Parmenid
ning
shogirdi va do‘sti Zenon (490—430 yillar) o‘z ustozining ta’limotini himoya qildi va uni
rivojlantirdi. Qadimgi yunon madaniyatida sofistlar falofistlar safasi katta o‘rin tutadi .«Sofistlar
anfalsafasi tropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to‘g‘risidagi fan) muammolari
bilan shug‘ullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o‘qituvchilar, diplomatlar,
notikdar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo‘lib, haqiqat, osoyishtalik,
adolat o‘rnatishga www.ziyouz.com kutubxonasi xizmat qilgan. Ularning ta’limoti Suqrot
falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. Suqrot (asli Sokrat) (eramizdan oldingi 469—
399 yillar) — qadimgi Yunon faylasufi. Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar
tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, kambag‘aldan chiqqan, tosh yo‘nuvchining o‘g‘li,
o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo‘lgan. Sukrotning fikricha, falsafaning markazida axloq
masalalari turmog‘i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq-
odobning ahvoliga bog‘likPBu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutganligi
boisgxalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning
axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilgan.
Suqrotning shogirdi
Dostları ilə paylaş: |