Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


Aqliy (nazariy, mantiqiy bilish yoki abstrakt



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Aqliy (nazariy, mantiqiy bilish yoki abstrakt 
tafakkur)
buyum va hodisalarning ichki sabab va qonuniyatlarini, mohiyati va mazmunini aql
tafakkur yordamida bilib olishdir. U bilishning oliy bosqichidir. 
Tafakkur
dunyoni, buyum va 
hodisalarni umumlashtirilgan, mavhum, bavosita timsollar, tushunchalar, hukmlar, xulosalar, 
nazariyalar va bilimlar orqali aks ettiradi.
 
 
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shakllarida sodir 
bo‘ladi. 
Tafakkur shakli
fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning 
strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari 
haqidagi axborotlar tushuniladi. 
Hissiy va aqliy bilish o‘zaro uzviy birlikni tashkil etadi. Shuning uchun ularni doimo o‘zaro 
aloqada, bog‘liqlikda olib qarash va o‘rganish zarur. Ularni bir-biridan ajratib tashlash, bir-biriga 
qarama-qarshi qilib qo‘yish holatlari ham bo‘lganki, bunday holatlar sensualizm va ratsionalizm 
kabi noto‘g‘ri, biryoqlama oqimlarni vujudga keltirgan. 
Tafakkurning mantiqiy tarkibi
ni ikki tomon tashkil etadi: 1) mazmuni va 2) mantiqiy 
shakli 
Tafakkurning mazmuni 
deb unda aks etgan buyum va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarga 
aytiladi. 
Tafakkurning mantiqiy shakli
deb fikrlarimizning ichki muntazamligi, muayyan 
bog‘lanishi va izchilligiga aytiladi.
Fikrning tuzilishi
deb uning ichki ko‘rinishi, uni tashkil etadigan qismlarning o‘zaro aloqasi 
usuliga aytiladi. 
Tafakkurning mantiqiy shakli va mazmuni uzviy birlikni tashkil qiladi. Fikrning to‘g‘riligi, 
haqqoniyligi uning mantiqiy shaklining to‘g‘riligiga va aksincha bog‘liqdir. Masalan: 
Har qanday metall elementdir. 
Temir metalldir. 
Demak, temir elementdir. 
Bunda fikrning mazmuni chin, uning mantiqiy shakli esa to‘g‘ri qurilgan, bir-biriga o‘zaro 
mosdir. Ammo ba’zan fikrning mantiqiy shakli izchil, to‘g‘ri qurilgan bo‘lsa ham, uning mazmuni 
yolg‘on, xato bo‘ladi. Masalan: 
Barcha odamlar yaxshi odamlardir. 
Bezori odamdir. 
Demak, bezori yaxshi odamdir. 
Bunda fikrning mantiqiy shakli to‘g‘ri, izchil, muntazam qurilgan bo‘lsa ham, ammo uning 
mazmuni xatodir. Chunki unda «Barcha odamlar yaxshi odamlardir», degan umumiy asos xato 
bo‘lganligi sababli «Bezori yaxshi odamdir», degan yolg‘on xulosa chiqadi. 
Demak, tafakkurning mantiqiy shakli va mazmuni har doim ham bir-biriga mos 
kelavermaydi. Ular o‘rtasida ziddiyat, nomuvofiqlik ham mavjuddir. 
Mantiq tafakkurning mantiqiy shakllari, yo‘llari, usullarini o‘rganish bilan birgalikda to‘g‘ri 
aytilgan fikrlarning barchasi uchun bir xil umumiy qonunlarni ishlab chiqadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə