Mashg`ulot jarayonida o`yin texnologiyasidan foydalanish reja


Tarbiyachi: – Bolajonlar, xaritani qaranglar, hozir qaerga boramiz? (Bolalar xaritani qarab, ko‘prikka yurish kerakligini aytadilar.) Tarbiyachi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə4/4
tarix03.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#104118
1   2   3   4
Mashg`ulot jarayonida o`yin texnologiyasidan foydalanish reja

Tarbiyachi: – Bolajonlar, xaritani qaranglar, hozir qaerga boramiz?
(Bolalar xaritani qarab, ko‘prikka yurish kerakligini aytadilar.)
Tarbiyachi: – Qaranglar, ko‘prikda ham xat yozilgan ekan. Faqat, to‘g‘ri to‘rtburchakning ustidan yurganlargina ko‘prikdan o‘ta oladilar. Bolalar qani, to‘g‘ri to‘rtburchakdan boshqa shakllarni yo‘ldan olib tashlaymiz. Ana shunda bizning ko‘prikdan o‘tishimiz oson bo‘ladi.
(Bolalar uchburchak, beshburchak, aylana shakldagi kartonlarni yo‘ldan yig‘ib bir chekkaga olib tashlaydilar. Keyin to‘g‘ri to‘rtburchak shakli ustidan yurib o‘tiladi)
Tarbiyachi: – Bolajonlar, endi yalmog‘iz kampirning uyiga yaqinlashib qoldik. U yerda biz bir bolakayni yalmog‘izning tuzog‘idan qutqarib qolishimiz kerak. Faqat, u yerda ham o‘ziga yarasha shart-sharoit bor. Qani, endi uy yonidagi xatni o‘qib ko‘raylik-chi.
“2,4, 6, 8, 10” raqamlari qadam bosolmas,
1,3,5,7,9 raqami yo‘lini hyech kim to‘solmas deb yozilgan ekan.
Tarbiyachi: – Bolajonlar, qani oramizda kim 1,3,5,7,9 raqami bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, mening yonimga kelinglar. Ishtirokchilar ichidan aynan aytilgan raqamlar chiqib tarbiyachi yoniga kelishadi.
Tarbiyachi: – Yalmog‘iz kampir uyidan bolakayni olib chiqayotganda, ehtiyot bo‘linglar, kimni ko‘rsangiz ham salom berishni unutmanglar. Chunki, Assalomu alaykum so‘zi sehrli, siz uni aytganingizda hyech kim sizning yo‘lingizni to‘solmaydi va sizga zarar yetkazolmaydi.
(Bolalar yalmog‘izning uyidan bir zumda bolakayni olib chiqishadi)Tarbiyachi: – Bolajonlar, mana, sizlarning ahilligingiz, mashaqqatdan qo‘rqmasligingiz sababli bir bolakayni ozod qiloldik. Yana sizlarning raqamlar haqidagi bilganlaringiz ham bu yerda katta yordam berdi. Har doim yangi bilimlar olishdan erinmang.
Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə