Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari



Yüklə 241,44 Kb.
səhifə10/21
tarix14.02.2023
ölçüsü241,44 Kb.
#100790
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
diplom ishi

Kassa xarajat

Jumladan, kassadan naqd ko’rinishda

Kassa xarajat

Jumladan, kassadan naqd ko’rinishda

Kassa xarajat

Jumladan, kassadan naqd ko’rinishda

Kassa xarajat

Jumladan, kassadan naqd ko’rinishda

1

Ish haqi

1656,6

496,98

1734,8

520,44

1486,8

446,04

1349,5

404,85

1182

354,6

2

Ijtimoiy nafaqa

25,1

7,53

24,9

7,47

29,8

8,94

4,8

1,44

11,6

3,48

3

Stipendiya

2324,6

697,38

2216,6

664,98

1951,7

585,51

1508,2

452,46

1447,1

434,13




I-guruh xarajatlari bo’yicha jami

4006,3

1201,89

3976,3

1192,89

3468,3

1040,49

2862,5

858,75

2640,7

792,21

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rish mumkinki, Toshkent moliya institutining so’nggi besh yil davomida byudjetdan moliyalashtirilishi kamayib borgan. Xususan, birinchi guruh xarajatlari bo’yicha kassa xarajatlari 2014 yilda 1656,6 mln. so`mni tashkil qilgan bo`lsa, 2018 yilga kelib ushbu summa 1182 mln. so`m ni tashkil qilgan.


Quyidagi holatlarda naqd pul mablag’lari tashkilot kassasiga kirim qilinadi va buxgalteriya hisob varaqlarida aks ettiriladi:
Ish haqi, stipendiya, avans, xizmat safari uchun byudjet mablag’lari hisobidan xarajatlar smetasi doirasida naqd pul olib kelinsa:
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari;
Kt 232 Byudjetdan moliyalashtirish.
Ish haqi, stipendiya, avans, xizmat safari uchun to’lov kontrakt shakli mablag’lari hisobidan daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida naqd pul olib kelinsa:
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari;
Kt 111 Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar;
Ish haqi, stipendiya, avans, xizmat safari uchun to’lovlarning maxsus turlariga doir hiob kitoblardan tushgan mablag’lar hisobidan naqd pul olib kelinsa:
D 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 110 To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’lar;
Ish haqi, stipendiya, avans, xizmat safari uchun rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari hisobidan naqd pul olib kelinsa:
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 112 Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
Ish haqi, stipendiya, avans, xizmat safari uchun boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan naqd pul olib kelinsa:
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 113 Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar
Pensiya va ijtimoiy nafaqalar uchun pensiya jamg’armasi tomonidan kelib tushgan mablag’lar kassaga olib kelinsa:
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 119 Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’lari
Yuqoridagi muomalalarni hisobda aks ettirishda kirim kassa orderi asoslovchi xujjat hisoblanadi.
Tashkilotda ishlovchi xodimlar tomonidan javobgarlik summalari kassaga to’lansa quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Ushbu muomalaga kirim kassa orderi asos bo’lib hisoblanadi.
Xaridor va buyurtmachilar tomonidan tashkilot kassasiga maxsulot (ish, xizmat)lar uchun naqd pul topshirilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 152 Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablag’larini kirim qilishda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 273 Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar
Ushbu muomalalani hisobda aks ettirish uchun inventarizatsiya dalolatnomsi asoslovchi xujjat hisoblanadi.
Quyidagi holatlarda tashkilot kassasidan naqd pul mablag’lari chiqim qilinadi:
Kassadan ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar berilganda buxgalteriyada quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:
Dt 173 Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Ushbu muomalani hisobda aks ettirishda kassa chiqim orderi asoslovchi xujjat hisoblanib unga to’lov qaydnomasi ilova qilinadi.
Kassadan ijtimoiy to’lovlar berilganda buxgalteriyada quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:
Dt 171 Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Ushbu muomalani hisobda aks ettirishda kassa chiqim orderi asoslovchi xujjat hisoblanib unga to’lov qaydnomasi ilova qilinadi.
Kassadan stipendiya berilganda buxgalteriyada quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:
Dt 174 Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Ushbu muomalani hisobda aks ettirishda kassa chiqim orderi asoslovchi xujjat hisoblanib unga to’lov qaydnomasi ilova qilinadi.
Kassadan deponent to’lovlari berilganda buxgalteriyada quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:
Dt 177 Deponentlangan to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Ushbu muomalani hisobda aks ettirishda kassa chiqim orderi asoslovchi xujjat hisoblanib unga to’lov qaydnomasi ilova qilinadi.
Tashkilot kassasidan xizmat safari uchun avans berilsa buxgalteriyada quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:
Dt 172 Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Ushbu muomalani hisobda aks ettirishda kassa chiqim orderi asoslovchi xujjat hisoblanadi.
Hisobdor shaxs tomonidan sarflanmay qolgan mablag’ kassaga qaytarilsa buxgalteriyada quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari
Kt 172 Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
Ushbu muomalani hisobda aks ettirishda kassa kirim orderi asoslovchi xujjat hisoblanadi.
Yuqoridagi muomalalar bo’yicha kasir kassa hisobotini tuzadi va buxgalteriya topshiradi. Kassa hisobotiga kassa kirim va chiqim orderlari, to’lov qaydnomalari va boshqa xujjatlar ilova qilandi. Kassa hisoboti kassir tomonidan bosh hisobchiga topshiriladi.
Hisobchi kassir hisoboti asosida birlamchi xujjatlarni asos qilgan holda 1 memorial orderni tuzadi, 292 shakl joriy hisoblar va hisob kitoblar daftariga yozuv kiritadi, so’ng ma’lumotlar bosh kitobga kiritiladi. Shundan so`ng, bosh kitob ma`lumotlari asosida tegishli hisobot shkllariga ma`lumotlar ko`chiriladi. Bilamizki, byudjet tshkilotlarining moliyaviy hisobot shakllari ichida alohida ahamiyatga ega hisobot shakllaridan biri bu – balans, ya`ni 1-shkl hisoblanadi. Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni mazmuniga e’tibor beradigan bo’lsak, shubhasiz balans (1-shakl) markaziy o’rinni egallaydi va byudjet tashkilotining ma’lum davrga barcha moliyaviy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiradi.
Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur balansda aks ettirilgan moliyaviy ko’rsatkichlarni ayrimlarini detallashtirib, aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa, tashkilotlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o’zaro muvofiqligini va tizimliligini ta’minlaydi.
Quyidagi jadval ma’lumotlarida tadqiqot obyektimiz hisoblangan Toshkent moliya institutining buxgalteriya balansi moddalarini 2014-2018 yillardagi o’zgarishi aks ettirilgan (2-jadval).

Yüklə 241,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə