Mavzu: 11,12. Suvda va yog‘da eriydigan vitamin preparatlari



Yüklə 34,52 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü34,52 Kb.
#183494
1   2   3   4   5
Mavzu;11

«B» guruh vitaminlar. B1, B2, B3, B6 va B12 vitaminlarining inson hayot faoliyatida tutgan o'rni kattadir.
Tiamin (B1 vitamini) organizmda uglevodlar almashinuvida birinchi darajali ahamiyatga ega. Ovqatda uglevodlar ortiq bo'lsa, ularni o'zlashtirish uchun tiamin ko'proq talab qilinadi. Organizmda tiamin bo'lmasa, polinevrit kasalligi ro'y beradi. Organizmga tiamin oziq-ovqat bilan kiradi. Ichak mikroorganizmlari yordamida qisman tiamin hosil bo'ladi, lekin bu organizmning tiaminga bo'lgan ehtiyojini qoplamaydi.
Organizmning B1 vitaminga bo'lgan bir sutkalik ehtiyoji kattalarda 1,3-2,5 mg ni, bolalarda 0,3-1,7 mg ni tashkil etadi. B1 vitamini yetishmovchiligi ichak peristaltikasining susayishiga, ich qotishiga, muskullar bo'shashishiga, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Organizmda bu vitamin bo'lmasa yoki yetishmasa, asab sistemasining og'ir kasalligi «beri-beri» paydo bo'ladi. Tiamin organizmga oziq-ov­qatlar bilan yetarli miqdorda kirib tursa ham xronik alkogolizm, qandli diabet, me'da-ichak yo'li kasalliklarida uning yetish­movchiligi yanada ko'payishi mumkin. Ba'zi bir dori moddalari (masalan, antibiotiklar) organizmda tiamin aktivligini pasaytiradi va ishdan chiqaradi.
Tiamin bromid (Thiamini bromidum). 0, 0026 g dan tabletkada, 3%-6% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ichish uchun 0,00258-0,00645 g dan profilaktika uchun, davolash uchun 0,00645-0,00129 g dan kuniga 1-3 marta, 3-6%li eritmasidan 0,5-1 ml dan kuniga 1 marta mushaklar orasiga yuboriladi.
Riboflavin (Riboflavinum). 0,01 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,005-0,01 g dan kuniga, avitaminozning og’ir turlarida 0,01 g dan kuniga 3 marta ichiladi.
Piridoksin gidroxlorid (Pyridoxini hydrochloridum).0,002 g, 0,01 g dan tabletka holida, 1-5%li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,02-0,05 g dan kuniga 1-3 marta ichish uchun, mushaklar orasiga va 1-5%li eritmasi 1-2 ml dan teri ostiga yuboriladi.
Nikotin kislota (Acidum nicotinicum). 0,05 g dan tabletka holida, 1%li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi.Profilaktika uchun 0,005-0,02 g dan, davo uchun 0,1 g dan 2-3 marta ichiladi. 1%li eritmasi 1 ml dan mushaklar orasiga yuboriladi.

Yüklə 34,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə