Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotning xronologik kartasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə163/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   175
Mashg‘ulotning xronologik kartasi:



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi (180 minut)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)

Informasiya

5

2

Talabalarning nazariy bilim darajalarini yangi texnologiya usullari yordamida baholash

tushuntirish, so‘rov

50

3

O‘qituvchini mavzu bo‘yicha umumlashtirishi

Informasiya

10

4

Mavzuni O’zlashtirish%i uchun talabalarga ko‘rsatma matyeriallarni tarqatish: mikropreparatlar, mikroblar o‘stirilgan oziq muhitlar

Namoyish

15

5

Mashg‘ulotni amaliy qismini O’zlashtirish%i bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari

surtmalar tayyorlash, bo‘yash. Presipitasiya reaksiyasini qo‘yish.

50

6

Amaliy ish natijalarini muhokama qilish va talabalarni bilim darajalarini baholash

so‘roq, muhokama natijalarini tekshirish

35

7

Har bir talabani 100 balli sistema bo‘yicha baholash va e’lon qilish

Informasiya

10

8

Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining yakuniy so‘zi va kelgusi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilishi

informasiya, mustaqil shug‘ullanish uchun savollar

5

JAMI:

180 minut

13-mavzu. Parazitologiya asoslari. Parazitlarga tashxis qo‘yish usullari.
PARAZITIZM VA PARAZITLAR TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Parazitizm (yunoncha parasites-tekinxo'r, hamtovoq) har xil turga mansub organizmlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning bir ko’rinishidir. Bunda organizmlardan biri (parazit) ikkinchisi (xo'jayin) dan yashash muhiti va ozuqa manbai sifatida foydalanib, unga zarar yetkazadi.
Parazitlik bilan hayot kechirish parazit turning o’ziga xos filogenetik belgisi bo’lib, shu turga kiruvchi barcha individlar uchun xosdir. Parazitlar biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi, kelib chiqishi, qo’zg’atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini o’rganadigan fan Parazitologiyadir.
Fan rivojlanishiga qarab XVII asrdangina parazitlarni erkin yashaydigan organizmlar bilan umumiy o’rganila boshlangan. Ungacha parazitlarga alohida guruh sifatida qaralib, ba’zida ularning kelib chiqishi ham sirli bo’lib, tirik organizmlarda o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan fikr ilgari surilgan. Parazitlar hayvonot olami sistemasiga kiritilgandan keyingina parazitizm tushunchasini qayta ko’rib chiqish, yanayam aniqroq tushuncha berish kerakligi talab qilindi.
Shunday harakatlardan dastlabkisi R.Leykartga (Leuckart,1879) tegishli. Uni fikricha parazitlar keng va haqiqiy ma’noda shunday organizmlarki, ularga boshqa bir organizmdan o’ziga oziqa va yashash makoni topgan barcha mavjudotlarni kiritish mumkin. Parazitlarga ichki gijjalar, ularga o’xshash fo’rmalar, boshqa erkin yashaydiganlarga o’xshash turlar ham kiradi deydi. Shunga ko’ra parazitni asosiy belgisi uni oziqlanish turida, barcha boshqa tirik organizmlar hisobiga yashovchi mavjudotlarni parazit organizmlar deb tushunadi.
Minchin (1912) har qanday organism boshqa bir organizmning tana bo’shlig’i va tana yuzasida yashashi bilan parazit bo’lib qolavermaydi, parazit xo’jayin bilan yashashi, uni hisobiga oziqlanishi bilan birga unga zarar keltiradi deydi.
N.A.Xolodkovskiy (1914) parazitizmda bir organism (parazit) ikkichi bir organism (xo’jayin) tanasidan oziqa manbai, yashash uchun makon sifatida foydalanib qolmasdan, xo’yin tanasi, yoki tana shirasi hisobiga oziqlanishi bilan birga, unga bevosita zarar keltiradi deydi. Ta’rif bir tomonlama, tibbiy, veterinar xarakterga ega.
Parazitizmga yirik parazitolog olimlar qanday ta’rif berishgan ekan: Akademik Ye.N.Pavlovskiy (1935) fikricha parazitizm davrida parazit o’z xo’jayinini to’qimalari, tana shirasi yoki uning hazm bo’layotgan oziqasi hisobiga oziqlanib, ulardan vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun makon sifatida ham foydalanadilar. Lekin bu ta’rifga ko’ra ham ba’zi bir qon so’ruvchi ikki qanotlilar parazit bo’lmay qoladi. Chunki ular xo’jayinlaridan yashash uchun makon sifatida foydalanmaydilar.
K.I.Skryabin ta’rificha parazitizm bu organizmlar orasidagi shunday biologik o’zaro munosabatki, ulardan biri - parazit vaqtinchalik yoki doimiy - ikkinchisini tana ustida yoki to’qimalari orasida yashab, uni hisobiga oziqlanadi, lekin o’z navbatida unga hech qanday xizmat qilmaydi. Bunda faqat oziqlanish va xo’jayindan faqat bir tomonlama foydalanish ko’zda tutiladi.
V.A.Dogel fikriga ko’ra hamma yuqorida qayd qilingan parazitolog olimlarning fikrlarini umumlashtirib, parazitizm to’g’risida shunday fikr bildiradi. Parazitlar shunday organizmlarki, qaysiki ular boshqa tirik organizmlardan oziqa manbai, yashash muhiti sifatida foydalanib qolmasdan, balki ularga qisman yoki to’liq o’zini tashqi muhit bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarini boshqarish vazifasini ham o’z xo’jayinlariga yuklab qo’yadilar. Bundan parazitni yashash muhitini ikki taraflama xo’jayin organizmi parazit uchun birlamchi, atrof muhit ikkilamchi muhit bo’lib hisoblanadi. Shunday qilib xo’jayin organizmi parazit va atrof muhit o’rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi.
Parazitizm birga yashashning shunday shakliki, bunday birga yashashdan – bir tomon, parazit manfaatdor, xo’jayin esa zarar ko’radi. Bu ta’rif parazitizmga juda keng ekologik ma’no beradi. Bunda asosan parazitizmgina emas balki u bilan bog’liq bo’lgan boshqa masalalar ham qamrab olinadi. Parazitizm bu ekologik masala bo’lib, parazitologiyani o’rganishda faqat parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi munosabatlar emas balki parazitik hayot kechirish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar ham o’rganiladi.
Parazitizm aslida parazit bo’lib yashagan organizmni birinchidan o’zini himoya qilishi va boshqa organism hisobiga oziqlanish uchun doimo intilishi natijasida yuzaga kelgan (Chendler,1956).
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra tabiatda erkin hayot kechiradigan organizmlar soniga nisbatan parazitlar ko’proqdir. Tabiatda biror organism yoqki, uni o’ziga xos biron bir paraziti mavjud bo’lmasin. Ko’pchilik organizmlar o’ziga xos parazitlardan tashqari boshqa hayvonlardan yuqtirib olgan parazitlar uchun ham xo’jayin bo’lib qoladilar. Shunining uchun ham parazitologiyani o’rganish organizmlar orasidagi munosabatlarni o’rganish va ularni evolyutsiani asosiy masalalarini hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Parazitologiya va u bilan bog’liq bo’lgan turli xil hodisalarni o’rganish tibbiyot, veterinariya, ekologiya sohalarini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.
Parazitizmni turli xil ko’rinishlari. Parazitizm hayvonat olamida uchraydigan ba’zi bir holatlardan butunlay ajralib qolgan mustaqil bir holat emas. U bir necha ko’rinishda uchraydi. Parazitizm bilan bog’liq bo’lgan asosiy masalalar simbioz va sinoykiyadir. Bu hodisalar jarayonida biz ikkita har xil turga mansub bo’lgan hayvonlarning o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqamiz. Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar oziqlanishiga ko’ra ikkita guruhga bo’lib o’rganiladi: 1. Avtotrof organizmlar. 2. Geterotrof organizmlar.
Avtotrof organizmlar - anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qiladi. Bularga yashil o’simliklar kiradi.
Geterotrof organizmlar esa tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanuvchilardir. O’z navbatida bularni o’simlikxo’r, hamaxo’r va hokazolarga bo’lish mumkin. Hamaxo’rlar o’z navbatida parazit, yirtqich va saprofitlarga bo’linadi. Parazitlarni esa odam, hayvon va o’simlik parazitlariga bo’lib o’rganiladi. Barcha tirik organizmlar bir-biri bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo’ladi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida organizmlarning bunday bog’lanishi u yoki bu darajada murakkablashib borib, biologik jihatdan turli kategoriyalarga bo’linadi,ya’ni hayvonlar har xil guruhlarni tashkil etib, birgalikda hayot kechirish jarayonida betaraf (indifferent), do'stlik va antogonistik munosabatlarda yashaydi.
Indefferent betaraf munosabatlar. Ular bir xil sharoitda, bitta muhitda (hududa) yashaydi, bir-biriga zarar ham foyda ham keltirmaydi. Bularga korall poliplar, ignaterililardan-dengiz yulduzlari va dengiz nilufarlari misol bo'ladi.
Antogonistik qarama-qarshi munosabatlar. Bunday munjsabatda birga yashovchilarni bittasi ikkinchisiga zarar keltiradi. Bularga yirtqichlik hamda parazitlik misol bo'ladi.
Parazitlar parazitlik qilib hayot kechirishi bilan xarakterlanadi. Yirtqich bilan parazit bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt o'z o'ljalaridan kuchli bo'lib, ularni o'ldirib to'liq yoki qisman iste'mol qiladi (masalan, bo'ri bilan qo'y). Parazit esa o'z xo'jayiniga nisbatan kuchsiz, shuning uchun uni o'ldirishga kuchi yetmaydi, faqatgina kasallantiradi. U o'z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha yashab, uning hisobiga hayot kechiradi.
Simbios – o’zaro foydali munosabatlar. Simbiozning ma’nosi “sim”-birga, “bios”-hayot (tirik), birgalikda yashovchilarni ikkalasi ham bir-biridan ma’lum darajada foydalanadi. Simbios juda murakkab bo’lib, bir nechta ko’rinishi mavjud. Hatto biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Boshida bunday birga yashash faqat birga yashovchilarning bittasi uchungina zarur bo’lib qoladi, chunki uni o’zi mustaqil ravishda tashqi muhit bilan aloqa bog’lay olmaydi.
Simbioz ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlar o’rtasidagi juda murakkab bog’lanishlarni ifodalaydi. M: termitlarning ichagida xivchinlilardan gipermastiginalar yashaydi. Termitlar laboratoriya sharoitida xivchinlilardan tozalanganda parazitlar darhol o’lgan. Parazitlari bor termitlar va parazitlardan tozalangan termitlar bir xil sharoitda kuzatilganda, oziqa yyetarli, sharoit qulay bo’lganda parazitlari bor termitlar 1,5 yilgacha yashagan, parazitlardan tozalangan termitlar esa atigi 10-14 kungina yashab, keyin ular o’la boshlagan. Tirik qolganlarini olib, suniy parazitlar bilan zararlantirilganda ular yashab ketgan. Shu yo’l bilan termitlarni, xivchinlilar bilan tabiiy sharoitda simbioz holda yashashi isbotlangan, ya’ni termitlar yog’och mahsulotlari bilan oziqlanadi, xivchinlilar esa klechatkani parchalaydi.
Simbiozning yana bir ko’rinishi sinoykiya (sin-birga, oikos-uy, joy). Bu shunday birga yashashki, ikkala birga yashovchi hayvonlar bir-biriga nisbatan betaraf bo’lishi mumkin, yoki ulardan biri ikkinchisidan foydalanadi, lekin unga hech qanday zarar keltirmaydi. Shunday qilib birga yashovchilardan biri ikkinchisiga sust ravishda xizmat qilib, o’zi uchun bunday birga yashashdan hech qanday manfaat ko’rmaydi.
Ba’zan birga yashovchilarni biri o’zini tanasini kichikligi tufayli yoki juda sust harakatchanligi tufayli ikkinchi birga yashovchining tanasi ustiga chiqib olib, uni yo’ldoshi sifatida yashaydi. Bunday munosabat ko’rinishlarini umumiy termin bilan “ijara (kvartirant)” deb ifodalash mumkin. Ijara yashashni bir nechta ko’rinishlari mavjud.
Oddiy ijara – xo’jayin tanasida yoki uning ta’sir doirasida yashaydi. Ijarada birga yashaganda bir organizm ikkinchisidan uy sifatida foydalanadi. Masalan, gorchak balig'i o'z ikralarini ikki pallali mollyuskalardan-tishsizlarning mantiyasi ichiga qo'yib, dushmanlaridan himoya qiladi yoki juda kichik Fierasfer baliqlari, biron bir xavf tug’ilganda meduzalarning soyabonlari ostiga yashirinadi.
Epioykiya – ijaraga yashovchi xo’jayin tanasi ustiga o’tirib olib, undan transport vositasi sifatida foydalanadi. M: Sirripeda avlodiga mansub qisqichbaqasimonlar kit va akulalarning tanasi ustiga yopishib olib ulardan transport sifatida foydalanadi, o’zlari esa planktonlar bilan oziqlanadi yoki yopishqoq baliq orqa suzgichi bilan akulaga yopishib passiv harakat qiladi va akulalardan qolgan oziqlar hisobiga yashaydi. Bunda yopishqoq baliq akulalar hisobiga boshqa joylarga tarqaladi, bunga epioykiya deb ataladi.
Entoykiya – xo’jayinga o’tirib olish bilan birga, uni hisobiga oziqlanishga o’tadi. M: Ammotidae oilasiga mansub baliqlar goloturiyalarning suvli o’pkalarida yashaydilar, lekin ular ba’zida suvga chiqib mayda qisqichbaqasimonlar bilan ham oziqlanishi mumkin.
Sinoykiyaning asosiy ko’rinishlaridan yana biri bu kommensalizmdir. Kommensalizm ko'rinishdagi munosabatda bir organizm ikkinchi organizmdan qolgan keraksiz oziq hisobiga yashab unga zarar qilmaydi. Bunga sinoykiya deyiladi, ya'ni synoikia yunoncha yashash joyi demakdir. Masalan, kichkina halqali chuvalchang zohid qisqichbaqa joylashib olgan moolyuska chig'anoqlarida yashab, qisqichbaqadan qolgan ozuqa hisobiga oziqlanadi. Sut emizuvchilar ichagida yashovchi bir hujayralilar (kipriklilar), ichakdagi bakteriyalar, zamburug’larni yeb hayot kechiradi.
Mutualistik munosabatlarda ikki xil turga mansub bo’lgan birga yashovchilar, ikkalasi ham bir-biridan foyda ko’rib yashaydi. Masalan, krablar qisqichli oyoqlariga aktiniyalarni yopishtirib oladi. Aktiniyalarning otiluvchi hujayralaridan himoya sifatida foydalanadi. Aktiniyalar esa o’troq hayot kechiradi va krab yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib o’tadi.
Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanish shakllari. Ba’zi erkin yashovchi organizmlar turli tasodiflarga ko’ra boshqa organizmlarga tushib qolib, yashab ketish hodisasiga fakultativ parazitizm deyiladi. Fakultativ parazitizm parazitlarni kelib chiqishini o’rganishda muhimdir.
Erkin yashovchi organizmlar parazitlikka o’tishida ularning tuzilishi va fiziologiyasida o’ziga xos xususiyatlar hamda ma’lum sharoitlar mavjud bo’lishi shart. M: xo’jayinlarni hazm shirasi ta’sir qilmaydigan mustahkam teri qoplamiga ega bo’lishi, anaerob sharoitda yashay olishi kerak.
K.I.Skryabin tajribalarida shaxtyorlarni kaproanaliz qilish natijasida ulardan erkin yashovchi nematodalar(Rhabditis)ni topgan. Nematodalarning rhabditis avlodida ana shu xususiyatlar mavjud. Natijada shu xususiyati erkin formalarini (Rhabditis) odam parazitiga aylanish imkonini beradi. Demak parazitlar fakultativ yo’l bilan ham paydo bo’ladi.
Kamdan-kam hollarda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda ayrim organizmlar evolutsion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi organizm tanasiga tasodifan tushib qoladi. Lekin bu organizm tanasida yashayolmaydi (masalan, yomg'ir chuvalchangi umurtqali hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin), turli pashsha, chivinlarning lichinka yoki tuxumlari oziqa orqali odam organizmiga tushib qolsa, turli kasallik belgilarini keltirib chiqaradi (ich ketishi, ko’ngil aynashi, qayt qilish va hokozo).
Chuchuk suvda yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun yirtqich, lekin sutemizuvchilar uchun esa parazit hisoblanadi.
Parazitlar xo’jayin organizmida yashash muddatlariga qarab vaqtinchalik va stattsionar (doimiy) parazitlarga bo’linadi. Vaqtinchalik parazitizmda parazit xo’jayin organizmida vaqtinchalik yashaydi, normal oziqlanadi, lekin rivojlanib ko’paymaydi. Bunda parazit va xo’jayin o’rtasida garmonik bog’lanishlar bo’lmaydi. Parazit faqat oziqlanish vaqtida xo’jayinga tashlanadi. Bularga ko’pgina qon so’ruvchi ektoparazitlarni misol qilib ko’rsatish mumkin(chivinlar, pashshalar, kanalar, qandalalar, zuluklar va boshqalar). Stattsionar parazitizm ikkiga bo’lib o’rganiladi. Davriy va doimiy. Davriy parazitizmda – organizmlarning rivojlanish sikllarida parazitizm gallanadi. Ayrim organizmlar lichinkalik davrida parazit (larval parazitizm, m: mermitidalar). Ayrimlari esa voyaga yetgan davrida(imaginal) parazitlik qiladi (m: nematodalardan-Strongilidalar).
Doimiy parazitizmda parazit tashqi muhitga chiqmaydi. Rivojlanishning hamma bosqichlarini xo’jayin tanasida o’tkazadi (bitlar, junxo’rlar, parxo’rlar, qichima kanalari va boshqalar).
Shuningdek, obligat hamda fakultativ xo'jayinlar ham uchraydi. Rivojlanishi uchun qulay sharoit bo'lgan organizm parazitning obligat yoki haqiqiy xo'jayini hisoblanadi Jigar qurtining haqiqiy xo'jayini qo'y), aksincha parazitning rivojlanishi uchun qulay sharoit yyetarli bo'lmagan organizm fakultativ xo'jayin deyiladi (o'rdaklarda drepanidoteniylar).
Ayrim hollarda giperparazitizm (o'ta parazitlik) uchraydi. Bunda bir parazit ikkinchi parazitning tanasida yashaydi. Masalan, ayrim bir hujayrali hayvonlar apikomplekslar(sporalilar)dan nozemalar toksakara degan nematodaning jinsiy organlarida yoki nematodalardan bunostomalar tasmasimon chuvalchanglardan - moniyeziylarning tanasida parazitlik qiladi.
Transo’varial parazitizm - (kasallik qo’zg’atuvchilari bilan avlodlarini zararlantirish) kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtirib olgan ektoparazitlar: kanalar, qandalalar, o’zlarining avlodlarini ham shu kasallik qo’zg’atuvchilari bilan zararlaydi. Tuxumdan chiqqan kana, qandalalar sog’lom odam va hayvonlarni chaqsa kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi.
Parazitizmni kelib chiqishi. Yerda organik olamni paydo bo’lishi bilan birga parazitlar qachondan paydo bo’lgani haqida turli fikrlar mavjud, aniq bir to’xtamli fikr yo’q. Lekin turli mulohazalar yuritish uchun asos bo’ladigan turli dalillar mavjud.
Yer yuzidagi barcha parazitlar evolyutsion taraqqiyot jarayonida erkin yashovchi organizmlardan kelib chiqqan. Parazitlik turli hayvonlar guruhlarida turli yo’llar bilan boradi.
Ye.N.Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo bo’lishidan bir oz yoshroq deydi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar dastlab sodda organizmlar orasida paydo bo’lgan. Ko’pchilik sodda organizmlar chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Demak, sodda hayvonlarni parazitlikka o’tishi chuvalchanglarni evolyutsiyasi bilan bog’liq. chuvalchanglarda parazitizmni paydo bo’lishi to’g’risida ham turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlarni fikricha chuvalchanglardagi parazitizm umurtqali hayvonlarni kelib chiqishi bilan bog’liq. Chunki jinsiy voyaga yetgan deyarli barcha parazitlar umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi.
K.I.Skryabin va V.M.Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar, eksperimental ishlar asosida bu masalani boshqacharoq talqin qiladilar. Gelmintlar avval umurtqasizlarda rivojlangan, chunki evolutsion taraqqiyot jarayonida umurtqalilar keyinchalik paydo bo’lgan. Shuning uchun umurtqalilar gelmintlar uchun birlamchi xo’jayin bo’lolmaydi deydi va bir qancha misollar keltiriladi.
Sestodalar avval ko’ptuklilar va qisqichbaqasimonlar tanasida yashagan, hatto ularda jinsiy voyaga yetib, avlod ham bergan. Taraqqiyotining keyingi bosqichlarida sestodalar qushlar va sut emizuvchilarga o’tgan. Shu tariqa birlamchi xo’jayin umurtqasizlar oraliq xo’jayinlarga aylangan. Akantosefallar avval mollyuskalarda va qisqichbaqasimonlarda parazitlik qilgan, umurtqalilar paydo bo’lganidan keyin, ularni rivojlanish sikllarida ishtirok etib, oraliq xo’jayinlariga aylangan. Trematodalarda birlamchi xo’jayinlari mollyuskalar bo’lgan, umurtqalilar paydo bo’lganidan keyin mollyuskalar ularni oraliq xo’jayinlariga aylangan. Taxminlarga ko’ra parazit chuvalchanglar Paleozoy erasining silur va devon davrlarida paydo bo’lgan. Hasharotlardan - ikkiqanotlilar va pardaqanotlilarni parazitlikka o’tishi Yura davridan boshlangan.
Yashash joyiga qarab parazitlar (Ectozoa) tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo'jayini tanasining sirtida) va ichki-endoparazitlar(Entozoa)ga bo'linadi (bunda parazit xo'jayini tanasining ichki to'qima yoki bo'shliqlarida yashaydi) Evolyutsion taraqqiyot jarayonida ularning kelib chiqishida umumiy belgilar bilan birga individual farqlar ham kuzatiladi. Har ikkala guruhlar asosida oziqlanish va yashash makoni sifatida foydalanish manfaatdorligi yotadi.
Ko’pchilik ektoparazitlar asosan parazitlikka avval yirtqichlik qilib hayot kechiruvchilardan o’tgan. Ektoparazitlik ko’proq bo’g’imoyoqlilarda (kanalar, parxo’rlar, junxo’rlar, bitlar, burgalar va boshqalar) uchraydi va bu jarayon birdaniga yuzaga kelmagan. Bo’g’imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt bog’lanishda (kontaktda) bo’lishi bilan bog’liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish muddatini uzayib borganini kuzatish mumkin: iskabtoparlarning urg’ochilari bir daqiqadan ozroq, tayga kanasi 6-8 kun, burgalar xo’jayuinlarida hayotini ko’p qismini, bitlar esa xo’jayinlarida hayoti davomida, ya’ni doimiy yashaydi.
Ektoparazitlarning paydo bo’lishida yana boshqa yo’llar ham mavjud, ya’ni ko’pchilik umurtqasizlar umurtqali hayvonlarning terisi, jabra yoriqlariga yopishib hayot kechirishi bilan ham bog’liq. Ular teriga borgan sari botib kirib, to’qimalar hisobiga oziqlanishga o’tgan va shu guruh hayvonlardan parazit qisqichbaqasimonlar kelib chiqqan. Yana bir yo’li kommensalizm orqalidir. Bunga misol qilib parxo’rlarni, qush kanalarini olish mumkin. Bu kanalarni dastlabki avlodlari qushlarni kommensallari bo’lgan. Avvaliga qushlarning inlarida organik qoldiqlar hisobiga oziqlangan. Keyinchalik tanasiga o’tib, (uy egalariga o’tgan) tana shox moddalari hisobiga oziqlanishga o’tgan.
Endoparazitlarning kelib chiqishi ektoparazitlarning kelib chiqishi bilan bog’liq. Terida parazitlik qiluvchi infuzoriyalarning bir guruhi, ayrim hasharotlarning lichinkalari endoparazitlarga aylangan.
Endoparazitlarning kelib chiqishini tushunish juda murakkab. Ayrim hollarda endoparazitizm, ektoparazitizmdan kelib chiqqan. M:saqoqushlarni ektoparaziti - kana avvaliga patxo’rlik bilan oziqlangan, keyinchalik tumshuq osti xaltasiga o’tib, qon hisobiga oziqlanishga o’tgan. Ko’pchilik hollarda endoparazitlar ichak parazitlaridan kelib chiqqan. Ichak oziqa mahsulotlariga boy bo’lib, ko’pchilik parazitlar uchun qulay hisoblanadi. Ichak kommensallari xo’jayinni chiqindi oziqasi hisobiga emas, xo’jayin oziqasiga sherik bo’lib kommensallikdan to’g’ridan to’g’ri parazitlikka o’tadi. Endoparazitlarning kelib chiqishini yana o’ziga xos xususiyatlaridan biri, tabiatdagi erkin yashovchi umurtqasizlarning sistalari, tuxum va lichinkalari, tasodifan boshqa organizmlarning ovqat hazm qilish sistemasiga tushib qolgan, u yerda rivojlanishni davom ettirgan va shu holat bir nechta avlodda takrorlanib, keyin ichak parazitlari vujudga kelgan. Ko’pchilik bir hujayralilarda va nematodalarda endoparazitlik shu yo’l bilan kelib chiqqan. Qon parazitlari ham avval ichakda parazitlik qilib, keyin turli yo’llar bilan qonga o’tib, qon parazitlariga aylangan. Bunda qon parazitlari ichak bo’shligida yashaydigan parazitlardan kelib chiqqaniga shubha yo’q.
Umurtqali hayvonlarni qonida yashaydigan parazitlar, oldin umurtqasizlarning ichak parazitlari bo’lgan. Umurtqasizlar umurtqalilarni qonini so’rib parazitlarni yuqtirgan (Plasmodium avlodi vakillari umurtqasizlar ichagida va umurtqali hayvonlarni qonida parazitlik qiladi).
Endoparazitik hayotga o’tish ba’zan erkin yashovchi organizmlarni instinktini o’zgarisi natijasida ham yuzaga keladi. M: Volfart pashshasi tirik tug’adi. Ular lichinkalarini hayvonlarni burun bo’shlig’iga, og’iz bo’shlig’iga, quloq suprasining ichiga qo’yadi. Bu lichinkalar jag’lar orasiga, peshana suyaklari orasiga kirib endoparazitik qilib hayot kechiradi.
Parazitlar uchun suv va quruqlikdagi tirik organizmlarning barcha organ va to’qimalari yashash muhiti bo’lib xizmat qiladi.
Parazitlarni xo'jayin tanasiga kirish yo'llari. Parzitizmni kelib chiqishi bilan parazitlarni xo'jayinlariga kirish yo'llari bir-biri bilan bog’liq bo'lgan muhim muammolardan hisoblanadi.
Parazitlar xo'jayinlari organizmiga asosan og'iz bo'shlig'i va teri qoplami orqali
o'tadi.
Parazitologiyada parazitlarning teri orqali o'tishi ekzogenli yo'l, og'iz orqali
o'tishi esa endogenli yo'l deb ataladi. Tabiatda parazitlarning endogenli yo'l bilan o'tishi keng tarqalgan.
Ekzogenli yo'l bilan yuquvchi parazitlarga oid nematodalardan - Ancylostoma lichinkalari tuproqdan odam terisi orqali qon aylanish tizimiga, undan nafas olish organlari va keyinchalik doimiy yashash joyi - ingichka ichakka o'tadi. Tremato- dalardan shistosomalarning lichinkalari ham teri orqali yuqadi. Bir hujayrali hay- vonlardan qon sporalilar, leyshmaniyalar, tripanasomalar; hasharotlardan so'nalar ekzogen yo'l bilan yuquvchi parazitlar guruhini tashkil etadi.
Endogenli yo'l bilan ovqat hazm qilish va nafas olish organlarida, shuningdek, jigar, miya va muskullar ichida yashovchi parazitlarga - askaridalar, tasmasimon chuvalchanglar, trematodalar va akantosefallar kiradi. Ko'pchilik parazitlar xo'jayinlariga asosan peroral yo'l bilan o'tadi (masalan, turli o'txo'r hayvonlar oziqalari orqali parazitlarni tuxum va lichinkalarini yutadi).
Shuningdek, parazitlar xo'jayini organizmiga jinsiy teshiklar, burun bo'shlig'i, ko'z va quloq orqali ham o'tishi mumkin. Ba'zi parazitlar esa bachadon devori orqali rivojlanayotgan embrionga o'tadi (exinokokk, ankilostoma, protostrongilid va boshqalar).
Resperator yo'l bilan - nafas olish a'zolari orqali: Trematodalarning- serkariylari.
Anal teshigi, kloaka orqali kirish: Monogeniyalardan - Polistoma integerrum.
Kon'yuktival zararlanish: yirik shoxli qoramollarni telyaziyalar bilan zararlanishi: Thelaziidae.
Ona suti bilan zararlanish: dengiz cho'chqalarini eksperimental yo'l orqali askaridalar bilan zararlantirilgan, ularning sut bezlaridan askarida lichinkalari topilgan.
Prenatal zararlanish: turli parazitlar bilan ona qornidagi embrionni zararlanishi: 1676 yilda Forman yangi tug’ilgan qo'zichoqlarning jigar o't yo'llaridan jigar qurtini topgan. Ona organizmidagi embrionni jigar qurti lichnkalari bilan zararlanganligi ham kuzatilgan.
Voyaga yetgan gelmintlar bilan bevosita zararlanish: ko'pchilik hayvonlarda ayniqsa qushlarda o'z bolalarini oshqozonidagi yoki jig’ildonidagi ovqatni qaytarib chiqarib berish xususiyati bor. Shu vaqtda ovqat bilan birga voyaga etgan gelmintlar ham o'tib qolishi mumkin. Bu zararlanishni biosstiklik parazitizm, paststiklik xo'jayin deyiladi.
Parazitlarni xo’jayinlari bilan o’zaro bog’lanishi. Parazitlarni vaqtinchalik yoki doimiy ular hisobiga oziqlanadigan organizmlarni parazitlarning xo’jayinlari deyiladi. Parazitlar xo’jayinlarining (odam, hayvon, o’simliklar) barcha organ va to’qimalarini zararlaydi. M: ichakda askaridalar, bolalar gijjasi, tasmasimon chuvalchanglar, lyambliya, amyoba, trixomonadalar; o’t yo’llarida lyambliya, jigar va mushuk ikki so’rg’ichlilari; teri ostida rishta; to’qimalarda trixinella lichinkalari; qon tomirlarida shistosomalar; o’pkada toksokara, askarida va boshqalar uchraydi.
Parazitlar tabiatda tur sifatida saqlanib qolishi uchun, ko’payish jarayonida xo’jayin organizmidan chiqib, tashqi muhitga, boshqa xo’jayinlarga o’tadi. Parazitlarni bitta xo’jayindan ikkinchi bir xo’jayinga, xo’jayinlaridan tashqi muhitga o’tish mexanizmlari va taxminiy xo’jayinlar bo’lishi mumkin bo’lgan organizmlar doirasini kengligi, albatta ularni tabiatda keng tarqlishini ta’minlaydi. Parazitlarni vaqtincha yoki doimiy o'z hisobiga oziqlantiradigan organizmlar parazitning xo'jayinlari deyiladi. Parazit xo’jayinlari bir necha xil bo’ladi.
Turli-tuman parazitlar o'zlarini rivojlanishida bitta, ikkita va undan ko'proq xo'jayinlarda yashashlari mumkin. Shuning uchun parazitlarga xos oxirgi (definitiv, asosiy), oraliq, qo'shimcha, rezervuar xo'jayinlar mavjud. Xo'jayinlarning bu darajada xilma-xil bo'lishiga sabab, ular yordamida parazitlar tabiatda keng tarqaladi va tur sifatida saqlanib qoladi.Parazitning jinsiy voyaga yetgan davri yashab, uning jinsiy yo'l bilan ko'payadigan davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo'jayin hisoblanadi.
Parazitlarning asosiy xo'jayinlari har xil guruhlarga mansub hayvonlar bo'lishi mumkin.M: exinokokkning asosiy xo'jayinlari - itlar, bo'rilar, tulkilar, mushuklar va boshqa go'shtxo'rlar, ya'ni yirtqich hayvonlardir, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglarining asosiy xo’jayini odam, toksoplazmaning esa asosiy xo’jayini mushuklar hisoblanadi.
Oraliq xo'jayinlarda parazitlarning tuxum va lichinkalik davrlari rivojlanadi. Parazitlar oraliq xo'jayinlarida partenogenetik (jinssiz) yo’l bilanko’payishi ham mumkin. M: Jigar qurtining lichinkalari.
Qo'shimcha xo'jayinlar, aslida parazitlarning ikkinchi oraliq xo'jayinlari ham deyiladi. Ularda parazit lichinkalarining ma'lum bir rivojlanish davrlari o'tadi. M: Keng tasmasimon chuvalchangdada birinchi oraliq xo'jayinlari sikloplar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari esa baliqlar hisoblanadi.
Rezervuar xo'jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin bo'lgan kasal qo'zg'atuvchilarini o'zida tutgan hayvonlarga aytiladi. Rezervuar xo'jayinlar parazitning rivojlanishida doimo ishtirok etishi shart emas. Lekin rezervuar xo'jayinlar parazitning ma’lum bir rivojlanish davrlaining tarqalishini tezlashtiradi. M: serbar tasmasimon chuvalchang(Diphyllobotrium latum) ning rivojlanish davrida definitiv (asosiy, oxirgi) xo'jayinlar - odam, mushuk, it, bo'ri, tulki, ayiq va boshqa yirtqichlar, birinchi oraliq xo'jayini mayda qisqichbaqasimonlardani - sikloplar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari, ya’ni qo’shimcha xo’jayinlari yuvosh baliqlar, rezervuar xo'jayinlari esa yirtqich baliqlar (rezervuar xo’jayinlari ishtirok etishi ham etmasligi ham mumkin) hisoblanadi.
Demak, parazitning rivojlanish siklida birinchi oraliq xo’jayinlarida parazitning licninka davri rivojlanadi. Ikkinchi oraliq xo’jayinlarida ya’ni, qo’shimcha xo’jayinlarida parazitning ma’lum lichinka bosqichi o’tadi. Uchinchi, ya’ni, rezervuar xo’jayinlar parazit rivojlanishida ishtiroki majburiy emas. Chunki rezervuar xo’jayinlarda parazit rivojlanmaydi balki saqlanadi, bu esa parazitlarni tabiatda yanada kengroq tarqalishida muhim rol o’ynaydi(M: tripanasomalar antilopalarda, plerotserkoidlar yirtqich baliqlarda, leyshmaniyalar kemiruvchilarda uzoq saqlanadi).
V.A.Dogel tarifiga ko’ra haqiqiy (obligat) parazitlikda parazit-xo’jayin o’rtasidagi munosabatlar o’zaro yaqinligi bilan xarakterlanadi. Parazitlar xo’jayinlarida sensibilizatsiya qo’zg’atib, allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Xo’jayinlarini to’qima va organlarini shikastlaydi, ularni funktsiyalarini buzadi. Parazitlar xo’jayin organizmida moddalar va vitaminlar so’rilishini yomonlashtiradi, anemiya rivojlanishiga olib keladi. Parazitlar xo’jayinlarini jismoniy rivojlanishini susaytiradi, mehnat qobiliyatini va aqliy faoliyatini pasaytiradi.
O’z navbatida parazit ham xo’jayinning himoya reakstiyalaridan qochib, ularni yo’q qilishga harakat qiladi. Natijada ular o’rtasida qarama-qarshi munosabatlar kuzatiladi. Parazit-xo’jayin o’rtasidagi o’zaro ta’sir uch xil shaklda namoyon bo’ladi:
1. Parazitni xo’jayinga ta’siri. 2. Xo’jayinni parazitga ta’siri. 3. Tashqi muhitni parazit va xo’jayinga ta’siri. Parazit xo’jayin organizmida turli xil allergik reaktsiyalarni hosil qilib, turlicha zarar keltiradi.Mexanik ta’sir – parazitlar xo’jayinlarini to’qima va organlarini shikastlaydi. M: ichak parazitlaridan- askarida va sestodalar ichakda ko’payib ketib, moddalarni o’tkazmay, ichakni shikastlashi mumkin. Exinokokk va senur lichinkalari vistseral organlarda rivojlanib, ularni siqib qo’yadi, shishlar hosil qiladi. Bular organlar funktsiyasini buzilishiga, turli xil yallig’lanish jarayonlari va anemiyani kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Xo’jayin organizmiga turli xil oziqa va vitaminlarni so’rilishini yomonlashtiradi. Organizmning immun sistemasiga salbiy ta’sir qilib, organizmni kurashish qobiliyatini susaytiradi.
Parazitlar xo’jayinlariga mexanik ta’sir bilan bir qatorda toksik ta’sir ham ko’rsatadi. Parazitlar xo’jayin organizmiga tushgandan keyin turli toksinlar (zahar) ishlab chiqaradi. Bu moddalarni organizmga tushishi va tarqalishi xo’jayin organizmida turli intoksikatsiyalarga olib keladi. Natijada kasalliklarni kechishi qiyinlashadi va har xil og’ir kasalliklarni kelib chiqishiga zamin yaratadi.
O’z navbatida xo’jayin organizmi ham parazitlarga nisbatan turli himoya reaktsiyalarini ko’rsatadi. M: parazit rivojlanishini to’xtatishi, parazitni o’ldirishi, tanasidan chiqarib yuborishi mumkin. Parazit-xo’jayin o’rtasida murosasiz kurash boradi va bu kurashda bittasi g’alaba qozonadi. Parazit g’alaba qozonsa xo’jayinda kasallik keltirib chiqaradi. Xo’jayin g’alaba qozonsa parazitni organizmidan chiqarib tashlaydi va bu kurash har-xil himoya reakstiyalari ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Organizmda qon parazitlariga qarshi antitelalar hosil bo’ladi, tabiiy immunitetlar paydo bo’ladi:
-hujayra reaktsiyalari, hujayra hajmini kattalashuvi bilan boradi. M: bezgak plazmodiysi eritrotsitlarga kirganda ular kattalashadi, normal eritrotsitlardan hajmini kattaligi bilan farqlanadi;
-to’qima reaktsiyalari, parazit o’z atrofida biriktiruvchi to’qima yordamida chegaralanadi. M: trixinella, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari lichinkalari kapsulalari;
-gumoral reaktsiyalar, immunitet hosil bo’lishi bilan boradi. Parazit ishlab chiqargan antigenlarga qarshi, xo’jayin organizmida antitelalar hosil bo’ladi. Leyshmanioz va tripanasomoz qo’zg’atuvchilari yuqqanda, ularga qarsi immunitet hosil bo’ladi. Xo’jayin organizmida kuchli immunitet parazitning lichinkalik davrida hosil bo’ladi. Ayrim protozoy kasalliklarida (amyobiaz, trixomono’z) vaqtinchalik immunitet hosil bo’ladi. Parazit lichinkalik davrida xo’jayin to’qimalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, faol antigenlar ishlab
chiqaradi.
Parazit-xo’jain munosabatlari klassifikatsiyasi. Parazit-xo'jayin bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan biologik sistema bo'lib, bunday munosabatdan faqat bir tomon, ya’ni parazit foyda ko'radi. Parazit xo'jayinga zararli ta'sir ko'rsatib, kasallik keltirib chiqaradi. Parazitni bu xususiyatiga parazit patogenligi deyiladi.
Ko'pchilik parazitlar ayniqsa gelmintlar rivojlanish sikli xo'jayin almashtirish yo'li bilan boradi. Gelmintlarni rivojlansh siklida albatta oraliq xo'jayin ishtirok etsa bularni biogelmintlar (mushuk ikki so’rg’ichlisi, qora mol tasmasimon chuvalchangi, keng tasmasimon chuvalchang va boshqalar) keltirib chiqaradigan kasalliklarini biogelmintozlar deyiladi. Gelmintlarni rivojlanish siklida oraliq xo'jayinlar ishtirok etmasa geogelmintlar (askarida, qilbosh nematoda va boshqalar), keltirib chiqaradigan kasalliklarini esa geogelmintozlar deyiladi. Ayrim gelmintlar bilan to'g’ridan-tog’ri zararlanish mumkin (bolalar gijjasi), bunday gelmintlarni kontakt gelmintlar, ularni keltirib chiqaradigan kasalliklarini, kontakt gelmintozlar deb ataladi. Bu atamalar fanga parazitolog olimlar K.I.Skryabin, R.S.Shults, E.S.Shulman va boshqa yirik gelmintolog olimlar tomonidan kiritilgan.
Parazit-xo'jayin o’rtasidagi munosabatlar klassifikatsiyasi birinchi marta K.I.Skryabin va R.S.Shults (1937, 1940) tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga bu munosabatlarni ikkita kategoriyaga bo'lib o'rganilgan. Obligat va fakultativ munosabatlar.
Obligat, bu parazitlarning yashashi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. M: kartoshka ildizida parazitlik qiluvchi Globodera avlodiga mansub, sista hosil qiluvchi nematoda, kartoshkada qulay rivojlanadi (haqiqiy kattalikda bo'ladi, ko'p avlod beradi). Kartoshkani pomidor (tomat) bilan almashlab ekilsa, parazit kartoshka bilan bir avlodda bo'lgan pomidor(tomat)da ham parazitlik qilishi mumkin, lekin parazit uchun pomidor noqulay sharoit bo'lib hisoblanadi. Pomidor ildizida nematodaning tanasi juda kichrayib ketadi, tuxumlarini soni ham kam bo’ladi. Demak parazit uchun kartoshka obligat xo'jayin, pomidor esa fakultativ xo'jayin hisoblanadi.
Keyinchalik R.S.Shults va E.A.Davtyan (1954) yuqoridagi kategoriyalar klassifikatsiyasiga yana ikkita kategoriya kiritadilar. Koptiv va aborti. Koptiv, kaptivus - asrga olmoq, bunda parazit xo'jayin organizmiga kirishi mumkin, lekin bu xo’jayinda rivojlanish davom etmaydi. Uni ko'rinishi, hajmi tashqi muhitda, toki xo'jayinga kirguncha qanday bo'lsa shundayligicha saqlanadi. M: odamlarda parazitlik qiluvchi ankilostomalar bilan kemiruvchilarni zararlantirilganda, kemiruvchilar organizmida parazitning hech qanday rivojlanishi kuzatilmagan yoki marvariddor mollyuskalarning chig’anoqlari orasiga turli gelmintlarning tuxumlari tushib qolganda, hech qanday rivojlanish kuzatilmagan.
Abortiv, abortivus - oxirigacha rivojlanmaslik. Parazit xo'jayin tanasiga tushib, uni zararlaydi, xo'jayin tanasida birqancha vaqt yashaydi, rivojlanadi, lekin oxirigacha voyaga yetmaydi. M: Angiostrongillus kantonensis nematodasi bilan odamlar zararlansa, parazit rivojlanadi, organizmda migratsiya qiladi, miyaga borib joylashib, meningoentsefalit kasalligini keltirib chiqaradi, lekin hech qachon voyaga yetmaydi. Shuningdek, cho'chqa askaridasi tuxumlari bilan yosh qo'zichoqlar zararlantirilganda, askarida tuxumlaridan lichinkalari chiqib, qonda migrastiya qilgan, lekin voyaga yetmagan. Shunga qaramasdan zararlangan hayvonlarda kasallik alomatlari kuzatilgan.
Parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar. Parazitlar xo'jayinlariga turlicha ta'sir ko'rsatadi va ularda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Hayvonot dunyosi keltirib chiqaradigan kasalliklar invazion yoki parazitar kasalliklar (asosan parazit chuvalchanglar, o'rgimchaksimonlar, hasharotlar hamda bir hujayrali hayvonlar tomonidan qo'zg'atiladigan kasalliklar) deyiladi, o'simliklar dunyosi keltirib chiqaradigan kasalliklar esa infektsion kasalliklar deyiladi(viruslar, bakteriyalar, zamburug’lar).
Xo'jayinning bitta organi yoki butun organizmida joylashgan parazitlar yig’indisiga – parazitotsenoz deyiladi va u yerdagi o’zaro munosabatlar sinergetik (bir-birini to’ldiruvchi) yoki antogonistik (qarama-qarshi) xarakterga ega bo’ladi.Xo’jayinda bir nechta parazit bo’lsa (parazitotsenoz), parazitlarning umumiy patogenlik xususiyati yanada ortadi.
Parazitlarning patogenlik ta’siri ko’p omillarga ya’ni, parazitning turiga, tanada tarqalishiga, invaziya intensivligiga, xo’jayinni fiziologik xolatiga va hokazolarga bog’liq.
Organizmdagi turli parazitlar xo'jayin organizmiga turlicha ta'sir ko'rsatadi. M: askarida bilan zararlangan odamlarda bakteriyali dizinteriya juda og’ir o'tadi va qiyin davolanadi. Yoki aksincha askaridoz, ankilostomidoz bilan og’rigan kasallarda lyamblioz bilan kasallanish, gelmintlar bilan zararlanmaganlarga qaraganda 2-4 marta kamroq uchraydi. Turli gelmintlar bilan zararlangan odamlarda tuberkulyoz, Botkin kasalligi (sariq), qorin tifi va boshqa infektsion kasalliklar juda og’ir o'tadi.
Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar har xil xo'jaynlarda yashashga moslashgan. Shunga ko'ra ular keltirib chiqaradigan kasalliklar nomlari ham turlicha bo’ladi.
Zoonozlar. Ayrim guruh parazitlar faqat hayvonlarda parazitlik qiladi va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar zoonozlar deb ataladi(M: qushladagi bezgak kasalligi).
Antropozoonozlar. Odam va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan parazitar kasalliklar. Bunda tashuvchilar kasallik qo'zg'atuvchilarini hayvonlardan odamga va aksincha, odamdan hayvonlarga yuqtiradi(M: kanalar va hasharotlar turli gelmintozlarni, o'lat, leyshmanioz, tayga ensefaliti va boshqalarni yuqtiradi).
Antroponozlar. Kasallikning faqat odam organizmida kuzatilishi (M: trixomonodoz, ichburug', bezgak, vabo va h.k.).
Invazion kasalliklarni har birini alohida nomlash uchun kasallik qo'zg’atadigan parazit avlodi nomini oxiriga “az”, yoki “oz” qo'shimchasi qo'shiladi. M: Amyobalar keltirib chiqaradigan kasallik, amyobiaz, Ascaridalar avlodi vakilari qo'zg’atadigan kasallik askaridoz, Fasciola avlodi vakillari qo'zg’atadigan kasallik fastsiolyoz deb ataladi.
Parazitar kasalliklarni klinik belgilari turlicha bo’ladi. Kasallik belgilari yashirin (yopiq), namoyon bo’lsa ham turli boshqa kasalliklarga xos belgilarni paydo bo’lishi bilan kechadi:
surunkali charchash;
ishtahani o’zgarishi(yomonlashuvi);
asabiy bo’lib qolish;
ovqat hazm qilish sistemasidagi buzilishlar(ko’ngil aynashi, qayt qilish, ich qotishi, ich ketishi, qorin dam bo’lishi, gaz hosil bo’lishi);
so’lak oqishi;
anemiya, qondagi o’zgarishlar(eyzinofiliya, SOE ortishi va boshqalar);
to’qimalarda va suyaklarda og’riq;
bosh og’rig’i;
uyqusizlik;
davriy harorat oshishi (37-38o C);
gipovitaminoz;
teridagi belgilar;
allergik o’zgarishlar;
nafas olish yo’llari kasalliklari(bronxit);
uyquda tish g’chirlatish va boshqalar.
Parazitar kasalliklar klinik belgilarini xilma-xilligi bilan ham xarakterlanadi. Bular asosida parazitning biologik xususiyati yotadi. U avvalo parazitni xo’jayinning qaysi organ va to’qimasida joylashganligi bilan bog’liq bo’ladi.
Transmissiv yoki tabiiy o'choqli kasalliklar. Akademik Ye.N.Pavlovskiy ta’rifi bo’yicha kasallik qo'zg’atuvchilari odam va hayvonlarga qon so’ruvchi bo'g’imoyoqlilar orqali o'tsa bunday kasalliklar transmissiv yoki tabiiy o’choqli kasalliklar deyiladi. Tabiiy o’choqli kasalliklarning tarqalishida bo’g’moyoqlilarning ahamiyati nihoyatda katta. Bo’g’moyoqlilarni qon so’ruvchi parazitligidan ko’ra kasallik qo’zg’tuvchilarini sog’lom odam va hayvonlarga yuqtirishi xavfli hisoblanadi. M: bezgak, tif, virusli ensefalit, leyshmanioz, tripanasomoz.
Transmissivus - lotincha so'z bo'lib, olib o'tish, tashib o'tish, o'tkazish degan ma'nolarni anglatadi. Transmissiv kasalliklarni qo'zg’atuvchilarini tabiatda manba (makon) lari mavjud bo’ladi.
Akademik Ye.N. Pavlovskiy va uning shogirdlari Sobiq Ittifoqning turli mintaqalarida parazitlarni murakkab sirkulyatsiya jarayonlarini o’rganish hamda odam va hayvonlarda ko’p uchraydigan kasallik qo’zg’atuvchi va tarqatuvchilarini kompleks ekologo-parazitologik tomondan tatqiq qilish maqsadida juda katta hajmdagi ishlarini olib borishgan. Tadqiqotlar natijasida transmissiv kasalliklarni tabiiy o’choqli ekanligi haqida ta’limot yaratildi.
Transmissiv kasalliklarni tabiiy o’choqlari u yoki bu geografik mintaqalarga moslashganligi bilan xarakterlanadi (M: o’rmon zonalarida kana ensefaliti, cho’l zonalarda tif, o’lat (chuma) o’choqlari, kesilgan o’rmon, quruq o’tloqlarda, sharqiy zonalarda yapon ensefaliti, issiq yarim cho’l, cho’l zo’nalarda esa teri leyshmaniozi va boshqalar uchraydi).
Tabiatda odam va hayvonlar yashamaydigan (M: tayga, tundra, cho'l, sahro) joylarda ma'lum bir kasalliklarning manbalari uchrab turadi va ular tabiatda uzoq vaqt saqlanadi. Ana shunday joylarga odamlar yoki hayvonlar borib qolsa bu kasalliklar yuqishi mumkin. Transmissiv kasalliklarni odam va hayvonlarga yuqishi uchun:
- kasallik qo'zg’atuvchisi (infektsion, invazion parazitlar);
- kasallik qo'zg’atuvchilarini o'z tanasida saqlab yuruvchi umurtqali hayvonlar (tabiiy rezervlar);
- kasallik qo'zg’atuvchilarini yuqtiradigan ektoparazitlar (bo'g’moyoqlilar) bo'lishi shart.
Leyshmaniozda - kasallik qo'zg’atuvchilari -leyshmaniyalar, tabiiy rezervlari – kemiruvchilar(qum kalamushlari, yumronqoziqlar), tashuvchilari - iskabtoparlar (Flebotomus avlodi).
Parazitar kasalliklar qo'zg’atuvchilarini yuqtirish yo'llari turlicha. Ularni asosiylari quyidagilar:
Kontaktli (parazitlar kasal hayvonlardan sog' mollarga, ular birga boqilganda va molboqarlar orqali, trixomonadalar va boshqalar). Kontaktli o’z navbatida passiv va faol bo'ladi (passiv-trixomonadalar jinsiy yo'l orqali, faol: shistosomalarning lichinkalari faol teri orqali o'tishi). Kasallik qo'zg’atuvchilari kasallangan organizmlar bilan to'g’ridan-to'g’ri kontakt orqali yuqadi (qichima, tif, toksoplazma va boshqalar).
Aerogenli - qo'zg’atuvchilar (havo yo'li) nafas yo'llari orqali yuqadi (gripp, toksaplazmoz, tuberkulyoz, pnevmosistoz).
Suv orqali - kasallik qo'zg’atuvchilari bilan ifloslangan suv iste’mol qilish bilan bog’liq (amyobali va bakteriyali dizinteriya, vabo(xolera), qorin tifi va boshqalar).
Alimentar yoki kasallik qo'zg’atuvchilari bilan zararlangan oziq ovqat mahsulotlari orqali (parazitlarning tuxum va lichinkalari chorva mollariga passiv holatda yem-xashak, suv, oraliq xo'jayini orqali oshqozon va ichakka tushadigan parazit chuvalchanglar, koksidiyalar, balantidiylar, toksoplazmalar va boshqalar).
Perkutan (teri orqali) yo'li bilan (ankilostoma lichinkalari, qon so'ruvchi bo'g'imoyoqlilar, piroplazmalar, tripanosomalar, onxoserka, parafilariya lichinkalarini teri orqali yuqtiradi). Transmissiv - kasallik qo'zg’atuvchilari qon so'ruvchi bo'g’imoyoqlilar orqali o'tsa (qon orqali) obligat transmissiv, qon so'ruvchilar ishtirokisiz o'tsa fakultativ transmissiv kasallik deyiladi (tulyaremiya,filyariatoz).
Burun teshigi, ko'z orqali (burun tomoq bo'kasi, telyaziya).
Transplasentar yo'l bilan. Ona qornida (ayrim parazitlar onadan bolaga kindik orqali o'tadi - neoaskaridalar, taksokaralar, toksoplazmalar, trixinellalar).
Qo'zg’atuvchi va tashuvchi o'rtasida uzoq davom etgan o'zaro munosabatlarni evolyutsion moslashuvi natijasida tashuvchilikning ikki xil yo'li kelib chiqdi: mexanik va spesifik yo’llari, bular quyidagicha amalga oshadi –inokulyativ (inokulatsiya –privivka), kontaminativ (kontaminatsiya –ifloslanish).
Inokulyatib usulda kasallik qo’zg’atuvchilari terini teshib (ukol orqali) yuqtiriladi. Masalan: bezgak qo’zg’atuvchisi odamga bezgak chivinini chaqishi orqali o’tadi.
Kontaminativ usulda kasallik qo’zg’tuvchilari oldin tashuvchilar organizmidan ular ekskrementi orqali chiqadi va xo’jayinni tanasiga tushib, o’zi faol kiradi yoki turli oziqalar orqali kiradi. Masalan: ichak parazitlari, gelmintlar tuxumlari turli pashsha, chivin, suvarak va boshqalarni xartumlari hamda panjalari orqali yuqadi.
Ko’pincha bular bir-birini to’ldiradi. Buday usulda yuqtirishga kombinativ yo’l bilan yuqtirish deyiladi.
Mexanik tashuvchilar organizmida kasallik qo'zg’atuvchilari ko'paymaydi, rivojlanmaydi, ular yordamida bir joydan ikkinchi joyga o'tadi va ma'lum vaqt tashuvchilarda saqlanadi (pashshalar, tarakanlar).
Spesifik tashuvchilar. Ular organizmida kasallik qo'zg’atuvchilari ma'lum bosqichni o'taydi. Natijada tashuvchi va qo'zg’atuvchi o'rtasida ma'lum biologik bog’ hosil bo'ladi va ular ma'lum tur, avlodga mansub bo'lishlari kerak. Masalan: bezgak parazitida - Anofeles avlodiga mansub bezgak chivini, leyshmaniyada - iskabtoparlar va hokazolar. Spesifik tashuvchilar kasallik qo'zg’atuvchilarini o'zlarida uzoq vaqt saqlaydilar.
Kasallik qo'zg’atuvchisi uzoq vaqt saqlanadigan organizm rezervuar deyiladi. Ba'zi bir kasalliklarda rezervuar bo'lib, odam (Ь: bezgak, toshmali, qaytalama tif) hisoblanadi. Boshqalarida hayvonlar rezervuar bo'ladi(yovvoyi hayvonlar tabiiy rezervuarlar hisoblanadi). Masalan: kemiruvchilar leyshmanioz, vabo, tulyaremiyani tabiiy rezervuari hisoblanadi. Antilopalar tripanosomozni tabiiy rezervuarlari, kanalar esa kanali qaytalama tif, kanali ensefalitni tabiiy rezervuarlari hisoblanadi.


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə