Mavzu: Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari. Psixologiya fanining tarmoqlari va tadqiqod metodlari. Reja


 Savol bayoni. Psixologiya fanining sohalari va boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 184,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix29.11.2023
ölçüsü184,54 Kb.
#140828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Psixologiya fanining maqsad va vazifalari

1.2. Savol bayoni. Psixologiya fanining sohalari va boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb 
etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiyasi, mehnat 
psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiyasi, pedagogik psixologiyasi, 
maxsus psixologiya, sport psixologiya va.x.). Psixologiya amaliy-tabdiqiy jihatdan 
o‘z predmetiga ega bo‘lib, amaliy-sotsial psixolog, injener psixolog, oilaviy 


psixoterapev, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab 
olgandir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish 
kerakki, psixologiya fani ko‘hna tarixga ega bo‘lishga qaramay, u juda navqiron 
fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V.Vund tomonidan 1879 yilda 
Leypsik (Germaniya) universitutida asos solingan. Birinchi eksperimental 
laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchukn endigina refleksiyani 
(lotincha reflexus – o‘zining ruhiyts holatini taxlil qilish degani) ilmiy jihatdan 
o‘rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi) keldi. 
Hozirgi zamon psixologiyasi amaliyotining turli soxalari bilan bog‘langan turli 
darajada tarkib topgan va g‘oyat tarmoklanib ketgan fanlar sistemasidan iboratdir. 
Psixologiya soxalarini klassifikasiya qilishda kuyidagilar:1) konkret faolyatning 
psixologik tomoni, 2) taraqqiyotning psixologik tomoni, 3) insonning jamiyatga 
bo‘lgan munosabatining psixologik tomoni asos qilib olinishi mumkin. 
Psixologiyaning ZOO dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligini 
hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustaxkamlanayotganligidan 
dalolat beradi: masalan, 
• umumiy psixologiya -
psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini va ularning 
o‘ziga xos jixatlarini o‘rganadigan maxsus soxasi; 
• pedagogik psixologiya -
kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik 
qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi; 
• yosh davr psixologiyasi -
turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining 
oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro 
munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi 
tamoyillarini o‘rganadi; 
• ijtimoiy psixologiya -
odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari 
natijasida ularda xosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar. e’tiqodlar hissiy kechinmalar 
va xulq-atvorini o‘rganadi; 
• mehnat psixologiyasi -
kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, 
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini 
o‘rganadi; 
• muxandislik psixologiyasi
avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari 
operatorining faoliyatini, 
odam - texnika 
o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash va 
muofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi; 
• yuridik 
psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‘liq 
masalalarning psixologik asosllarini o‘rganadi; 
harbiy psixologiya 
- kishining harbiy xarakatlar sharoitida namoyon 
bo‘ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o‘rtasidagi munosabatlarining 
psixologik jixatlarini o‘rganadi; 
• savdo psixologiyasi –
jamiyatdagi - tijoratning psixologik shart-sharoitlari, 
extiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat 
ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu soxadan ajrab chiqqan, modalar 
psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarni o‘rganadi; 



Yüklə 184,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə