Mavzu: O’quvchilarda mustaqil kitobxonlikni shakllantirish


Boshlang‘ich maktabda kitobxon oʻquvchilarni shakllantirish bosqichlari



Yüklə 75,58 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü75,58 Kb.
#144330
1   2   3
O’QUVCHILARDA MUSTAQIL KITOBXONLIKNI SHAKLLANTIRISH

Boshlang‘ich maktabda kitobxon oʻquvchilarni shakllantirish bosqichlari

  • Mustaqil kitobxonlikni shakllantirish darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish
  • malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo’linadi:
  • 1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g‘ri keladi. Unga darsning
  • bir qismi − 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun “STO’ mashg‘uloti” deb yuritiladi. Uning o’ziga xos
  • xususiyatlari shundaki, o’qituvchi asarni o’zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo’lishiga va
  • boshqa kitob tanlash tamoyillariga e’tibor beradi. Asarni o’qituvchining o’zi o’qib beradi.
  • O’quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar
  • mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib berishga
  • o’rgatiladi. Bu bosqichda o’quvchilar o’qish gigienasi va kitobga qanday munosabatda bo’lish
  • bilan tanishadilar.
  • 2. Boshlang‘ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g‘ri keladi. Bu bosqichda
  • haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o’qishdan oldin o’quvchilar asar nomi va
  • uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib
  • muallif va asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob)
  • yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson o’qiladigan
  • o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish ham mumkin. Bu ularda o’qishga qiziqish
  • uyg‘otadi. Bu bosqichda o’quvchilar har xil tezlikda bo’g‘inlab o’qiydilar.
  • 3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g‘ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish
  • malakalarni mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi.
  • Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: o’qigan kitoblarining sifat o’zlashtirishiga, miqdoriga,
  • o’qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e’tibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga
  • doir bir necha asarlarni o’qib keladilar, ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar, o’qigan
  • asarlarini o’zaro taqqoslaydilar.
  • Mustaqil kitobxonlikni shakllantirish bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari
  • o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi
  • asarni o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa,
  • boshlang‘ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar
  • bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil
  • qilinadi. Asar ichda o’qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan
  • parchalar ko’rsatilishi, musiqiy daqiqalar o’tkazilish hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy
  • rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o’rash
  • o’rgatiladi, “Ertaklar bayrami”, “Ifodali o’qish tanlovi” o’tkaziladi.

Yüklə 75,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə