Mavzu: Aylanmadan olinadiga soliq


Soliq hisobini tag’dim etish va uni to’lash muddatlari



Yüklə 20,58 Kb.
səhifə4/4
tarix28.04.2023
ölçüsü20,58 Kb.
#107596
1   2   3   4
Aylanmadan olinadigan soliq

Soliq hisobini tag’dim etish va uni to’lash muddatlari
Kichik biznes subyektlari – mikrofirma va kichik korxonalar birinchi chorak, yarim yil va 9 oy yakunlari bo’yicha davlat Soliq inspeksiyasiga hisobot choragining keyingi oyining 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa — yillik moliyaviy hisobotni tag’dim etish muddatida aylanmadan olinadigan soliqto’lovi bo’yicha hisob-kitoblarni tag’dim etadilar. Hisob-kitoblar belginlangan shakllarda tag’dim qilinadi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari mavjud.
Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi kalendar yilning istalgan oyidan ushbu tartibga oʻtishga haqli.
Bunda, aylanmadan olinadigan soliqni umumiy tartibda toʻlashga navbatdagi soliq davridan boshlab qaytiladi.
Misol uchun, jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchi 2023-yil 1-apreldan boshlab yiliga 20 mln soʻm boʻlgan stavkada qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanladi. Mazkur holatda soliq summasi 12 ga boʻlinib, bir oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi aniqlanadi. Bunda, soliq summasi 9 oy uchun hisoblanadi va shu yil uchun soliq summasi 15 mln soʻmni tashkil etadi (20 mln soʻm/12 oy x 9 oy).
Ushbu tartib boʻyicha soliq toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar soliq organiga shaxsiy kabineti orqali keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi yetarli boʻladi. 
Bunda soliq toʻlovchilar 2023-yil yanvar oyidan oʻtish uchun xabarnomani 2023-yil 25-yanvargacha taqdim etishga haqli.
Misol uchun, 2022-yilda soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan boʻlsa, 2023-yildan ilk marta qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtganda yiliga soliqning 20 mln soʻmlik qatʼiy stavkasini tanlashi mumkin.
Agar 2022-yilda soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan boʻlsa, 2023-yildan ilk marta qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtganda yiliga soliqning 30 mln soʻmlik stavkasini tanlashi lozim boʻladi.
Shuningdek, soliqning yiliga 20 mln so‘mlik stavkasini tanlagan soliq to‘lovchilar jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan taqdirda, soliqni 30 mln so‘mlik stavkada to‘lashga o‘tishlari lozim.
Misol uchun, yiliga 20 mln soʻmlik stavkani tanlagan soliq toʻlovchining jami daromadi 2023-yil 17-avgust kuni 500 mln soʻmdan oshgan. Mazkur holatda, jami daromadning koʻrsatilgan miqdordan oshishi roʻy bergan oydan boshlab soliq 30 mln soʻmlik stavkadan kelib chiqib hisoblanadi.
Yüklə 20,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə