Manbashunoslik va tarixshunoslik


Mustaqil  ta’limni tashkil etishning



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Mustaqil  ta’limni tashkil etishning 
shakli va mazmuni 
“Manbashunoslik  va  tarixshunoslik”  fanini  o‘rganuvchi  talabalar 
auditoriyada  olgan  nazariy  bilimlarini  mustahkamlash  va  tarixshunoslikdagi 
amaliy  masalalarni echishda ko‘nikma hosil qilish  uchun  mustaqil  ta’lim tizimiga 
asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular 
qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar 
va  ilmiy  dokladlar  tayyorlaydilar,  amaliy  mashg‘ulot  mavzusiga  doir  uy 
vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
 
Talaba  mustaqil  ishni  tayyorlashda  muayyan  manbashunoslik  va 
tarixshunoslik  fanining  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  quyidagi  shakllardan 
foydalanish tavsiya etiladi: 
■ seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik; 
■  darslik  o‘va  o‘quv  qo‘llanmalari  bo‘yicha  fan  boblari  va  mavzularni 
o‘rganish; 
■ tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; 
■  maxsus  adabiyotlar  bo‘yicha  fanlar  bo‘limlari  yoki  mavzulari  ustida 
ishlash; 
■ talabalarning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan             
fanlar bo‘limlar va mavzularini chuqur o‘rganish; 
■  faol  va  muammoli  o‘qitish  uslublaridan  foydalandigan  o‘quv 
mashg‘ulotlari.  


79 
 
Talaba  mustaqil  ishni  tayyorlashda  muayyan  fanning  xususiyatlarini    va 
mustaqil  ta’limga  belgilangan  soat  hajmini  hisobga  olgan  holda  quyidagi 
mavzulardan foydalanish tavsiya etiladi: 
25.
 
Manbashunoslikning fan sifatida rivojlanishi. 
26.
 
Tarixiy, nazariy  va amaliy manbashunoslik.  
27.
 
Manbashunoslik sohasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.  
28.
 
YOzma manbalarning asosiy xillari. 
29.
 
Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar. 
30.
 
Arab yozuvidagi turkiy yozma meros.  
31.
 
Qo‘lyozmalarning jahon bo‘ylab tarqalish sabablari. 
32.
 
O‘zR FA SHarqshunoslik instituti SHarq qo‘lyozmalari xazinasi. 
33.
 
Temuriylar saltanati tarixiga oid forsiy tarixiy yozma manbalar 
34.
 
O‘rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan evropa tillaridagi yozma 
ma’lumotlar 
35.
 
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O‘rta Osiyo 
tarixiga oid manba. 
36.
 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov asarlari mustaqil O‘zbekiston tarixi 
bo‘yicha asosiy manba. 
37.
 
Avesto.  Bihustun,  Persepoldagi  yozuvlar-qadimgi  epigrafika  yodgorligi 
sifatida. 
38.
 
SHarq qo‘lyozmalari va ularning sivilizatsiya tarixidagi o‘rni. 
39.
 
XII-XIV  asrlarda O‘rta Osiyoda tarixiga oid xotiralar muhim manba sifatida 
40.
 
Ilmiy tadqiqotlarning turlari.  
41.
 
O‘rta Osiyo xonliklari tarixi xorijiy tarixshunoslikda. 
42.
 
XVI-XIX  asrning  birinchi    yarmida  O‘rta  Osiyo  haqidagi  tarixiy  geografik 
tadqiqotlar. 
43.
 
XIX-XX  asrning  boshlarida  Rossiya  olimlari  tomonidan  O‘rta  Osiyoning 
o‘rganilishi 
44.
 
Mustaqillik  yillarida O‘zbek davlatchiligi  tarixiga oid  ilmiy tadqiqotlarning 
olib borishi. 
45.
 
 Mustaqillik yillarida O‘rta Osiyo xonliklarida tarixining o‘rganilishi. 
46.
 
O‘zbekiston  Milliy  universiteti  Tarix  fakultetining  manbashunoslik  va 
tarixshunoslikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi. 
47.
 
Mustaqillik  yillarida  Amir  Temur  va  temuriylar  davri  tarixining  tadqiq 
etilishi. 
48.
 
Mustaqillik yillarida ilmiy nashrlarga O‘zbekiston tarixining yoritilishi. 
Izoh:  Fan  ishchi  dasturini  shakllantirish  jarayonida  mazkur  mashg‘ulot 
uchun  ishchi  o‘quv  rejada  ko‘rsatilgan  soatlar  hajmiga  mos  mavzular  ro‘yxati 
shakllantiriladi. 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə