Ma’ruza №13 mavzu: flotatsiya usulida boyitishning fizik- kimyoviy asoslari. Flotatsiya usullari


Minerallarni suv bilan ta’sirlanishi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix21.04.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#85833
1   2   3   4   5
13-maruza

Minerallarni suv bilan ta’sirlanishi 

Flotatsiya  jarayonida  suvni  minerallarga  ta’siri  ko‘p  qirrali  va  o‘ta 

ahamiyatga  molikdir.  Suv  bilan  ta’sirlangan  mineral  yuzasi  gidratlanadi,  ya’ni 

yuza,  suv  pardasi  bilan  qoplanadi.  Parda  qalinligi  va  uning  strukturasi  mineral 

yuzasining  fizik  va  kimyoviy  xossalariga  –  namlanuvchanligiga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Bulardan  asosiysi  sirt  energiyasi  hisoblanadi.  Sirt  energiyasi  yuza  qatlamining 

maydoni birligiga nisbatan olinib erg/sm2 birlikda o‘lchanadi. 

Suyuqliklarda esa «sirt energiyasi» atamasi o‘rniga unga mutanosib bo‘lgan 

«sirt  tarangligi»  degan  atama  ishlatiladi  va  din/sm2  yoki  erg/sm2  birlik  bilan 

o‘lchanadi. 

Bir  xil  modda  molekulalarini  (masalan,  suyuo‘likni)  o‘zaro  tortilishiga 

«kogeziya ishi» deb ataladi va u «kogeziya ishi» miqdori bilan tavsiflanadi. Qirqim 

yuzasi  1  sm2  bo‘lgan  suyuqlik  ustunini  teng  ikkiga  bo‘lish  uchun  ketgan  kuchga 

«kogeziya ishi» birligi qilib olingan.  

Ikkita  fazani  chegara  sirtlaridagi  molekulalarni  (masalan,  mineral  suv) 

o‘zaro tortilishiga «adgeziya» deb ataladi. Chegara sirtlarida o‘zaro tortishib turgan 

ikki  faza  molekulalarni  bir-biridan  ajratish  uchun  ma’lum  ish  bajarilishi  kerak. 

Masalan, mineral yuzasidan suvni ajratish uchun argeziya ishi quyidagicha bo‘ladi:  

 

W = с


c-г

 + с


қ-г

 - с


c-қ 

 

 



 

 

 



 

(57) 


 

Bu  yerda  с

c-г

, с


қ-г

, с


c-қ

  -  suyuqlik-gaz,  qattiq-gaz  va  suyuqlik-qattiq  chegara 

sirtlaridagi sirt energiyalari deb ataladi. 

Mineral  yuzasida  suvni  tarqalishi  uchun  suvning  kogeziya  ishidan,  mineral 

bilan suvning adgeziya ishi yuqori bo‘lishi shart.  

Mineral bilan suvning molekulyar ta’sirlanishining birinchi bosqichi mineral 

yuzasini suv bilan namlanishidir. Namlanish uchta faza (qattiq jism, suyuqlik, gaz) 

bir-biriga tegib turgan chegara sirtlarida kuzatiladi. 

 Qattiq  jism  yuzasini  suyuqlik  bilan  namlanish  darajasi  miqdoriy  jihatdan 

namlanish  chegara  burchagi  bilan  ifodalanadi.  Namlanish  chegara  burchagining 

qiymati suyuq faza tomonga qarab o‘lchanadai (19-rasm). 

Agar  ѳ=0  bo‘lsa,  qattiq  faza  yuzasi  suv  bilan  to‘liq  namlanadi  (to‘liq  suv 

yuquvchan mineral).  

Agar  ѳ=180

0

  bo‘lsa,  qattiq  faza  yuzasi  suv  bilan  namlanmaydi  (to‘liq 



suyuqmas mineral). 

 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə