujjatlarda,  «O‘zistiqbolstat»  bosh  boshqarmasi  to‘plagan 
materiallarda  o‘z  aksini  topgan.  Mazkur  manbalardagi  fakt  va  raqamlarni 
sinchkovlik bilan o‘rganish,  ularni taqqoslash, boshqa  manbalar bilan  solishtirish 
respublikamizning    iqtisodiy-ijtimoiy  taraqqiyoti  tendensiyalarini  aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
     O‘zbekiston  Respublikasida  sodir  bo‘layotgan  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarni 
o‘rganish  uchun  mamlakatimizda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  siyosiy  partiyalar  va 
jamoat  tashkilotlarining  xujjatlari  muxum  rol  o‘ynaydi.  XDP,  «Fidokorlar», 
«Vatan  taraqiyoti»,  «Adolat»,  «O‘zLDP»  kabi  partiyalarning    xarakatlari  va 
darsturlari,    ularning  maromnomalari,  quriltoy  va  boshqa  anjumanlarda  qabul 
qilingan  rezolyusiya  va qarorlari ularning o‘z oldiga qo‘ygan  maqsad  va  faoliyati 
yo‘nalishi  xaqida  respublikamizning  ijtimoiy-siyosiy  xayotida  tutgan  o‘rni 
to‘g‘risida  xulosalar  chiqarish  imkoniyatni  beradi.  Kasaba  uyushmalari, 
«Kamolot» yoshlar jamg‘armasi, kasbiy va ijodiy uyushmalar xujjat va materiallari 
mamlakatdagi ijtimoiy jarayonlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi.  
       Mustaqillik  davri  matbuot  saxifalarida  xam  o‘z  aksini  topgan.  Informatsiya 
zamoni  bo‘lgan  xozirgi  davrda  jamiyatda  sodir  bo‘layotgan  barcha  o‘zgarishlar 
gazeta  va  jurnallarda  o‘z  ifodasini  topgan.  Mustaqillikka    erishgandan  so‘ng, 
O‘zbekistonda  matbuot  organlarining  soni keskin  ko‘paydi.  Sovet davrida  tashkil 
etilgan  gazeta  va  jurnallar  bilan  bir  qatorda  «Xalq  so‘zi»,  «Narodnoe  slovo», 
«Jamiyat  va  boshqaruv»,  «Oila  va  jamiyat».  «Fidokor»,  «Adolat», 
«Andijonnoma»,  «Iqtisodiyot  va  hayot»  singari  o‘nlab  yangi  nashrlar  chiqa 
boshladi.  Gazeta  va  jurnalarda  ijtimoiy  xayotning  turli  qirralari  o‘z  aksini 
topmoqda.  SHunday  ekan,  mustaqqillik  davri  tarixini  o‘rganishda  davriy  matbuot 
materiallaridan  keng  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Ammo  gazeta  va 


48 
 
jurnallarda  e’lon  qilingan  materiallar,  fakt    va  raqamlarni  boshqa  manbalardagi 
ma’lumotlar bilan taqqoslash foydadan xoli emas.     

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə