Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
2-мавзу маъруза материали

Fransuz  falsafasi.

  Bu  borada 



R.  Dekart,  Lametri,  Gelvesiy,  Didro,  Golbax

  va 


Russo

larning  qarashlari  nihoyatda  muhim.  R.  Dekart  (1596—1650)  falsafasida  dualizm  asosiy 

o‘rin  tutadi.  Uning  fikricha,  materiya  va  ruhborliqning  asosida  yotadi  va  Xudoga  bo‘ysunadi. 

Olam, Dekart fikricha, cheksiz va abadiy, u inson tafakkuriga bog‘liqbo‘lmagan holda rivojlanadi, 

takomillashadi.  R.  Dekartning  “Men  fikr  qilayapman,  demak,  men  mavjudman”,  degan  fikri 

faylasuflar  orasida  mashhur.  Bilishda  fikr  va  sezgilarning  ahamiyatini  nihoyatda  ortiqcha  deb 

bilgan  R.  Dekart  ratsionalizm  ta’limotining  asoschisi  bo‘lib  hisoblanadi.  Uningcha,  insonning 

fikrlashi  va  mulohaza  qilishi  shubha  ostiga  olib  bo‘lmaydigan  jarayondir,  undan  boshqa  hamma 

narsani  shubha  ostiga  olish  mumkin.  Dekart  o‘sha  zamonning  eng  buyuk  matematiklaridan  biri 

bo‘lib,  o‘z  davrida  aniq  fanlar  sohasida  katta  ahamiyat  kasb  etgan  deduksiya  usulini  falsafaga 

kiritgan  olim  bo‘lib  hisoblanadi.  Lametri  va  Gelvesiy,  Didro  va  Golbax  o‘z  davrida  fransuz 

hayotida  nihoyatda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  milliy  davlatchilik,  inson  erkinligi  va  haq-

huquqlari  muammolariga  alohida  e’tibor  qaratganlar.  Fransuz  millatini  ma’naviy  jihatdan 

yuksaklikka  ko‘tarish  va  ma’rifatli  xalqqa  aylantirish  uchun  o‘z  asarlarida  ana  shu  qadriyatlarga 

erishishning  yo‘l  va  usullarini  ko‘rsatib  berganlar.  Ular  tomonidan  yaratilgan  ko‘p  tomlik 

“Ensiklopediya” o‘sha zamonning ma’naviy muammolarini ma’rifatli yo‘l bilan hal qilish usul va 

imkoniyatlari  ko‘rsatib  berilgan  “Yevropa  qomusi”  darajasiga  ko‘tarilgan  edi.  Bu  kitobni 

yaratishda boshqa ko‘pgina ma’rifatparvar fransuz olim va mutaxassislari ham qatnashgan bo‘lib, 

o‘zining  ahamiyati,  muammolarining  umuminsoniy  nuqtai  nazaridan  yechilishi,  xalqchilligi  va 

tilining fransuz millati hayot tarziga yaqinligi bilan XVIII asr Yevropasining tengi yo‘q kitobi edi. 

Aynan  ana  shu  kitob  mualliflari  o‘zlarining  boshqa  asarlari  va  faoliyatlari  bilan  1789—1884 

yillardagi  fransuz  inqilobi  qabul  qilgan  “Inson  va  grajdanlar  xuqukdari  deklaratsiyasi”da  ilgari 

surilgan  umuminsoniy  qadriyatlarni  jamiyat  taraqqiyotining  eng  ustuvor  ma’naviy  mezonlariga 

aylantirdilar. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə